Shaxs, Temperament va xarakter, Kobiliyat Temperament. Reja


Temperament turlarining batafsil psixologik tavsifi quyidagilardan iborat


Download 76.83 Kb.
bet3/15
Sana20.10.2023
Hajmi76.83 Kb.
#1712381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-Amaliy mashgúlot (2)

Temperament turlarining batafsil psixologik tavsifi quyidagilardan iborat:
Sangvinik - bu tipdagi temperamentga ega bo`lgan shaxs odamlar serharakat tez ta’sirlanuvchi bo`ladilar, biror faoliyatga va g`ayrat bilan kirishib, tez sovib ketishlari ham mumkin (lotincha - qon qismlarining zaruriy nisbati). Yuqori reaktivlik, besabab haxolab kulishi mumkin, arzimagan narsa qattiq jaxlni chiqarishi kuzatiladi. Uning yuzidan kayfiyatini bilishi mumkin. Diqqatni tez to`playdi. Yuqori faollik juda harakatchan, faol, uzoq vaqt ishlab charchamasligi mumkin, tartibli-intizomli. Odamlar bilan juda tez kirishadi, holatga tez ko`nikadi.
Xolerik - bu temperamentga ega bo`lgan kishi, tez g`ayratli ishga ehtiros bilan kirishadigan lekin muvozanatsiz, tez jahli chiqadigan odam (lotincha chole – o`t). Pastsenzitivlik, yuqori reaktivlik va faollik. Reaktivlik faollikdan yuqori. Shuning uchun kutilmaganda portilovchan, qiziqqon, betoqat. Tez qo`zg`aluvchan, u mimika jestlarida ifodalanadi. Qat’iy, tez insonlarga nisbatan intiluvchan.
Flegmatik - temperamentga ega bo`lgan odam osayishta, o`zini og`ir vazmin tutadi, barqaror kayfiyatli odam (yunoncha rhelagma - boglam). Past senzitivlik, kuchsiz emotsionallik, kuldirish, jahlini chiqarish, xafa qilish qiyin. Harakatlari ifodasiz, ishchan, faollik reaktivlikdan ustuvor. Bir ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish vaziyatga sekin ko`nikadi.
Melanxolik - bu temperamentga shaxs kayfiyatli harakatlari sekin, chuqur hamda barqaror emotsional qo`zg`aluvchanlik va kam nerv psixik aktivlik bilan xarakterlanadi. Melonxolik temperamentlik kam harakat, kam gap, hissiyoti chuqur va barqaror bo`lsa ham hissiyoti sifatdan yaxshi ifodalanadigan kishilar bo`ladi. Biroq ular ishga kira boshlagan ishlarni oxirigacha etkazadilar ( yunon melaine chole). Rigid, introvert.
Har bir insonda bir necha temperamentida o`ziga xos takrorlanmas xususiyatlar mavjud. Bir insonda bir necha temperament xususiyatlarini ko`rish mumkin. Masalan, xolerikda flegmatik va melanxolik xususiyatlari, sangvinikda xolerik va flegmatik xususiyatlari namoyon bo`ladi. Lekin bir xarakter xususiyatlarining ustvorligi asosida odamni u yoki bu tipiga kiritish mumkin. Temperament xususiyatlari ham tashqi ta’sir, hayot jarayonida, tarbiya ta’sirida o`zgarishi mumkin. Har bir temperamentda ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjud. Ijobiylarini rivojlantirish, salbiylarini esa boshqarish lozim. Rivojlantirishning birinchi yo`li temperament xususiyatiga xos faoliyatni tanlash. Ikkinchi yo`li qo`yiladigan talablarni individuallashtirishdir.
Lekin eng asosiy yo`li bu faoliyatning individual uslubini shakllantirish bo`lib, bunda temperament xususiyatlarini bilish jarayonlari, muloqot va xatti-harakatda namoyon bo`lish hisobga olinadi. Shu ma’noda ko`p stanokchi to`quvchilarning ishini kuzatish natijalari diqqatga sazovordir (Klimov tadqiqoti). Tadqiqotdan shu narsa ma’lum bo`ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv sistemasi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi o`quvchilar yuksak ijobiy natijaga erishishi aniqlandi.


Download 76.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling