Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/97
Sana28.10.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1732098
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
Bog'liq
19 Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik xizmat korsatish

 
 
 


112 
III BOB. SHKNI ISHGA TAYYORLASH 
 
3.1. Kompyuterni ishga tayyorlash 
BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish 
tizimi bo‘lib, motherboard(materinskaya plata)da alohida chip sifatida 
ishlaydi 
VІOЅ haqida boshlang‘ich ma’lumotlar 
VІOЅ haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
Bu chipning vazifasi kompyuter va operasion tizimni bir-biriga 
bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab 
BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va 
operasion tizim yuklanuvchi fayliga (dasturiga) o‘z ishini beradi 
(NTLDR, bootmgr). 
Kompyuter ishlatilganda har хil yozuvlar va tovushning chiqishi, 
ROM(Read Only Memory) хоtirada yozilgan BIOS’ning ishi. BIOS 
(Asosiy Kirish Chiqish tizimi) –  
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi: 
– kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich 
holatga keltirish
– kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi 
(POST-test); 
– kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga 
oshiradi; 
– tizim resurslarini taqsimlaydi; 
– PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash
– operasion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi 
(bootmgr); 
– qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi; 


113 
– elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash 
holatiga o‘tkazish. 
BIOSni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, 
shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har 
xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning 
uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir 
bir xil. Prosessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham 
qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. 
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi: 
– American Megatrends (AMI); 
– Award Software; 
– Phoenix Technologies. 
BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning 
turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham 
yangilanib borishi lozim. 
Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini 
eng ommalashgan turi misolida ko‘rsatamiz. Tushunarli bo‘lishi uchun 
BIOSning ba’zi versiyalarini ko‘rsatib o‘tamiz. 
AWARD + PHOENIX birgalikda ishlashgan, zamonaviy 
platalarda shunaqa. 
BIOS versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operasion 
tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin: Пуск -> Выполнить -> 
msinfo32. Bundan tashqari, Everest, Sandra, siw kabi utilitalar orqali 
ham kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz 
mumkin bo‘ladi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling