Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish Shaxsiy himoya vositalarining guruhlanishi
Download 1.69 Mb.
|
1 2
Bog'liqAzamov
Dielektrik qalpoqlar
Dielektrik qalpoqlar tayyorlangandan keyin 2 minut mobaynida 10 kV kuchlanish bilan ularning elektr mustahkamligi sinaladi, ishlatish mobaynida esa har 3 yilda 1-marta 10 kV kuchlanish bilan bir minut davomida sinaladi. Dielektrik qalpoqlarning sinash uslubi dielektrik qo‘lqop, etik va kalishlar sinovi bilan bir xildir. Himoya vositalari: nafas olish va terini himoya qilish vositalariga bo`linadi. Nafas olish organlarini himoya qilish vositalariga filtrlovchi va izolyatsiya qiluvchi protivogazlar, respiratorlar, shuningdek changga qarshi gazmol niqob (PTM 1) va pahta-dokali bog’ichlar kiradi. Nafas olish organlarini yakka himoyalash vositalarini tasnifi rasm-11.11 da keltirilgan. Terini himoya qilish vositalariga mahsus izolyatsiya qiluvchi kiyim, himoya fil’trlovchi kiyim kiradi. Dushmanning bostirib kirish havfi tug’ilganda barcha aholi shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Tuzilmalarni shahsiy tarkibi, ishchi va hizmatchilar shahsiy himoya vositalarini o`z ob’ektlarida aholi esa uy boshqarmalari orqali olishadi. Nafas olish organlarini himoya qilish vositalari: 1) protivogazlar: filtrlovchi va izolyatsiya qiluvchi. Filtrlovchi protivogazlarni (rasm-11.10) ishlash prinsipi nafas olinadigan havoni har hil zararli qo`shimchalardan oldindan tozalashga asoslangan. Filtlovchi protivogazlarga GP-5(a); GP-5 m va GP-4u va boshqalar tegishli. Filtrlovchi protivogazlar havoni tozalaydi, shuning uchun uglerod oksididan himoyalanish uchun qo`shimcha patron ishlatiladi. Izolyatsiya qiluvchi protivogazlar (IP-4, IP-5, IP 46, IP 46 M) nafas olish organlarini, ko`zni, yuz terisini havodagi barcha zararli moddalardan tozalashga mo`ljallangan. Bu protivogazlarni havoda kislorod yetishmaganligida ishlatiladi. Bu protivogazlar regeniratsiya patronida nafas olish uchun havo kislorod bilan boyitiladi. 2) respiratorlar (rasm-11.12), changa qarshi gazmol niqob (rasm-11.13) va pahta-dokali bog’ich (rasm-11.14). Eng keng tarqalgan R-2 respirator bo`lib, u nafas olish organlarini radioaktiv va tuproq changidan va bakterial vositalar ta’siridan himoya qilishda ishlatiladi.Keng tarqalgan sanoat respiratorlarini tavsiflari jadval 11.4. da keltirilgan.CHangga qarshi gazmol niqob (PTM-1) va pahta-dokali og’iz nafas olish yo`llarini radiokativ chang va bakterial vositalardan himoya qilishda ishlatiladi. Zaharlovchi moddalardan ular himoya qilmaydi. PTM-1 ikki qismdan iborat: niqob korpusi va bog’ich.Pahta-dokali bog’ich aholi tomonidan mustaqil tayyorlanadi. Rasm-11.10. Filtrlovchi protivogazlar: a – umum harbiy protivogazi; b – GP-5 protivogazi: 1-filtrlovchi-chang yutuvchi quti; 2-shlem niqob; 3-ko`zoynaklar; 4-klapan qutisi; 5-ulovchi trubka; 6-protivogaz sumkasi; 7-terlamaydigan plyonkalar solingan quti. Rasm-11.12. R-2 respiratori: 1-yarim niqob; 2-nafas olish klapanlari; 3-nafas chiqarish klapani; 4-burun qisqichi; 5-boshqa taqiladigan tasma. Rasm-11.13. PTM-1 changa qarshi gazmol niqobi: 1-niqob korpusi; 2-oynaklar; 3-bog’ich; 4, 5-rezinali tasmalar; 6-pastki bog’ich. Rasm-11.14. Pahta-dokali bog’ich: a – umumiy ko`rinishi; b – taqilish. Terini himoya qilish vositalari: Terini izolyatsiyalovchi himoya vositalari rezinalashtirilgan materialdan tayyorlanadi va odamlarni zararlangan hududlarda ko`p vaqt davomida bo`lganlarida,zararlanish o`choqlarida degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfektsiya ishlarini bajarish vaqtida foydalaniladi. Izolyatsiyalovchi himoya vositalariga L-1 engil himoya kostyumi, himoya kambizoni va kostyumi va umum harbiy himoya komplekti tegishli.Terini filtrlovchi himoya vositasi. Bu komplekt terini zaharlovchi modda,shuningdek radioaktiv chang va bakterial vositalardan himoya qiladi.Terini oddiy himoya vositalari - barcha aholini himoya vositasi hisoblandai. Bunga odatdagi kiyimbosh (plash, palto, kapyunshon, qo`lqop va boshqalar) kiradi. SHunday qilib, terini himoya qilish vositalari odam terisini ZM, RM va bacterial vosita parlari va tomchilaridan, shuningdek butunlay alfa-zarrachalardan himoya qiladi. Tibbiy himoya vositasiga shahsiy AI-2 aptechkasi kiradi. U jarohat olinganda va kuyishda o`z o`ziga va boshqalarga yordam berishga, shuningdek ZM, bakterial vositalarni va ionizatsiya qiluvchi nurlarni ta’sirini kamaytirishda ishlatiladi. SHahsiy himoyaga qarshi paket tomchili suyuq ZM tanani ochiq joylariga yoki kiyimga tushganida zarasizlantirish uchun ishlatiladi. Shaxsiy himoya vositalari (SHHV) vazifalariga qarab quyidagi 11 turga bo`linadi; Boshni himoya qilish vositalari –kaskalar ,shlemlar, shapkalar, berertkalar,shlyapalar. 2Ko`zni himoya qilish vositalari – himoya ko`zoynaklari. Eshitish a`zolarini himoya qilish vositalari-quloqchinlar. yuzni himoya qiish vositalari –himoya niqoblari. Nafas a`zolarini himoya qilish vositalari-gazniqoblar, respiratorlar,havo shlemlari, havo maskalari. Ixotalovchi kostyumlar-pnevmokostyumlar,namdan ixotalovchi kostyumlar,skafandrlar. Korjomalar-kombinezonlar,yarim kombinezonlar,ko`trkalar, shimlar, kostyumlar,xalatlar,plashlar,pustinlar,fartuklar Qo`llarni himoya qilish vositalari-qo`lqoplar Maxsus poyabzallar-etiklar,kalta etiklar,botinklar,tuflilar 10.Ehtiyot moslamalari-ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar,qo`l changaklari,minipulyatorlar,tizzani tirsakni yelkani ehtiyot qilish vositalari 11. Himoyalovchi dermatolog vositalar-yuviladigan pastalar,kremlar,moylar. Himoya kaskasi, himoya ko`zoynagi,himoya quloqchini, rezina perchatka. Nafas yo`lini himoa qilish –gaz niqobi. Maxsus ishchi kiyimi Maxsus poyabzal etiklar. Maxsus rezina perchatkalar Adabiyotlar Google.com G`.Y. Yormatov ,, Hayotiy faoliyat xavsizligi” Toshkent Mehnat 2009. nashriyoti O.Qudratov ,T G`aniyev ,,Mehnat muhofazasi” O`zbekiston 2009. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling