Shaxs va uning faolligi


Download 1.02 Mb.
bet8/11
Sana19.01.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1101410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fayzullayeva X. Slayd Mavzu Faoliyat turlari

«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.

  • «Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.

Ko‘nikma va malakalar

  • Har qanday harakatning tahlil etilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat), sensor (emotsional) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq, ushbu qismlarning harakatini amalga oshirish jarayonida bajariladigan vazifalarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yo‘l-yo‘riqlar ushbu faoliyat-ning usullari deb ataladi. Kishida maqsadga muvofiq tarzda sa’y-harakatlarni ijro etish va boshqarishning aynan shu tarzda avtomatlashuvi malaka deb ataladi. Malaka mashq qilish jarayonida ish-harakatlarni bajarishning avtomatlashgan usullari hisoblanadi. Malakalar interferensatsiyasi (lotincha inter – orasida, ferens – tarqatuvchi) deb avval hosil qilingan malakalarning keyinchalik bosh-qa yangi malakalarning hosil bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsati-shi natijasida yangi malakalarning susayib qolishiga aytiladi.

Faoliyatning asosiy turlari

  • Kishi faoliyati ongli ravishda faollik sifatida uning ongi shakllana va rivojlana borishi tufayli tarkib topadi va rivojlanadi. Uning o‘zi ongning shakllanish va rivojlanish negizi, uning mohiyat manbai bo‘lib xizmat qiladi.
  • Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turli-cha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan tinglovchining predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling