Shaxs og‘ishgan xulqining mexanizmlari tayanch tushunchalar
Shaxs xususiyatlarini o‘lchash
Download 123.36 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekstraversiya-Introversiya
Shaxs xususiyatlarini o‘lchash. Kettel singari Ayzenk ham shaxsning uchta super xususiyatidagi individual farqlarni aniqlash uchun ko‘plab o‘zini-o‘zi baholash so‘rovnomalarini ishlab chiqqan14. Ularning eng oxirgisi “Ayzenk shaxs so‘rovnomasi” hisoblanadi (Eysenck Personality Questionnaire, EPQ). EPQ punktlaridan namunalar keyingi jadvalda berilgan. Shuni e’tiborga olish kerakki, bu so‘rovnoma shaxs strukturasini shakllantirishda muhim hisoblangan mazkur uch faktorli punktdan iborat. Bundan tashqari, EPQ o‘z ichiga yolg‘on shkalasini ham kiritgan bo‘lib, uning yordamida shaxs o‘zini yaxshi ko‘rsatish maqsadida yolg‘on ishlatishini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 7-15 yoshdagi bolalarni test qilish uchun “O‘smir shaxs so‘rovnomasi” (Junior EPQ) ham ishlab chiqilgan.
4-jadval Ayzenkning shaxs so‘rovnomasi punktlaridan namuna
Ayzenk va Kettel faktorlashtirishda turli xil shaxs so‘rovnomalaridan foydalanishi, shaxsni ta’riflashda muhim hisoblangan xususiyatlar sonida farqlar yuzaga kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Bu yerda faktorli analiz natijalari bevosita olinayotgan ma’lumotlar tipi va manbaasiga bog‘liqdir. Ayzenkning shu narsaga ishshonchi komil ediki, uning ikki kriteriyasi – introversiya/ekstraversiya va barqarorlik/neyrotizm boshqa ko‘plab shaxs so‘rovnomalarini o‘tkazgan bir qancha tadqiqotchilar tomonidan empirik jihatdan tasdiqlangan. Ushbu nuqtai nazar to‘g‘ri ekanligini isbotlovchi asosiy dalillar ekstravert va introvertlar xulq-atvorini tadqiq etilishi natijasida olingan. Download 123.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling