Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari


Download 101.97 Kb.
bet2/9
Sana10.02.2023
Hajmi101.97 Kb.
#1186926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari

Mavzuning dolzarbligi. Keyingi paytlarda maʼnaviyatga oid eʼlon qilinayotgan maqolalarda, o’tkazilayotgan anjumanlarda “Maʼnaviyat” tushunchasiga taʼrif berish, uning jamiyat, inson va millat taraqqiyotidagi urniga katta eʼtibor qaratilmoqda xususan, “Vatan to’ygʻusi” kitobining mualliflari “Maʼnaviyat — jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha”, — deb taʼriflaganlar.
Bundan tashqari bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan maʼruzalarida “maʼnaviyat — insondagi ahloq-odob, bilim, ilm, imon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy taʼsir qiluvchi tizim yoki maʼnaviyat — insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yigʻindisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir”, deb taʼrif berib kelmoqdalar. A. Erkayevning fikricha, “Maʼnaviyat — insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, yaʼni insonning mehr-muruvvat, adolat, to’gʻrilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuyidir”.
Kurs ishining maqsadi: O’zbek xalqi milliy tarbiya tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shaxs maʼnaviyatini rivojlantirish omillari va vositalarining xususiyatlarini aniqlash.
Kurs ishining obyekti: Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirish omillari va vositalari yordamida komil inson shaxsini shakllantirish.
Kurs ishining predmeti: Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirish omillari va vositalarini urganib chiqish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy nazariy manbalar, ilmiy va uquv adabiyotlar, darsliklar hamda ilmiy tadqiqot ishlarini tahliliy urganish.
2. Milliy qadriyatlar asosida milliy o’zlikni anglashni tarkib toptirish yullari
3. Shaxs maʼnaviyatini shakllantirish oila, taʼlim muassasalari va islom dinining urnini aniqlash.

Download 101.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling