Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
19 Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik xizmat korsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- VІOЅ haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
- Award Software
112 III BOB. SHKNI ISHGA TAYYORLASH 3.1. Kompyuterni ishga tayyorlash BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(materinskaya plata)da alohida chip sifatida ishlaydi VІOЅ haqida boshlang‘ich ma’lumotlar VІOЅ haqida boshlang‘ich ma’lumotlar Bu chipning vazifasi kompyuter va operasion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operasion tizim yuklanuvchi fayliga (dasturiga) o‘z ishini beradi (NTLDR, bootmgr). Kompyuter ishlatilganda har хil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) хоtirada yozilgan BIOS’ning ishi. BIOS (Asosiy Kirish Chiqish tizimi) – BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi: – kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish; – kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi (POST-test); – kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi; – tizim resurslarini taqsimlaydi; – PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash; – operasion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi (bootmgr); – qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi; 113 – elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish. BIOSni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Prosessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi: – American Megatrends (AMI); – Award Software; – Phoenix Technologies. BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim. Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini eng ommalashgan turi misolida ko‘rsatamiz. Tushunarli bo‘lishi uchun BIOSning ba’zi versiyalarini ko‘rsatib o‘tamiz. AWARD + PHOENIX birgalikda ishlashgan, zamonaviy platalarda shunaqa. BIOS versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operasion tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin: Пуск -> Выполнить -> msinfo32. Bundan tashqari, Everest, Sandra, siw kabi utilitalar orqali ham kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling