Shaxs tarbiyasi pedagogika. Psixologiya


Download 1.14 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1588979
  1   2   3
Bog'liq
4-mustaqil ish (2)

SHAXS TARBIYASI PEDAGOGIKA.PSIXOLOGIYA


Malika Nurullayeva

Слайд 10 с анализом проекта


Shaxs tarbiyasi
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yig’indisi.
Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin kamol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir.

Слайд 11 с анализом проекта


Shaxs tarbiyasi
Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qattiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi.

Слайд 2 с анализом проекта


Shaxs tarbiyasi
Tarbiya-buyuk ish, u inson taqdirini belgilaydi.
Shaxs bo'lish uchun odam, albatta, tarbiyalanishi kerak.Ta'lim-tarbiyasiz, hayotdagi yaxshilik va yomonlikni bilmasdan, ularni farqlamasdan turib, odamning shaxs bo'lib shakllanishi mumkin emas.Ta'lim-tarbiya, yaxshi-yomonning farqiga boradigan darajaga yetishish esa uzoq vaqt talab qilishi, hatto, insonning umri oxiriga qadar davom etishi mumkin. Demak, har qanday odamni ham, bu dunyoda bosh ko'tarib yurgan hamma insonlarni ham shaxs deb atay olmaymiz. Boshqacha aytganda, har bir inson tug'ilishidanoq tayyor shaxs bolmaydi. Erkin va mustaqil, chuqur va keng fikrlash, hamma narsa to'g'risida xolis mushohada yuritish, hayotda ongli turmush kechirish esa insonni komillik - mukammallikkaeltadi.Dunyoda narsa va hodisalarning son-sanog'i yo'q. U to'g'risida har bir fan o'zining ilmiy qarashlarini ilgari suradi. Ilmning bo'lsa, chek-u chegarasi yo'q. Ya'ni, narsa va hodisalar mohiyatini o'rganish mangu davom etaveradi. O'z fikriga, shaxsiy qarashiga ega bo'lmagan,aytayotgan gapi yoki qilayotgan ishi uchun javob berish mas’uliyatini his qilmaydigan odam shaxs degan yuksak mavqega ko'tarila olmaydi. Ana shunday odamlar to'planib «olomon»ni, «to'da»ni hosil qiladi.Har qanday mamlakat va uni ichdan buzmoqchi bo'lgan yovuz niyatli kuchlar aynan shu olomon to'dani hosil qilishni, uning vayronkor kuchidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishni o'ylashadi. Ular kishilarni mustaqil, erkin fikrlashda chalg'itadigan o'zlarining buzg'unchi g'oyalarini, mafkuralarini tiqishtiri- shadi, o'z domiga tushgan yoshlarni, hatto, boshqacha o'ylamasligi o'ziga o'rgatilgan aqidalardan chetga chiqmaslikka qasam ham  ichirishadi. Soxta «ommaviy madaniyat» targ'ibotchilarining niyati ham shunga o'xshash.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling