Shaxs metodikalari


Download 0.94 Mb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1391855
  1   2
Bog'liq
Shaxs nazariyalarini belgilovchi mezonlar

Boymurodov Shuxrat

Shaxs metodikalari

Shaxs haqida umumiy tushuncha, shaxsning dinamik strukturasi (Platonov bo`yicha)

  • Shaxs- insonni ongli faoliyat yoki munosabatlar sub`yekti sifatida tavsiflaydi. Shaxs- bu menligini anglagan, jamiyatda biror ijtimoiy rol bajaradigan, ongli mehnati bilan o`z ehtiyojlarini qondiradigan insondir. K.K.Platonovning talqiniga binoan : jamiyatda o`z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a`zosi shaxs deyiladi. K.K.Platonov ta`limotiga ko`ra shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
  • Yo`nalganlik- shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko`lam darajalarini farqlash lozim.
  • Ijtimoiy tajriba-ta`lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko`nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
  • Psixologik aks ettirish shakllari-ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
  • Biologic shartlangan osttuzish-miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog`liq bo`lgan patologik o`garishlarni , shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xislatlarini birlashtiradi.
  • Shaxsni o`rganishda psixologiyaning barcha metodlaridan foydalanish mumkin, ya`ni kuzatish, eksperiment, test, suhbat, anketa, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya metodlari. Ular orasida ko`proq so`rovnoma va test metodlaridan foydalanish keng tarqalgan.
  • Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proyektiv meetodlar, ya`ni bolaning yutuqqa erishish motivlari va xavotirlanish holatlarini o`rganish metodlari mavjud shax sifatlarini baholashda ekspert baholash metodlaridan foydalanish mumkin. Bunda ekspert sifatida bolani yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-onalar maydonga chiqadi. Faqat ana shunday tarzda bolaning shaxs sifatlariga baho bera olish imkoniyatlariga ega bo`lamiz.
  •  

“Men kimman” metodikasi

  • Ushbu metodika yordamida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning o`z-o`zini baholashi tashxislanadi. Tadqiqotchi 10 xil shaxs sifatlari haqida savol berib, qaydnomada belgilab boradi va ular ballarga aylantiriladi.
  • Natijalarni baholash
  • “Ha” shaklidagi javoblar 1 ball bilan, “Yo`q” shaklidagi javoblar 0 ball bilan baholanadi. “Bilmayman” va “Ba`zan” javoblariga 0,5 ball beriladi. Bolaning o`z-o`zini anglashi umumiy ballar yig`indisi bilan aniqlanadi.
  • Bola taraqqiyoti haqida xulosa:
  • 10 ball – juda yuqori
  • 8-9 ball yuqori
  • 4-7 ball – o`rtacha
  • 2-3 ball – past
  • 0-1 ballgacha – juda past



Shaxs sifatlarini sharhlash

Og`zaki javoblar shkalasini baholash

Ha

Yo`q

Ba`zan

Bilmayman

1

Yaxshi





2

Mehribon





3

Aqlli





4

Tartibli





5

Gapga kiruvchan





6

E`tiborli





7

Muloyim





8

Qobiliyatli





9

Mehnatsevar





10

Rostgo`y




  • Shaxs so`rovnomalarining keng tarqalgan namunalari
  • Shaxsni o`rganishda turli maxsus metodikalardan foydalanish bilan birga shaxsning qiziqishlariga, ehtiyojlariga, uning atrofdagi odamlar bilan munosabatiga tegishli va boshqa savolnomalar ham keng qo`llaniladi. Savolnomalr yordamida tadqiqot o`tkazish eksperimental psixodiagnostikv tekshiruv o`rnini bosmaydi, ularni to`lditadi, chuqurlashtirishi mumkin.
  • Bolalarni tekshirishda savolnomalardan foydalanish o`z xususiyatiga ega. Masalan, bola mustaqil ravishda savolnoma qog`ozini to`ldirishi mumkin emas, chunki savol noto`g`ri tushunib, noto`g`ri javob berishi mumkin. Tadqiqotchi bolani savol bilan tanishtirishda, uning ma`nosini tushuntiradi, shundan so`ng javobni maxsus qog`ozga belgilab qo`yiladi.
  • R.Kettell testining bolalar varianti
  • Bu metodika bog`cha bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun maxsus mo`ljallangan bo`lib, Kettellning kattalar uchun mo`ljallangan 16-omilli shaxsni o`rganish testining moslashtirilgan variantidir.
  • Testing tuzilishi. Test bola shaxsining asosiy xususiyatlarini ifodalovchi shkalani o`z ichiga oladi. Har bir xususiyatning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, aqliy rivojlanganlik- aqliy rivojlanmaganlik. Shkalaning eng minimal nuqtalari oralig`I 10 ballni tashkil etadi. O`rtachasi esa 5,5 ball. Quyida 11 ta shaxs xususiyatlari tavsifi berilgan. Metodika bo`yicha shaxs xususiyatlarining 3 xil rivojlanish darajasi bor:
  • Quyi- 1-3
  • O`rtacha -4-7
  • Yuqori 8-10
  • Har turli shaxs xususiyatlarining rivojlanishini aniqlashda 2 oxirgi qutb hisobga olinadi va quyi miqdori qabul qilingan shkala bo`yicha ularga mos miqdoriy baholar va qisqacha ta`riflar beriladi.
  •  

Munosabat-odamlar o`rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojining ko`p qirrali jarayonidir. Munosabatning uch jihati farqlanadi: kommunikativ (axborot uzatish), perseptiv (o`zaro birgalikda harakat qilish). Nutq-bu og`zaki kommunikatsiya, til yordamida munosabat qilish jarayonidir.
Sotsiometriya, referentometriya metodikalari
Sotsiometriya metodining asoschisi amerikalik psixolog D.J.Moreno hisoblanadi. Sotsiometriya yordamida guruhdagi shaxslararo munosabatlar aniqlanadi.
Metodika o`tkazishdan maqsad: Metodika guruhdagi shaxslararo munosabatlarda simpatiya(yoqish) va antipatiya (yoqtirmaslik), guruhdagi jipslik, norasmiy munosabatlarni tadqiq qilishga mo`ljallangan. Shuningdek, metodika yordamida guruhdagi noramiy lidelar , munosabatlarni va boshqa xususiyatlarni aiqlash mumkin.
  • Metodika ikki xil shaklda o`tkaziladi. Birinchi shakli noparametrik tarzda metodikani o`tkazishda sinaluvchilarga o`z guruhidan tanlaydigan kishilaning soni chegaralab qo`iladi. Sinaluvchining oldiga guruh a`zolarining ro`yxati qo`yilib, shu kishilarga o`ziga yoqish yoki yoqtirmaslik darajasiga qarab raqamlab chiqish taklif etiladi. Noparametrik metodikaning noqulaylik tomoni shundaki, guruh a`zolari soni 15-16 tadan oshgandan so`ng sotsiometrik tanlovlar sonini hisoblash qiyinlashib qoladi. Bunday vaziyatda kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noparametrik metodikaning yana bir noqulayligi, shaxs guruhidagi 20-25 ta tengdoshlarini obyektiv ravishda baholashga, munosabatini bildirishga qisqa vaqt ichida qiynalib, tasodifiy tanlov bajarishi mumkin.
  • Metodikaning 2-shakli parametric tarzdagi tanlovlar bo`lib, shaxsga o`zi faoliyat guruhdan 3-5 tagacha kishilani tanlash taklif etiladi, ya`ni tanlov soni 3-5 ta kishi bilan chegaralanadi.
  • Parametric tarzdagi tanlovlar
  • Tadqiqotchilarning fikricha, parametric tarzdagi tanlovlar sodda, ishonchli bo`lib muhim tanlovlar sonini va qiymatlarini hisoblashlarini osonlashtiradi. Tanlovlar sonining chegaralanganligi (3-5 kishi) shaxsning tanlovlarga jiddiy e`tabor bilan yondashishiga sabab bo`ladi.
  • Sotsiometriya tanlovlarini o`tkazishda eksperimentator tomonidan sinaluvchilarga beriladigan savollar mezonlarining ahamiyati kata. Bu mezonlar quyidagi shaklda bo`lishi mumkin.
  • Guruhdagi tengdoshlaringizdan o`zingizga yoqqan 3 kishini uyingizga mehmonga chaqirmoqchisiz. Siz ulardan qaysi birini birinchi o`rinda, qaysisini ikkinchi va qaysisini uchinchi o`rinda taklif etasiz?
  • Sinf yetakchisini saylash uchun, guruhda birinchi, ikkinchi, uchinchi o`rinda kimlani taklif etasiz.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling