Shaxs va ma'naviy qadriyatlarning ahamiyati reja
Tarbiya usullarni tanlashga qo’yiladigan talablar
Download 24.26 Kb.
|
1.SHAXS VA MA\'NAVIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI
Tarbiya usullarni tanlashga qo’yiladigan talablar
Reja: 1. Tarbiya usullari haqida tushucha. 2. Tarbiya usullariga tavsif. 3. Rag’batlantirish va jazolash usullari. Ajdodlarimiz davr sinovidan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib tarbiyalab kelganlar. O’quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiyashakllaridan foydalaniladi. Masalan: sinf majlisi, yig’ilishlar, klub ishlari va boshqalar. Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo’l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko’rsatmali qo’llanmalar, kitoblar, radio, televideniya). Bundan tashqari o’quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari – kinofilmlar, san‘at asarlari, o’qituvchining jonli so’zi, bolalar o’yini, sport, badiiy havaskorlik to’garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiyaviy vositalari bo’lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog’liq. Tarbiyachilar ta‘sir etishning boshla shaxsiyatiga mos usulini, eng maqbul usulini tanlab olishlari, uning shaxsini o’zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari darkor. Yoshlarni tarbiyasida o’zining ijobiy sifattlari, axloqiy fazilatlarini namoyon qilganda, mehnat faoliyatda, berilgan topshiriq va vazifalarni astoydil, yaxshi bajarganda ham, o’quv ishi natijalarini ham rag’batlantirish o’qituvchidan talab etiladi, ya‘ni bu ish lozimdir. Shunday qilib, tarbiya jarayonida o’qituvchi yakka o’quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo’lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta‘sir etish shakllari majmuasiga tarbiya usuli deyiladi. Tarbiya usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o’zini oqlagan urf-odatlar an‘anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o’z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya vositalari bo’ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak. 14. 2. Tarbiya usullariga tavsif. Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi, bu usul, vositalar nihoyatda rang-barang bo’lib, ko’p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Xalq pedagogikasida qo’llanib kelayotgan xilma-xil tarbiya usullarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin. 1. Tushuntirish (o’rgatish, odatlantirish, mashq qildirish). 2. Namuna (maslahat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar haqida so’zlash, o’rnak bo’lish). 3. Nasihat berish, o’git (undash, ko’ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma‘qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash va hokazolar). 4. Qoralash va jazo (ta‘qiqlash, ta‘na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo’rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). Ushbu usullar tizimga solinsa, birlashib umumiy bir yaxlitlikni ifodalaydi. Tarbiyaviy jarayonda avval bolaga umumiy manzara, mazmun-mohiyati tushuntiriladi va ko’rsatma beriladi. Bolalar narsa va hodisalarga, berilgan topshiriqlarga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasini o’taydi, ya‘ni yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e‘tibor beriladi. Shunda ham tushunmaganlar kattalarning, yaqinlarining nasihati, o’giti orqali narsa va hodisalarning mohiyatiga yetadigan bo’ladi. Bordi-yu bunda ham bolalar tushunmasa yoki tushunishni istamasa, aytganlarni qilmasa, unda qoralash va jazo usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu tarbiyalashda so’nggi chora usulidir. Milliy tarbiyamizdaga axloqiy mezonlarga asosan yoshlarni tarbiyalashda milliy an‘analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o’z navbatida, yangicha tarbiyaning o’zgacha muvofiq uslub va shakllarini taqozo etadi. Tarbiya usullarini o’rganish, tahlil qilish va bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish uchun tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: tushuntirish, o’rgatish, suhbat va hikoya, ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki, ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo’llaniladi. Tushuntirishning mohiyati jamiyatning ma‘naviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar to’g’risida axborot berish asosida o’quvchilar diqqatini atrofdagi voqelikka, o’z fuqarolik burchlariga ongli munosabatni shakllantirishga qaratishdan iborat. Tarbiyachi tegishli qoida va talablarga qanday rioya qilish zarurligini bolalarga ko’rsatadi va tushuntiradi. Uqtirish biror axloqiy fazilatni o’quvchilar ongiga singdirish va ularning tushunib bajarishi, o’zlashtirishiga asoslanadi. Suhbat va hikoya. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va axloqiy shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta‘sirli usul hisoblanadi. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o’zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat va inson go’zalligi), siyosiy mvzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari), ta‘lim va bilishga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi). O’quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, san‘at haqida hikoya qilib berish mumkin. Download 24.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling