Shaxs reja: «Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi. Shaxs haqida psixologik nazariyalar. O‘zini anglash, o‘zini baholash va shaxsiy da’vogarlik darajasi


Download 162.71 Kb.
bet14/16
Sana10.02.2023
Hajmi162.71 Kb.
#1184557
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
shaxs mavzusida referat

7. Shaxsning psixologik himoyasi
Insondagi eng qadrli narsa uning shaxsiyatiga tegishli asosdir. U jonli tabiat va jamiyat tomonidan o‘tkaziladigan o‘ta kuchli bosimdan himoya qilinishi zarur. Himoya anglanmagan tarzda sodir etiladi. SHaxs asosini emirilishdan muhofaza qiluvchi ruhiy mexanizm himoyalovchi mexanizm deb ataladi. U biologik evolyusiyadan ko‘ra ko‘proq madaniy evolyusiyaning natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Psixologik himoya – shaxs yaxlitligiga tahdid soluvchi, nizolilar bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy kechinmalarni kamaytirishga yo‘naltirilgan mexanizmlar tizimi. Psixologik himoya shaxs tomonidan psixologik noqulaylik, «Men-obrazi»ga tahdid soluvchi kechinmalarni bartaraf etish va ushbu vaziyatlarga tegishli bo‘lgan darajada saqlash uchun qo‘llaniladigan boshqarish tizimini tashkil qiladi.[2]
«Himoya mexanizmlari» tushunchasi Z. Freyd tomonidan asabiy holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan nizolilarda «Ego» qo‘llaydigan usulni umumiy holda belgilash uchun kiritilgan edi. Klinika amaliyotida u o‘zi va olam bilan kelisha olmagan odamlarga juda ko‘p marotaba duch kelgan. Ular irratsional harakatlarni amalga oshirib, nomutanosib fikrlarni ifoda etgan holda, idrok qilish illyuziyalarini namoyish qilganlar, bularning barchasi aniqlik kiritishni talab etardi. SHularga o‘xshash reaksiyalar tashhislarda rasmiylashtirilgan edi. Bunday tashhislar sog‘lom insonlarda ham aniqlangan edi. Bunday holatni tushuntirib berish uchun Z. Freyd 1884 yilda «psixologik himoya» tushunchasini kiritdi, bu tushunchani anglanmagan intilishlar va ijtimoiy talablar (cheklovlar) o‘rtasidagi nizolilarni hal etishning shakli sifatida talqin etdi. Uning qizi Anna Freyd o‘zining «Men va himoya mexanizmlari» nomli ilmiy ishida, otasining nazariyasini rivojlantirib, Ego-himoya mexanizmlari anglanmagan bo‘lishini va ular «ichki sezgining talablarini inkor etishini» ta’kidlagan edi.9[3]
The first requirement would be some sort of a road into the unconscious, to track down residue from early childhood experiences—something to move beyond surface pretensions and reveal hidden conflicts and impulses. (Recall that Freud believed free association and dream interpretation could reveal the unconscious.) Objective as¬sessment tools, such as agree-disagree or true-false questionnaires, would be inade¬quate because they would merely tap the conscious surface
Hozirda psixologik himoya shaxs nazariyalarining barchasida, insonga nisbatan turli yondoshuvlarda tan olinadi va ta’riflanadi. Himoya mexanizmlari yoki psixologik himoya, - bu insonning o‘zini noxush kechinmalar, qalb jarohatlari va xavotirlardan himoya qilishda qo‘llaydigan, unga xos bo‘lgan va umuman anglanmaydigan tizimli harakatlar.
Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar shaxsiy sifatlari baholanishlari orasidan o‘zlarining baho berishlari bilan mos tushadiganlarini yodda saqlab qoladilar. Shu tarzda ular o‘zlariga bo‘lgan hurmatlarini yo‘qotmagan, ko‘z oldimizda obro‘imizni tushirmagan xolda xatoliklar va omadsizliklarning sababini tushuntirishga harakat qiladilar. Xuddi mana shuning uchun ham inson ruhiyati himoya mexanizmlari bilan qurollandi. Ular tashqaridan kelayotgan axborotlarni saralab, faqatgina insonning ichki olami – «Men-konsepsiyasi»ning yaxlitliligini saqlashga xizmat qiladiganlarini o‘tkazadilar.
Shunday qilib, himoya mexanizmlari insonlar uchun juda muhim bo‘lgan ikki xususiyatga egadirlar:
- voqelikni inkor etadilar, buzib ko‘rsatadilar yoki parchalaydilar;
- anglanmagan holda, ya’ni, avtomatik tarzda va tez ta’sir ko‘rsatadilar.
Psixologik himoyalarni tasniflashga nisbatan bir necha xil yondoshuvlar mavjud. Ularni etuk va sodda guruhlarga ajratish eng oddiy tasniflashdir. Birinchi guruhga maqsadga muvofiqlik, intellektuallashtirish, mutoyiba, sublimatsiya va boshqalar, ikkinchisiga esa – dissotsiatsiya, kuchli nazorat, qadrsizlanish, inkor etish, yakkalanish, tahdid soluvchi bilan tenglashtirish va boshqalar kiradi. Psixologik himoyani boshqa tamoyil asosida ham tasniflash mumkin, unga ko‘ra, bir xillari idrok darajasida ta’sir qilsa, masalan, siqib chiqarish, boshqalari esa – transformatsiya darajasida, ma’lumotni qayta ishlash jarayonida ta’sir ko‘rsatadi, masalan, maqsadga muvofiqlik.
Psixologik himoya mexanizmlari nihoyatda xilma xildir. Ular Z. Freyd, A. Freyd, A. Adler va ko‘pgina boshqa olimlar tomonidan o‘rganilgan. A. Freyd quyidagi «psixodinamik» mexanizmlarni himoyalovchi sifatida qabul qilishni taklif etdi, bular: siqib chiqarish, ustunlik, regressiya, reaksiyaning hosil bo‘lishi, yakkalanish, amalga oshirilgan faoliyatni inkor etish (bekor qilish), sodir bo‘layotgan voqea, proeksiya, introeksiya, o‘z shaxsiga murojaat, o‘ziga qarama-qarshi tomonga aylanish, sublimatsiyadir. Keyinchalik bu ro‘yxat tashqi frustratorlar: vaziyatdan qochish, inkor etish, tenglashtirish, «Men»ni cheklashga qarshi yo‘naltirilgan yangi mexanizmlar bilan to‘ldirildi. Boshqa ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, ro‘yxatni quyidagi muhim himoya-moslashuv mexanizmlari: maqsadga muvofiqlashtirish, xayol, konversiya, ramziy belgilash, ko‘chirish bilan to‘ldirish zarur.10[3]
Alfred Adler and Karen Horney [HORN-eye] agreed with Freud that childhood is important. But they believed that childhood social, not sexual, tensions are crucial for personality formation (Ferguson, 2003). Adler (who had proposed the still-popular idea of the inferiority complex) himself struggled to overcome childhood illnesses and accidents, and he believed that much of our behavior is driven by efforts to conquer childhood feelings of inferiority, feelings that trigger our strivings for superiority and power. Horney said childhood anxiety, caused by the dependent child's sense of help¬lessness, triggers our desire for love and security. Horney countered Freud's assump¬tions that women have weak superegos and suffer "penis envy," and she attempted to balance the bias she detected in this masculine view of psychology.
Psixologik himoyaning asosiy mexanizmlari o‘rtasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: ustunlik, reaktiv o‘qitish, inkor etish va rad qilish, siqib chiqarish, sublimatsiya, proeksiya, maqsadga muvofiqlik va boshqalar. Hozirda ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, o‘zining samaradorligi, etukligi va ularni yuzaga keltirgan nizoli,- intilishlar, ahloqiy mayllar yoki tashqi voqelik sohasiga kiritilishi bo‘yicha tafovutlanadigan himoya mexanizmlarining yigirmadan ortiq turi mavjud.
Psixologik himoyaning asosiy mexanizmlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Inkor etish. Inson unga og‘riq beruvchi voqelikka e’tiborsizlik bilan, o‘zini xuddi muammo mavjud emasdek tutadi.
2. Ko‘chirish – hissiyot ob’ektini xavfsizrog‘iga almashtirish. Aslida hissiyotlarning paydo bo‘lishiga umuman boshqa odam sabab bo‘lsada, inson muhabbat, nafrat, raqobatchilik haqida mulohaza yuritadi.
3. Sublimatsiya – jinsiy mayllar bilan bog‘liq harakatlarni yuksak maqsadlarga, masalan, ijodkorlikka safarbar qilish.
4. Proeksiya – inson o‘zining shaxsiy ong uchun maqbul bo‘lmagan ichki sezgi va istaklarini boshqa odamlarga o‘tkazishidan iborat bo‘lgan himoya mexanizmi. Boshqalarni, aynan, shuning uchun ayblaydi.
5. Xayollarga berilish – shaxsiy «Men»ning ahamiyatliligini ko‘rsatish maqsadida tasavvur, zeb berish, o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berish sohasida frustratsiyalangan ehtiyojlarni qondirish.
6. Kasallikka berilish – muammolarni hal etishda ma’suliyatlilik va mustaqillikdan bosh tortishga intilish; bu mexanizm «ikkilamchi foyda» noyob hodisasi bilan bog‘liq. Bemorlik roli odamni harakat qilish zaruriyatidan ozod qiladi, tobe va hamdardlikka muhtoj bo‘lishga imkon yaratadi.
7. Repressiya (siqib chiqarish, so‘ndirish) – xotiradan ruhiyatga jarohat etkazuvchi noxush uchrashuvlar, voqealar, hodisalarni o‘chirib tashlaydigan tub negizli himoya mexanizmi. O‘zimiz ham bajarolmagan va’da, xunuk xatti-harakatimiz haqida juda tez unutamiz. Lekin bu munofiqlik emas. Inson haqiqatdan ham ko‘rmay, bilmay turib, unutib yuboradi.
8. Regressiya – voyaga etgan insonga o‘zini yosh boladek tutish imkonini beruvchi rivojlanishning dastlabki boqichlariga qaytish. Oilali ayol turmush o‘rtog‘i bilan kelisholmay qolsa, xuddi, avvalgidek, ota-onasi uyida kichkina qizcha davridagidek, himoya va yupanch ilinjida yig‘lay boshlaydi. Ba’zida kattalar qandaydir vaziyatda «bolalarcha ifodalar» bilan gapirishlari mumkin. Bu o‘ziga xos ravishda xavotirga sabab bo‘luvchi voqelikdan, muammolardan o‘ziga xos ravishda chekinishdir.
9. Qarama-qarshi reaksiyaning shakllanishi – ong uchun maqbul bo‘lmagan reaksiyaning qarama-qarshisiga almashtirish, masalan, muhabbatni – nafratga, nafratni – muhabbatga. Jinsiy etilish davrida qizlarga nisbatan havasning uyg‘ongani anglanmagan holda o‘g‘il bolalar qizlarning sochlaridan tortishi, janjallashishi, yomon laqab qo‘yishi, ularga toqat qilolmasliklarini alohida ta’kidlashlarida namoyon bo‘ladi.
10. Qasd olish – impuls yoki hissiyotni bir ob’ektdan qulayroq boshqa ob’ektga qayta yo‘naltirish. Oila boshlig‘i ishxonadagi noxushliklarning alamini bevosita aybdor - boshlig‘idan emas, balki, ayolidan, bolalaridan yoki itidan oladi.
11. Maqsadga muvofiqlashtirish – muvofiq kelmaydigan harakatlar va fikrlar uchun ishontiradigan sabablarni o‘ylab topish, o‘zini aldash. Masalan, omadsizlikka uchragan odam, o‘zi intilgan ob’ekt qadrini pasaytirgan holda, haqoratlangan izzat-nafsini tinchlantiradi. Rad javobini olgan yigit qizning «didiga mos kelmasligini»» yoki avval o‘ylaganchalik go‘zal emasligini e’lon qilishi mumkin.
12. Intellektuallashtirish – uning yordamida sub’ekt diskursiv ko‘rinishda o‘zining nizolilari va hissiyotlarini ularni egallab olish maqsadida ifodalashga harakat qiladigan jarayon. Boshqacha aytganda, o‘z havaslarini, mantiqiy hosil qilingan mulohaza tuzilmalariga o‘ragan holda, ifodalashga intilishdir. Kechinma mulohaza yuritish bilan almashtiriladi.
13. YAkkalanish – intellektuallashtirishga o‘xshash mexanizm bo‘lib, mulohaza yoki harakatning sub’ektning boshqa fikrlari yoki hayotining boshqa tomonlari bilan uzilishini bildiradi. YAkkalanish tafakkur jaraniyodagi to‘xtalishda, formula va ritualda ifodalanishi mumkin. Bu mexanizm u yoki bu mavzu yuzasidan suhbatlashish istagining mavjud emasligi, muhokama etilmasligi sifatida ko‘rinadi.
14. Tenglashtirish – o‘ziga boshqa odamga xos bo‘lgan hislar, mulohazalar, kayfiyatlarni o‘zlashtirib olish. Turlaridan biri tahdid soluvchiga o‘xshatish. Bu dushman uyg‘otayotgan qo‘rqinch hissidan qutilish uchun sub’ekt, yoki rolni qabul qilgan holda, yoki ob’ektning o‘zini parchalagan holda u bilan aloqa o‘rnatishini bildiradi.
Hozirgi zamon tadqiqotlari etarlicha puxta ishlab chiqilgan «Men» himoya mezanizmlarini va «O‘zi» mexanizmlarini chegaralashga qaratilgan. Birinchi holatda ob’ektga yo‘naltirilgan, sub’ektning bir qismi bo‘lgan, ikkinchisida – sub’ekt o‘zi uchun ob’ekt bo‘lib xizmat qiladigan tashkilot bilan ish ko‘ramiz.[2]




Download 162.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling