FAOLIYATNING ASOSIY TURLARI. - Hayotining birinchi yillaridayok bolada faoliyatning oddiy shakllarini o`zlashtirishi uchun dastlabki shart - sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati hisoblanadi. Ma`lumki, o`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham kuzatiladi. Bu - ularning turli xildagi xarxashalaridan, urishishni taqlid qilishi, u yoqdan - buyoqqa chopishi va hokozolardan iboratdir. Hayvon bolalarining o`yin jarayonidagi kiligini avvalo ularning organizmidagi faoliyatga, jamlangan kuch - kuvvatni sarflashga bo`lgan ehtiyojni qondirishi deb qarash mumkin. Agar hayvon bir muncha vaqt mobaynidan o`ynaydigan sherigidan mahrum etib qo`yilsa, keyinchalik uning qo`zg`alishi va o`yin faoliyati keskin kuchayadi, ya`ni tegishli kuch quvvat to`plangani kabi hodisa ruy beradi. Bu hodisa "o`yinga to`ymaslik" deb ataladi.
Xulosa - Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yin bolalarda ham o`z faolligini ro`yobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat qiladi. Bolaning o`yin harakatlari avval boshdanoq buyumlardan foydalanishning insoniy usullari va amaliy xulq - atvorining katta yoshdagilar bilan muloqot jarayonida va katta yoshdagilar raxbarligida o`zlashtirilib olinadigan insoniy shakllari zamirida rivojlanib boradi.
Asosiy adabiyotlar: - 1. A.V.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent-«O`qituvchi»-1992y
- 2. M.G.Davletshin «Umumiy psixologiya» Toshkent 2002 y
- 3. E.Goziev «Umumiy psixologiya» 1 kitob Toshkent-2002 y
- 4. E.Goziev «Umumiy psixologiya 2 kitob Toshkent-2002 y
- 5. Gippenreyter Yu.B «Vedenie v obshuyu psixologiyu»Kurs lektsiy Moskva-
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |