Shaxsiy himoya vositalari turlari Reja Shaxsiy himoya vositalari ikki guruhga bo‘linadi


Plastmassa quti qopqog‘i ichkarisiga dori vositalarining qo‘llanish sxemasi


Download 38.25 Kb.
bet3/3
Sana11.03.2023
Hajmi38.25 Kb.
#1260363
1   2   3
Bog'liq
Shaxsiy himoya vositalari turlari

Plastmassa quti qopqog‘i ichkarisiga dori vositalarining qo‘llanish sxemasi joylangan. Aptechka shunday konstruksiyaga egaki, undagi har bir dori vositasi osonlik bilan olinadi va tezlik bilan qo‘llanadi. Aptechka harbiy xizmatchilar kiteli yoki gimnast yorqasining tashqi cho‘ntagida olib yuriladi. Saqlanadigan dori vositalari boshqa (komandir) ko‘rsatmasi asosida qo‘llaniladi. AI - 2 aptechkasiga kuyidagi dorilar joylanadi:
- fosfororganik moddalardan zararlangan paytda qo‘llaniladigan afin yoki budaksim aptechkaning 1-uyasiga joylashtirilgan. Afin yoki budaksim preparatlari dala sharoitida tezlik bilan qo‘llash uchun steril holatda shprits -tyubikda chiqariladi, qopqohg‘i qizil bo‘ladi. Ushbu ziddi-zahar zararlanishning birinchi alomatlari yuzaga chiqishi zahoti (ko‘z qorachig‘i qisqarishi, ko‘rish xiralashishi, ko‘z sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘lishi, ko‘p so‘lak oqishi, kukrakda og‘riq turishida, muskullar orasiga yuboriladi. Ziddi - zaxarni zararlangan kishi o‘ziga yuborishi yoki bir-biriga yordam ko‘rsatishda muskullar orasiga yuborishi mumkin. Shuni esda tutish kerakki, preparat qancha tez yuborilsa, zararlanishning oqibatlari oldi shuncha tez olinadi. Zarur bo‘lganda preparat qaytadai muskullar orasiga yuborilishi mumkin. Shprits -tyubikdan foydalanish usuli 2 - bobda ko‘rsatilgan. Ishlatilgan shprits -tyubik zararlangan kishining cho‘ntagiga solib qo‘yiladi.
- aptechkaning 2-uyasi bo‘sh qoldirilgan, keyingi vaqtlarda ushbu uyaga fosfororganik zaharlovchi moddalardan zararlanishning oldini dimetpramid na 0,002 г sidnokarb bor. Bu preparat xam bitga tabletkadan qo‘llaniladi, zarur bo‘lgan hollarda 4-5 soat oralatib sutkasiga 3-4 martadan ko‘p bo‘lmagan holda ichiladi. Ushbu preparatlar boshliq (komandir) buyrug‘i asosida qo‘llanadi.
Ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar (IPP-8, IPP-9, IMI 10). Terining ochiq joylariga tushgan zaharlonchi moddalarni degazatsiya qilish va terining ochiq joyiga tegib turadigav (bo‘yni, yuz, qo‘llar) formali kiyim-kechak yengini, yoqasini hamda protivogazning yuz qismini degazatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ushbu pakstlardan jangovor holatlarda zarur bo‘lib qolgan vaqtda shaxsiy qurol va harbiy texnikaning ayrim qismlari, kishilar tegadigan joylarni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Ximiyaga qarshi IPP-8 shaxsiy paket kavsharlangan polietilen xaltadan iborat bo‘lib, uning ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqli solingan shisha flakon va turtta paxta- dokali tampon solingan.
Ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar IPP-9 IPP-10, IPP-12 metall ballondan iborat bo‘lib, ichiga degazatsiya qiluvchi suyuklik solingan.
Zaharlovchi moddalar teriga tushgan vaqtda tezlik bilan shaxsiy
paketlar chap qo‘lga olinadi; IPP-8 paketining shisha idishi qopqog‘i
ochiladi; IPP-9, IPP-10 metall ballonlarining yuqori qismi maxsus
teshuvchi moslama yordamida teshiladi; teridagi suyuq-tomchi holidagi
zazarlovchi moddalar asta-sekinlik bilan quruq paxta-dokali
tampoiga shimdirib olinadi; paxta-dokali tomponning ikkinchisi
olingan va degazatsiya qiluvchi suyuklikka xo‘llanib zaharlovchi modda
tushgan joylar va protivogazning yuz qismi sinchiklab artib chiqiladi
(odamning yuz qismi artilayotgan vaqtda ko‘zga suyuqlik tushmasligiga harakat qilish kerak) ishlov o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng shisha flakon qopqog‘i yoki metall ballonlar qopqog‘i mahkam qilib yopiladi va protivogaz sumkasiga solinadi.
Shaxsiy bog‘lov paketa (PPI). Ommaviy shikastlanishlarda dala sharoitida birlamchi bog‘lam sifatida shaxsiy bog‘lov paketi keng qo‘llaniladp. Paket ik-kita 17-32 см li steril paxta-dokali yostiqchalardan iborat bo‘lib, eni 10 см, uzunligi 7 метр bo‘lgan bintga bog‘langan. Yostiqchalarning biri qattiq mahkamlangan, ikkinchisi esa ko‘zg‘aluvchan bo‘lib, uni kerak bo‘lgan joyga mumkin. Yostiqchaning bir tarafi rangli ip bilan tikilgan, bog‘lov qo‘yadigan vaqtda shu tarafidan ushlansa bo‘ladi. Bog‘lov materiali oq qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan va u ustidan rezinali materialdan tayyorlangan qobiq bilan germetik qilib berkitilgan. Oq qog‘oz ichiga bint oxirini mahkamlash uchun tutnog‘ich solib qo‘yilgan. Maket steril holatda ishlab chiqariladi.
Shaxsiy bog‘lov paketidan foydalanish qoidalari: rezinalangan qobiq yirtib ochiladi.
Vositalardan himoyalash va formali kiyim- kechaklar, aslaha-anjomlar, qurolning zararlanishini kamaytirish uchun mo‘ljallangan.
Plyonkali himoya kostyumi vaqti-vaqti balan qo‘llaniladigan vosita hisoblanadi. Zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan zararlanganda maxsus sanitariya ishlovchi o‘tkazmasdan yo‘qotiladi, radioaktiv moddalardan zararlanganda dezakgivatsiya o‘tkaziladi va qayta ishlatiladi.
Plyonkali himoya kostyumi himoya plashchi va himoya paypoqdan iborat bo‘lib, polimer plyonkali materialdan tayyorlangan.
Himoya kombinezoni rezina qo‘shilgan materialdan tayyorlangan bo‘ladi. Kombinezon yaxlit qilib tikilgan kurtka, shim va kapishondan iborat. Kombinezon rezina etik, himoya qo‘l qopi bilan birga komplekt holida qo‘llaniladi.
Himoya fartugi rezina qo‘shilgan materialdan tayyorlanadi, undan himoyalovchi paypoq, himoya qo‘lqopi bilan birgaliqda foydalaniladi. Transport, qurol-yaroqlarni dezaktivakiya, degazatsiya va dezinfeksiya qilishda undan foydalaniladi. Fartukning og‘irligi 400 г.
FM tizimida filtrlovchi vosita sifatida ZFO -58 kostyum qo‘llaniladi. Ushbu kostyum ip gazlamadan tayyorlangan kombinezon, ichki kiyim, podshlemnik va ikki juft paytavadan iborat. ZFO - 58 kostyumini shimdirish uchun sintetik yuvish vositalari asosida tayyorlangan OP-7 yoki OP- 10, sovun -yog‘ emulsiyasi ishlatiladi. Bir komplekt kostyumni shimdirish uchun ikki xil suyuqlik tayyorlash kerak bo‘ladi: birinchi suyuqlik 2,5 л miqdorida tayyorlanadi, buning uchun 40- 50°S gacha istilgan 2 литр suvda OP - 7 yoki OP -10 moddalari eritiladi. So‘ngra ikkinchi shoklik tayyorlanadi. Buning uchun 60-70°S gacha isitilgan 2 литр issiq, suvda 200-300 г maydalangan kir sovun eritiladi va unga 0,5 г o‘simlik yog‘i yoki mineral yog‘ qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan suyuqliklarga kostyum navbati bilan shimdiriladi va quritiladi.

Xulosa
Ularning o‘zining himoya xususiyatiga ko‘ra filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning himoyalash xususiyati havoni himoyalovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo RM, ZM, BV va KTZMdan tozalanadi. Ajratuvchi vositalarning himoyalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga qaratilgan bo‘ladi. Foydalanilishiga ko‘ra hamma himoyalovchi vositalar quyidagilarga: umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun mo‘ljallangan va sanoatda qo‘llaniladigan vositalarga bo‘linadi.


Umumharbiy himoya vositalari bilan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari taʼminlanadi.
Maxsus himoya vositalari bilan tankli, aviatsion, kimiyoviy qismlar, turli xil qo‘shinlarning bo‘linmalari, hamda tibbiy xizmat bo‘limlari yaradorlarga yordam ko‘rsatishda ishlatilash uchun taʼminlanadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Qudratov, T.G’aniev, O’. Yuldashev, G’.Yo. Yormatov, N. Xabibullaev, F.D Xudoev. «Hayot faoliyati xavfsizligi» maruzalar kursi. Toshkent 2005 y
2.Yuldashev O.R., Sapaev Sh.M., va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan amaly mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma. Toshkent 2010 y
3.Т.В. Гитун, А.Г Елисеев и др. «Экстремальная медицина» Полный справочник. Москва 2006 г.
4.О.Р Юлдашев, О.Т Хасанова и др. «Аварийно-спасательные раьоты» Учебное пособие. Ташкент 2008 г.
Download 38.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling