Shaxs va uning faolligi


Download 1.29 Mb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1495569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inson mashina tizimi

Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi o‘tish jarayonini interiorizatsiya (tom ma’noda aytganda, ichki tarzga aylanish) deb ataladi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir vaqt ichida e’tiborda bo‘lmagan narsalarning timsolidan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqariga chiqib «xayolida» o‘tmishga va kelajakka, vaqtga va bo‘shliqqa erkin ko‘chib o‘tadi. Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jihatlariga qadar to‘liq bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki, bunday o‘zgarishning muhim quroli bo‘lib so‘z, o‘zgarish vositasi bo‘lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi. So‘z buyumlarning muhim xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va o‘zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishga o‘rganish ayni chog‘da buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning usullarini o‘zlashtirishdan iboratdir. Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog‘liqdir. Tashqi jihat – odam tashqi olamga ta’sir ko‘rsatish uchun qiladigan sa’y-harakatlar – motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va yo‘naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladigan, ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga oshiradigan, psixik andazalarning o‘xshashlik darajasini, shuningdek erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi darajasini ko‘rsatadigan tashqi jihat tomonidan yo‘naltirilib va nazorat qilib turiladi. Shunga muvofiq tarzda tashqi, muayyan faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma’noda ichki tarzda aylanishi) deb qarash mumkin.

  • Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi o‘tish jarayonini interiorizatsiya (tom ma’noda aytganda, ichki tarzga aylanish) deb ataladi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir vaqt ichida e’tiborda bo‘lmagan narsalarning timsolidan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqariga chiqib «xayolida» o‘tmishga va kelajakka, vaqtga va bo‘shliqqa erkin ko‘chib o‘tadi. Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jihatlariga qadar to‘liq bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki, bunday o‘zgarishning muhim quroli bo‘lib so‘z, o‘zgarish vositasi bo‘lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi. So‘z buyumlarning muhim xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va o‘zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishga o‘rganish ayni chog‘da buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning usullarini o‘zlashtirishdan iboratdir. Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog‘liqdir. Tashqi jihat – odam tashqi olamga ta’sir ko‘rsatish uchun qiladigan sa’y-harakatlar – motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va yo‘naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladigan, ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga oshiradigan, psixik andazalarning o‘xshashlik darajasini, shuningdek erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi darajasini ko‘rsatadigan tashqi jihat tomonidan yo‘naltirilib va nazorat qilib turiladi. Shunga muvofiq tarzda tashqi, muayyan faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma’noda ichki tarzda aylanishi) deb qarash mumkin.

1. A.V.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent-«O`qituvchi»-1992y

  • 1. A.V.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent-«O`qituvchi»-1992y
  • 2. M.G.Davletshin «Umumiy psixologiya» Toshkent 2002 y
  • 3. E.Goziev «Umumiy psixologiya» 1 kitob Toshkent-2002 y
  • 4. E.Goziev «Umumiy psixologiya 2 kitob Toshkent-2002 y
  • 5. Gippenreyter Yu.B «Vedenie v obshuyu psixologiyu»Kurs lektsiy Moskva-
  • www.arxiv.uz

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling