Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan


Download 21.58 Kb.
bet2/3
Sana28.01.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1135445
1   2   3
Bog'liq
Kompyuter qurilmalari

Asosiy plata yaxlit asosga yig‘ilgan elektron sxemalardan iborat. Unga protsessor, xotira va boshqa qurilmalar ulanadi.
Protsessor kompyuterning tarkibiy quril- masi hisoblanib, boshqa barcha qurilmalar ishini boshqaradi (5-rasm).
Qattiq disk – ma’lumotlarni saqlovchi xotira qurilmasi (6-rasm).
Tezkor xotira – ma’lumotlarni vaqtincha – kompyuter ishlashi davomida saqlaydi 2.Monitor (lotincha so‘z bo‘lib, «eslatuvchi», «xabar beruvchi» ma’nolarini anglatadi) kompyuterdagi matn, grafik va boshqa turdagi ma’lumotlarni ekranda aks ettirish qurilmasi (8, 9, 10-rasmlar) bo‘lib, uning bir necha turlari mavjud:
Klaviatura (tugmachalar qurilmasi)
3.Klaviatura (tugmachalar qurilmasi) bosma mashinkadagi kabi tugmachalardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarni kiritish qurilmasi hisoblanadi
Asosiy qurilmalardan tashqari, kompyuter boshqara oladigan qurilmalar ham mavjud. Ular kompyuterning yordamchi yoki qo‘shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuter qo‘shimcha qurilmalarsiz ham ishlay oladi, ammo bu qurilmalarsiz ma’lumotlarni chop etish, nusxalash yoki uzatishni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Kompyuterga quyidagi qo‘shimcha qurilmalarni ulash mumkin:

  • kompyuter sichqonchasi – kompyuterni boshqarish qurilmasi;

  • printer – ma’lumotlarni chop etish qurilmasi;

  • disk yuritgich – CD (Compakt Disk) va DVD (Digital Video Disk)larni o‘quvchi qurilma;

  • skaner – qog‘ozdagi tasvir va matnlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilma;

  • tovush kolonkalari – ovozli ma’lumotlarni chiqarish qurilmasi.



MONITOR. (Displey)

Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqatni Ekranda ko`rish uchun monitor xizmat qiladi.


Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma’lumot chiqaradi.
Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustunga, 25 satrga bo`linadi. Xar bir belgi joyga 256 simvoldan biri mos kelishi mumkin.
Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to`plami-
dan iborat bo`lib, xar bir nuqta rangga egadir.
(ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln. ranggacha).
Nuqtalar soni qancha oshsatasvirlar sifati
shuncha oshadi.
Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo`lishi mumkin. 640 x 200 nuqtalardan 1600x1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin. Monitorlar monaxrom (oq-qora) va razmerlari (14 dyumdan – 21, 24 dyumgacha) bilan farqlanadi.
Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko`rinishi piksel ( picture element) deyiladi. Odatda EGA adapteri to`rtburchakli piksel tashkil qilsa, 640x350 nuqtalar hosil qila oladi. VGA – 640x480, SVGA – 640x480, 800x600, 1024x768 – kvadratni hosil qiladi.
Kompyuterga monitor ulash uchun videoadapter zarur. Videoadarter – tasvir to`g`risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun )taqsimlab, shakllantirishdan iborat.
Monitor sifati bo`yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi – 75 Gs ni tashkil etishi lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o`tkazishi mumkin.
Notebook kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir.

Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling