qolmay, faoliyat samaradorligiga uni umumlashtirishga va bir faoliyat turidan
ikkinchi faoliyat turiga o‗tishga yordam beradi. Aniq faoliyat turlarining rang-
barangligini hisobga oladigan bo‗lsak, ularni har birini o‗ziga xos qismlarining
tashqi va ichki o‗zgarishlardan qat‘iy nazar o‗z maqsadi va butunligini saqlaydi.
Faoliyat tizimini ko‗rib chiqaylik. Bu –maqsaddir, u inson ehtiyojlarini
amalga oshiradi va faoliyatning oxirgi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‗ladi
(uy qurish, universitetni bitirish, masalani echish va h.k ) lekin maqsadni aniqlash
bilan masala hal bo‗ladi deb bo‗lmaydi, aksincha buni odam nima uchun qilayapti?
Degan savolga yuzaga keladi. Masalan, universitetni tamomlash.
Maqsad – tamomlash. Tamomlash motivlari turlicha bo‗lishi mumkin –
diplom olish, bilim olish, o‗z obro‗sini mustahkamlash, o‗z o‗rnini tasdiqlash.
Motiv – bu birinchidan, insonni faoliyatga undaydi, ikkinchidan faoliyatda
o‗ziga xos jihatlarni namoyon etadi va maqsadga erishish uchun zarur yo‗l va
usullarni tanlashga yordam beradi. Motivlarga ehtiyojlar, qiziqishlar, emotsiya va
xislar, e‘tiqod va ideallar, ustanovka va odatlar kirishi mumkin. Maqsadlar kabi
motivlar ham uzoq va yaqin, shaxsiy va umumiy bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: