Mavzu: Tizimli plata va uning texnik ko’rsatkichlari Tizimli plata o’zi nima ?
Mavzu: Tizimli plata va uning texnik ko’rsatkichlari Tizimli plata o’zi nima ? Ona plata (inglizcha: motherboard, MB, yoki mainboard — ona plata, MB, asosiy plata) — shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari — tezkor xotira, qattiq disk va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan plata. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi. Tizimli plata ona plata yoki asosiy plata deb ham ataladi. Lekin ko’p manbalarda ona plata deyilgan. Mobil kompyuterlarning ona platasi stol kompyuterlarining ona platasidan ancha farq qiladi va ularda koʻproq qurilmalar oʻrnatilgan boʻladi. Bu, oʻz navbatida, noutbuklarning oz quvvat ishlatishga va xajmini kichikligini taʼminlaydi. TIZIMLI plata NIMALARDAN TASHKIL TOPGAN ? 1. Bir yoki bir nechta mikroprotsessor o'rnatilishi mumkin bo'lgan protsessor soketlari (yoki protsessor slotlari). Soket so’zi ba’zi manbalarda razyom deb ham keltirilgan. 2. Tizimning asosiy xotirasi o'rnatilishi kerak bo'lgan xotira slotlari, odatda DRAM ( Dynamic Random Access Memory — Dinamik operativ xotira ) chiplarini o'z ichiga olgan DIMM (Dual In-line Memory Module — Ikki qatorli xotira moduli ) modullari ko'rinishida DDR3, DDR4 yoki DDR5 bo'lishi mumkin. 3. Markaziy protsessor, asosiy xotira va periferik shinalar o'rtasidagi interfeysni tashkil etuvchi chipset. 3. Markaziy protsessor, asosiy xotira va periferik shinalar o'rtasidagi interfeysni tashkil etuvchi chipset. Chipset — protsessor, xotira va tashqi qurilmalar o'rtasidagi ma'lumotlar oqimini boshqaradigan "Ma'lumotlar oqimini boshqarish tizimi" deb nomlanuvchi integral mikrosxemadagi elektron komponentlar to'plamidir. 4. Tizimning dasturiy ta'minoti yoki BIOS-ni o'z ichiga olgan xotira chiplari. 5. Ko’pincha SATA turidagi HDD, SDD va OPTIK DISKLAR uchun ulagichlar. 6. Turli komponentlarni sinxronlashtirish uchun tizim soati signalini ishlab chiqaradigan soat generatori.
Do'stlaringiz bilan baham: |