Shaxsiy himoya vositalari turlari Reja Shaxsiy himoya vositalari ikki guruhga bo‘linadi
Nafas aʼzolarini himoya qilishini oddiy vositalari
Download 38.25 Kb.
|
Shaxsiy himoya vositalari turlari
Nafas aʼzolarini himoya qilishini oddiy vositalari.
Paxta doka bog‘lami. Buning uchun 100x60 sm li doka olinib, ertasiga eni va bo‘yi 20x30 sm va qalinligi 1 - 2sm kilib paxta solinadi, so‘ng u doka bilan o‘raladi. Dokaning uchlarini 35 см dan kesib bog‘ich ulinadi, bog‘lam engak, og‘iz va burun berkiladigan qilib tug‘iladi. Borich uchlari boshning tepa suyagi va ensa ustidan bog‘lanadi. Changga qarshi matoli maska PTM-1 oynali korpusdan va bog‘ichdan iborat. Maskaning korpusi matodan 4 -5 kanat qilib tikiladi, kiradigan teshiklarga o‘lchovi 5,5x4,5 sm li oyna qo‘yiladi, bogich 35x70 sm qilib polotnodan tikiladi. Maska boshga yopishib turishi uchun yuqoridagi chokka rezina qo‘yilib tikiladi, ko‘ndalangiga ham rezina qo‘yiladi. Pastda bog‘ach bo‘ladi. PTM-1ni tayyorlashda 7ta o‘lchov ko‘zda tutiladi. Maskaning cheti peshanaga, chakkaga, yonokka va engakka zich yonishib turishi kerak. Nafas aʼzolarini himoyalash uchun biror bir vosita topilmaganda dastro‘mol, sharf, sochiq va shunga o‘xshashlar bilan og‘iz va burunni berkitish kerak. Terini ximoya kilish vositalari, qo‘l osti vositalaridan terini himoya qilish vositalariii tayyorlash. Terini himoyalovchi shaxsiy vositalar himoyalash xususiyatiga qarab filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Terini ajratuvchi himoya vositalari havo o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Ular zich yopiladigan (germetik) va zich yopilmaydngan (nogermetik) bo‘lishi mumkin. Zich yopiladigan vositalar kishi tanasini berkitadi va zaharlovchi moddalarning bug‘i va tomchilaridan to‘liq himoya kiladi. Zich yopilmaydigan vositalar esa faqat tomchi holidagi zaharlovchi moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari, bu vositalar kishi terisini bevosita radioaktiv na bakterial vositalar taʼsiridan ham himoya qiladi. Terini himoya qiladigan filtrlovchi vositalar ip - gazlamadan tayyorlangan bo‘lib, unga maxsus kimyoviy modda shimdiriladi. Bunda matoning havo o‘tkazuvchanligi saqlanib koladi, zaxarlovchi moddalar iplar orasidan o‘tayotgan vaqtda yutiladi va neytrallanadi. Terini himoya qiladigan ajratuvchi individual vositalarga umumxarbiy himoya to‘plami (OZK), plyonkali himoya kostyumi (KZP) va terini himoyalovchi maxsus vositaga L—1 yengil himoya kostyumi kiradi. OZK, KZP va L —I kostyumi himoya taʼsiri qoidasiga ko‘ra teri qavatlarini, formali kiyim kechaklarni va oyoq kiyimlarini zaharlovchi moddalar,radioaktiv moddalar va bakterial vositalar taʼsiridan ajratishga asoslangan bo‘ladi. Umumxarbiy himoya to‘plami himoya plashchi, himoya paypog‘iga hamda himoya qo‘lqoplaridan iborat bo‘ladi. OP- 1M plashchi rezina qo‘shib to‘kilgan bo‘lib, yengi va qalpoqchasi bo‘ladi. Ishlashga qulay bo‘lishn hamda qo‘lga zich yopishib turshi uchun yengining uchiga rezina tasma tikilgan bo‘ladi. Qalpoqchani katta kichik qilish uchun cho‘ziladigan tasma o‘rnatiladi. Plashchlar quyidagi o‘lchovlarda bo‘ladi, bo‘yi 166 см gacha bo‘lgan kishilar uchun-birinchi bo‘y, 166 см dan 172 см gacha- ikkinchi, 172 см dan 178 см gacha- uchinchi, 178 см dan 184 см gacha na undan yuqorisi to‘rtinchi bo‘y bo‘ladi. Himoya paypoqlari ham rezina qo‘shilgan matodan tayyorlanadi, asosi qalin rezinadan iborat. Ular orqali oyoq kiyim ustidan kiyiladi va oyoqqa maxsus tasma hamda takiladi yordamida mahkamlanadi. Belga taqiladigan kamarga esa tasmalar yordamida birlashtiriladi. Himoya paypoqlari quyidagi o‘lchovlarda ishlab chiqiladi: 40-poyabzal uchun birinchi bo‘y, 41-42 poyabzal uchun ikkinchi buy, 43 va undan katta poyabzalga uchinchi bo‘i to‘g‘ri keladi. Himoya qo‘lkoplari ikki xilda tayyorlaigan bo‘lib, kishda kiyish uchun ikki panjali va yozda besh panjali bo‘ladi. Qishki qo‘lqoplar ichiga issiq saqlash uchun astar kiygiziladi va tugma qadaladi. L-1 yengil himoya kostyumi teri qavatlaripi va formali kiyimlarni sharlovchi moddalar, radioktiv moddalar hamda bakterial vositalardan zararlanishdan himoya qilishga mo‘ljallangan. U rezina matodan tayyorlangan bo‘lib, kapyushonli ko‘ylak, paypoqli shim, podshlemnik va ikki barmoqli himoya qo‘lkoplaridan iborat. Paypoqli shimning yuqori qismiga ikkita yelka tasmasi va paypoqni oyoqqa zich qilib bog‘lash uchun bog‘ichlar tikilgan. Kapyushonli ko‘ylakning orqa qismiga chok orqasidan o‘tadngan belband tikilgan bo‘lib, ko‘ylakning oldi tanasidagi tugmaga o‘tkaziladi. L-1 yengil himoya kostyumi 3 o‘lchovda, bo‘yi 165 см gacha bo‘lgan har xil xizmatchilarga birinchi, 165 см dan 172 gacha bulganlarga ikkinchi, 172 см dan yukorp bulganlarga uchinchi o‘lchovda tayyorlangan bo‘ladi. L-1 yengil himoya kostyumi zararlangan joylarda ishlash uchun, zararlanmagan joyda esa formali kiyim-kechaklar ustidan kiyiladi. Ish qobiliyatini yaxshiroq saqlash uchun 10°S day yuqori haroratda himoya kiyimi ishchi kiyim ustidan, 0°S dan Q10°S gacha haroratda yozgi kiyim ustidan, 0°S dan past haroratda esa qishki kiyim ustidan kiyiladi. Plyonkali himoya kostyumi (KZP) - harbiy xizmatchilarning teri qavatlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar, bakterial takomillashtirish ustida doimiy ishlar olib borilmoqda. Shuning uchun, dushman tomonidan ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar ishlatilishi ehtimoli borligi sababli, harbiy qismlar shaxsiy tarkibini jangovarlik xususiyatlarini saqlash niyatida jang maydonida umumharbiy va tibbiyot rioya vositalarini o‘z vaqtida qullash katta ahamiyatga egadir. Harbiy qismlardagi shaxsiy tarkib ommaviy zarar yetkazuvchi qurollarning shikastlovchi omillarini va jarohatlangan, zararlangan kishilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini bilishi kerak. Tibbiy vositalarni o‘z vaqtida qo‘llash kishilarni ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar taʼsiridan butunlay muohfaza qilishga imkon yaratadi. Tibbiy muhofaza vositalariga AI -2 shaxsiy aptechkalar, ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar, shaxsiy bog‘lov paketlari. DI - 2 shaxsiy aptechkasi atom, kimyoviy va bakterial hamda boshqa guruhdagi qurollarning shikastlovchi taʼsirini kamaytirish yoki ularning taʼsirini oldini olish maqsadida o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Aptechka plasmassadan tayyorlangan bo‘lib, dorilar uning ichidagi maxsus uyachalarga joylashtiriladi. Download 38.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling