Skaner
Qo’shimcha qurilmalar
Modem
Modem (abbr. modulyator, demodulyator) Kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantiruvchi qurilma. Ya’ni modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o’zaro bog’lashni ta’minlovchi qurilmadir. Modemlar tashqi va ichki bo’ladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi modem 1979-yilda Hayes Microcomputer Products kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Qo’shimcha qurilmalar
DVD – CD
diskovodlar
Kompakt disklardan ma’lumot o’qish va ularga ma’lumot yozish qurilmasi. Ma’lumot o’qish va yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. Kompakt disk yuzasiga 1 li bitlarni yozishda diskning ma’lum yuzasiga lazer nuri ta’sir qildiriladi va shu yuzada iz qoldiriladi.
Qo’shimcha qurilmalar
Strimmer
Strimmer (ingl. Streamer – uzun hilpirovchi lenta) vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun uning nusxasini ko’chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma’lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko’chirishni tashkil etadi. Magnit tasmalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.
Qo’shimcha qurilmalar
Flesh xotira
Flesh (ingl. flash – qisqa xabar) juda katta hajmdagi axborotni o’z ichiga sig’dira oladigan yarim o’tkazgichli xotira. Hozirgi kunda flesh xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo’lgan axborotni o’ziga sig’dira oladigan turlari mavjud. Ma’lumot yozish tezligi 6700 kbayt/sek gacha yetadi. Ma’lumot o’qish tezligi esa 18000 kbayt/sek gacha boradi.
Qo’shimcha qurilmalar
Plotter
Plotter (ingl. plotter – grafik printer) ― katta hajmdagi chizmalarni chop qilishga mo’ljallangan qurilma. Chizmalarni tushlangan pero yordamida hosil qiadi. Plotter yordamida o’lchami 300 x 300 sm bo’lgan chizmalarni ham chop etish mumkin. Rolikli plotterlar qog’ozni pero ostida harakatlantiradi, planshetli plotterlar esa peroni qog’oz ustida harakatlantiradi.
E’tiboringiz uchun
rahmat!!!
2014 - yil
Do'stlaringiz bilan baham: |