Shaxs ma’naviyati taraqqiyotining mezonlari
Download 14.02 Kb.
|
Shaxs ma’naviyati taraqqiyotining mezonlari
Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana shunday asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z, yaxshi fe’l, yaxshi ahloq va maorif”.Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana shunday asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z, yaxshi fe’l, yaxshi ahloq va maorif”.Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga kо‘tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mо‘tabar zotdir. Insonlar komillikka ahloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida erishadilar.Vatan, millatning kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni bо‘lmish farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq, chunki inson qalbiga yо‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo buyuk kelajakni yaratuvchi shaxsni kо‘rishi zarur. Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a’lo darajada his etadigan shaxs bо‘lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: “Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas, balki “Men о‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?” deb о‘ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.Download 14.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling