Shaxs va ma'naviy qadriyatlarning ahamiyati reja


Tarbiya usullari va shakllari


Download 24.26 Kb.
bet2/5
Sana25.04.2023
Hajmi24.26 Kb.
#1396491
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.SHAXS VA MA\'NAVIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI

Tarbiya usullari va shakllari
Reja:

  1. Tarbiya shakllari va turlari

  2. Tarbiya usullariga tavsif.

  3. Rag’batlantirish va jazolash usullari.

Har bir yosh avlod o’qishni, tarbiya olishni istaydi, ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni hohlaydi. O’qituvchi uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim. O’quvchilar yaqin kishilarining (ota-onasi, o’qituvchilari, tarbiyachilarining) munosabatlarini yaxshi bilsa, bu unga ishda yordam bersa, shundagina bola pedagogik ta‘sir o’tkazishga ochiq va moyil bo’ladi. O’qituvchi - do’st, murabbiy, yo’l boshlovchi bo’lgandagina o’quvchilar o’zlarining ichki olamlarini ochib ko’rsatadilar.


Ma‘lumki, tarbiya – tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikki yoqlama jarayondir. Tarbiyachilar – bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar – bilim va tajriba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatmasalar, tajriba va bilim o’rgana olmaydilar.
Demak, tarbiya usullari - o’qituvchi, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ta‘sir ko’rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkil etish yo’llaridir. Aniqrog’i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning ongi va irodasiga ta‘sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgan.
Ajdodlarimiz davr sinovidan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib tarbiyalab kelganlar. O’quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiyashakllaridan foydalaniladi. Masalan: sinf majlisi, yig’ilishlar, klub ishlari va boshqalar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo’l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko’rsatmali qo’llanmalar, kitoblar, radio, televideniya). Bundan tashqari o’quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari – kinofilmlar, san‘at asarlari, o’qituvchining jonli so’zi, bolalar o’yini, sport, badiiy havaskorlik to’garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiyaviy vositalari bo’lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog’liq. Tarbiyachilar ta‘sir etishning boshla shaxsiyatiga mos usulini, eng maqbul usulini tanlab olishlari, uning shaxsini o’zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari darkor.
Yoshlarni tarbiyasida o’zining ijobiy sifattlari, axloqiy fazilatlarini namoyon qilganda, mehnat faoliyatda, berilgan topshiriq va vazifalarni astoydil, yaxshi bajarganda ham, o’quv ishi natijalarini ham rag’batlantirish o’qituvchidan talab etiladi, ya‘ni bu ish lozimdir. Shunday qilib, tarbiya jarayonida o’qituvchi yakka o’quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo’lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta‘sir etish shakllari majmuasiga tarbiya usuli deyiladi.
Tarbiya usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o’zini oqlagan urf-odatlar an‘anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o’z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya vositalari bo’ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.


Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling