Mavzu-_24_: Laminatorlar va shrederlar vazifasi, tiplari, asosiy texnik
xarakteristikalari
Reja:
1.Laminatorni sozlash va ishlatish.
2.Juvalaydigan mashinalar
3Risolalovchi mashinalar
4List tavlovchn mashnnalar
Laminatorlar
Laminatorlar xujjatlarni namlikdan, changdan, moydan va extiyotsizlikdan saqlash
uchun yuzasiga ximoya qoplamasini qoplaydigan mashinadir.
Hujjat mashinada
qizdirilib 2 tomoniga ximoya plyonkasi suriladi yoki hujjat yuzasiga yopishqoq
shaffof plyonka elimlanadi. qimmatbaho qog’ozlar, e’lonlar,
kitoblar va hisobot
jildlari, menyu, vizitkalar, texnik talonlar va boshka ko’pgina
xujjatlarni
laminaсiyalash maqsadga muvofiqdir. Rexel LM25 modelli laminatorlar A4
hajmdagi xujjatlarni, Rexel LM 35, LM 45 — AZ xajmdagilarni (LM 45—to’liq
avtomatik) laminaсiyalashda ishlatiladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan
laminatorlar
Blik 100 va Blik 320 misol bo’la oladi (100 va 320 sonlari qoplash kengligini mm
larda ko’rsatadi).
Juvalaydigan mashinalar
Jo’valaydigan (falсovkalovchi) mashinalar — berilgan shakl bo’yicha kogozlarni
turli xil ko’rinishda bukadi va ularni tartib bilan taxlaydi.
Rexel firmasining
(Angliya) 1200 EXR va 1500 EXR firmasining FKS Grafipli 3851 FG 3500 va FB
22 jo’valaydigan mashinalari hamma jo’valash ko’rinishlarini bajaradi: bittalik, xat
tipidagi, to’lqinsimon, ikkitalik parallel va boshqalar. Bukish chiziqlari berilgan
sxema bo’yicha operator tomonidan o’rnatiladi. FKS FG 3500 jo’valaydigan
mashinasining samaradorligi soatiga 20000 dona varaqqacha.
Risolalovchi mashinalar
Risolalovchi mashinalar — metall qisqichlar yordamida
risolalarni avtomatik
jo’valash va risolalarni biriktirish uchun qo’llaniladi. Hozirgi kunda dastaki va elektr
qog’oz tikuvchilarning yanada oddiyroq turlari chikarilmokda.
g’K5 Ng’ 4080, OS Msh1 Ng’ risolalovchi mashinalari AZ va A4 shakldagi
to’plamlar ustidan ikki karra o’tib
biriktiradi, A4 va A5 shakldagi 100—105 ta
varakni risolalaydi, samaradorligi soatiga 1500 dona,
varaq tanlovchi bilan
interfeysga ega; OS Msh! 5K mashinasi tanlangan to’plamparni chapdan yukoriga
birietiradi va tikxich uchun yon tomonidan teshiklar ochib beradi.