Xar bir shaxs o’ziga xos -xususiyatlar bilan takrorlanmaydiganbir dunyo tashqi ko’rinishi bilan o’xshash insonlarni uchratish mumkin, ammo fe’li mijozi va shaxs sifati bilan bir-biriga o’xshash shaxslarni toppish xayotda juda mushkul
Shaxs qaytarilmas u o’z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Bu borada biz ‘’Individ’’ va ‘’Individuallik’’ tushunchalarini ko’rib chiqamiz.
“Individ’’- bu “odam” degan tushunchani to’ldiradi va uning ijtimoiy-biologik mavjudod sifatida mavjudligini tastiqlaydi Ya’ni Individ-insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy katigoryadir.
“Individuallik”-bu takror tushuncha bo’lib konkret odamni boshqa bir kankret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos-xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi.
Shaxs individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri irodaviy sifatlari emotsiyalari xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ustonovkalari kiradi. Ana shu katigoryalar individuallikni ta’minlovchi katigoryalardir .
Qobiliyatlar shaxsdagi shunday individual, turgan sifatlarki ular odamlarning turli xil faoiyatdagi ko’rsatkichlari, yutuqlari vaqiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Temperament-insonning turli vaziyatlarda narsa xolatlar va insonlarning xatti xarakatlariga nisbatan reaktsiyasi tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Xarakter-shaxsning aloxida insonlar va insonlar guruxi,o’z o’ziga vaziyatlarga ,narsalar va xodisalarga nisbatan munosabatlardan orttiradigan sifatlarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |