Shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibi. Tizimli blok va uning tuzilmasi. Kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlash. Reja


Download 157.89 Kb.
bet20/20
Sana08.01.2022
Hajmi157.89 Kb.
#254742
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibi. Tizimli blok va uning t

Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Shaxsiy kompyutеrlar haqida nimalarni bilasiz? U qanday xususiyatlarga ega?

2. Ishchi stantsiyalarga qanday EHMlar kiradi?

3. Ko`chma kompyutеrlar turlarini aytib bеring.

4. Portativ ishchi stantsiyalar haqida nimalarni bilasiz?

5. Axborotning qanday o`lchov birliklari mavjud?

6. Kompyutеr xotirasida axborot qanday ko`rinishda saqlanadi?

7. Fayl nima? Unda nima saqlanadi?

8. Faylning nomidagi kеngaytma nima uchun kеrak?

9. Mantiqiy disk nima?

10. Katalog nima? U qanday tashkil etiladi?
Xulosa
Kasb-hunar kollejlarining yo`nalish va ixtisos xususiyatlaridan kelib chiqan holda, ta’lim tizimi ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog`lanishi lozim. Ushbu o`quv qo`llanma Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq va jahon andozalariga moslashuv extiyojidan kelib chiqqan holda o`quvchilarning zamonaviy texnika va texnalogiyalardan o`z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish malaka va ko`nikmasini hosil qilishga qaratilgan.

Ushbu o`quv ishlanma bank yo`nalishlari bo`yicha tayorlanadigan kichik mutaxassislar uchun mo`ljallangan bo`lib, talabalarning “Informatika asoslari”, “Axborot texnologiyalari” fanlarida o`zlashtirgan nazariy bilimlarini o`quv amaliyoti mashg`ulotlarida mustahkamlash, mustaqil ravishda ishlab chiqarish vaziyadlarini EHM dasturlarini tadbiq etgan holda yechish va o`quvchilarga ko`nikma hamda malakani shakllantirish yo`llari mazkur ishlanmada o`z ifodasini topgan.

Hisoblash texnikasining keng yoyilishi va shaxsiy kompyuterlarning turli faoliyat sohalariga joriy etilishi tufayli bugungi kunda har qanday korxona yoki tashkilotning ishi zamonaviy axborot texnalogiyalarini qo`llamay amalga oshmaydi. Shunday qilib, axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishni avtomatlashtirish asoslarini bilish mutaxassislarni qayta tayorlash kurslari tinglovchisiga mexnat bozorida raqobatdosh bo`lish, qiziqarli va istiqbolli ish topa olish imkoniga ega bo’lishi uchun juda zarur.

Mazkur o’quv ishlanma 2 soatga mo’ljallangan hajmdagi materialni o’z ichiga olgan bo’lib, ushbu o’quv-metodik ishlanmada shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibi, tizimli blok va uning tuzilmasi, kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlash haqidagi mavzular o’z aksini topgan.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, dars boshlanishi miyaga hujum, munozara, musobaqa usullaridan foydalanilsa, o’quvchi o’z bilimini mustahkamlaydi. O’tilgan mavzuni takrorlashda va yangi mavzu rejasini tushuntirayotganda tayanch iboralarga alohida e’tibor berish lozim. Biz “Shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibi. Tizimli blok va uning tuzilmasi. Kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlash.” mavzusini tushuntirish davomida reja asosida shaxsiy kompyuterlar haqida tushuncha berib, ularning turlari, ishlash jarayoni haqida aytib o’tamiz.

Dars yakunida o’tilgan mavzu qo’shimcha savollar bilan mustahkamlanadi, agar vaqt qolsa mustaqil ish asosida savol-javob qilinadi.



Bu usulni nafaqat informatika asoslari darsida balki boshqa fanlarni o’tishda ham qo’llash mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. U.Yuldashev, R.R. Boqiyev, F.M.Zokirova “INFORMATIKA” Toshkent. 2002 yil.

  2. A.Axmedov, N.Taylaqov “Informatika” Toshkent-2002

  3. I.G’. Dusov “Kompyuter”

  4. WWW.SOFT.com

  5. A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev. “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” Toshkent-“O’qituvchi”-2003 y.

Download 157.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling