Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/139
Sana19.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1681091
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139
Bog'liq
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Mavzu-2_: Tizimli plata qurilmasi 
Reja: 
1.Ona plata
2.Ona plataning form-faktori
,,Tizim platasi’’ deb nomlayotgan qurilmamiz o’sha siz bilgan ,,ona plata’’ 
yoki ,,materinskaya plata’’ dir. Qurilmaga nisbatan ,,ona’’ iborasini ishlatish biroz 
noqulay bo’lgani uchun biz uni ,,tizim platasi’’ deb nomladik. Inglizchada bu 
qurilma ,,Motherboard’’ yoki ,,Mainboard’’ deb ataladi. 
Tizim bloki ochib ko’rilsa, uning yon devoriga vertical ravishda maxkamlab 
qo’yilgan kattaroq elektron sxemaga ko’zingiz tushadi. Mana shu ,,tizim platasi’’ 
hisoblanadi. Tizim platasi aynan nima ish bajaradi, qanday vazifalari bor, bularni 
bilish uchun avval tizim bloki (keys)ning ichida qanday qurilmalar borligini va ular 
nima ish qilishini qisqacha aytib o’tamiz. 
1.Ozuqa bloki (blok pitaniya). Ma’lumki, kompyuterning barcha qurilmalari elektr 
energiyasi hisobiga ishlaydi. Lekin, elektr manbalaridan olinadigan elektr 
energiyasini to’g’ridan-to’g’ri kompyuter qurilmalariga ulab bo’lmaydi. Buning 
uchun avval elektr toki va kuchlanishini biroz pasaytirish, uni qayta ishlash kerak 
bo’ladi. Ozuq bloke aynan shu ishni amalga oshiradi. Agar u ishdan chiqsa
kompyuterning birorta qurilmasi ishlay olmaydi. Shuning uchun kompyuter 
yig’dirayotganimizda quvvati kattaroq bo’lgan ozuqa bloke olish kerak bo’ladi. 
2.Tezkor xotira (RAM, DDR). Kompyuterning ishlashi jarayonida foydalanuvchi 
uchun zarur bo’lgan ba’zi ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turish kerak bo’ladi. 
Mana shu vazifani tezkor xotira amalga oshiradi. Tezkor xotira ham, boshqa 
qurilmalar singari, electron sxema ko’rinishida tayyorlangan. 
3.Doimiy xotira (Hard disk, HDD). Foydalanuvchiga tegishli bo’lgan barcha audio, 
video, matnli yoki dasturiy ma’lumotlarni saqlab turish uchun kerak bo’lgan qattiq 
metal yoki keramik disk. Doimiy xotiraga ma’lumotlar o’zidan- o’zi tushib 
qolmaydi. Unga fleshkalardan, CD yoki DVD disklardan, butusdan, internet 


tarmog’idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi 
ma’lumotlarni turli ko’rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin: 
printerga, monitorga, audio dinamikka va hokazo. 
4.Protsessor(CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni 
qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash kabi 
vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan ,,aloqa 
bo’lib turadi’’. Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga 
bog’liq bo’ladi. 
5.Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo’lgan qo’zg’almas 
yoki harakatli,ikki o’lchamli (2D) yoki uch o’lchamli (3D) rang-tasvirlarining hisob-
kitobini qiladi. U kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy 
yordamchi vazifasini o’taydi 
6.Modem. Agar kompyuterdan internetga mavjud telefon tarmog’I yoki liniyalari 
orqali ulanmoqchi bo’lsak, bizning kompyuter va tashqi tarmoq o’rtasidagi 
bog’lanish va moslashish jarayonlarini aynan modem bajaradi 
7.DVD (CD)ROM.DVD disklardan ma’lumotlarni doimiy xotiraga olish uchun bu 
disklarni DVD disk yurituvchiga qo’yish lozim.U lazer nuri yordamida diskka 
,,o’yib’’ yozilgan raqamli ma’lumotlarni kompyuterga ,,o’qib,tushirib beradi’’ 
8.BIOS. Bu doimiy xotira qurilmasi bo’lib, unga kompyuter ,,ishlab keta olishi’’ 
uchun yetarli bo’lga dastlabki ma’lumotlar,san, vaqt yozib qo’yilgan bo’ladi. 
Kompyuterni o’chirib, qayta yoqqanimizda ham sana, vaqt saqlanib turadi. Buning 
uchun tangaga o’xshash yordamchi batareyka o’rnatilgan. Yuqorida sanab o’tilgan 
qurilmalar tizim blokining ichida joylashgan bo’ladi. Endi, ba’zi qurilmalar borki 
ularsiz ham ish bitmaydi. Masalan, klaviatura-uning yordamida ma’lumot va 
buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha-u monitordagi belgilarni oson ,,tanlash’’ uchun 
yordam beradi.Monitor (display, ekran)-uni asosiy qurilmalardan desak ham 
bo’ladi. Axir kompyuterda bajarilayotgan ishlarni qayerdandir bilib turishimiz 
kerak. 


 Ona plataning form-faktori — bu ona plataning xajmi, mahkamlash joylari, 
protsessorning qay tartibda oʻrnatilishini aniqlovchi standart. 
•Eskirgan: Baby-AT; Mini-ATX; polnorazmernaya plata AT; LPX. 
•Zamonaviy: ATX; microATX; FlexATX; NLX; WTX, CEB. 
•Kiritilayotgan: Mini-ITX i Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX i PicoBTX 
Shunday ona platalar bor hech qaysi form-faktorga mos kelmaydi. Mashxur ona 
plata ishlab chiqaruvchi kompaniyalar: 
Asus, Gigabyte, MSI, Intel, Biostar, Elitegroup, ASRock. 
Ona plataning oʻrnatilgan modelini DMI orqali bilish mumkin. Linuxda dmidecode 
utilitasi orqali, Windowsda — SIW yoki AIDA64 orqali bilib olish mumkin. 
Mobil kompyuterlarning (noutbuk) ona platasi stoʻl kompyuterlarining ona 
platasidan ancha farq qiladi va ularda koʻp qurilmalar oʻrnatilgan boʻladi. Masalan, 
(videokarta), oddiy kompyuterlarda ona plataga oʻrnatiladi. Bu, oʻz navbatida, 
noutbuklarning oz quvvat ishlatishga va xajmini kichikligini taʼminlaydi. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling