Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti
Download 118.89 Kb.
|
TAT 2-amaliy mashg'ulot
Kataloglar. EMDlarda fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar direktoriyalar deb ham yuritiladi. Katalog - bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), s’nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan EMDdagi maxsus joy. Agar katalogda biror fayl nomi b’lsa, shu fayl mazkur katalogda joylashgan deb aytiladi. EMDda bir nechta katalog b’lishi mumkin. Har bir katalogda bir qancha fayllar joylashishi mumkin, lekin har bir fayl faqat bitta katalog r’yxatida b’ladi.
+Kataloglar aslida maxsus k’rinishdagi fayllar b’lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog ‘z nomiga ega b’lib, u boshqa bir katalog r’yxatida b’lishi ham mumkin. Katalog nomiga q’yiladigan talablar fayl nomiga q’yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda katalog nomiga kengaytma q’llanilmaydi. Agar X katalog Y katalog r’yxati ichida joylashsa, X katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki ona katalogi deb yuritiladi. 9.Qanday turdagi amaliyot tizimlarini bilasiz? Linux amaliyot tizimi. Microsoft Windows ning paydo bo’lishi mikro kompyuterlar tizimi sohasida yangi era boshlanganining belgisidir. MSDOS boshqaruvida ishlovchi 1980-yillardagi ishlanmalarning cho’qqisiga aylangan windows 3.1 ga ishchi guruhlari uchun mo’ljallangan Windows tizimlari kuchli ilovalarni qulay va o’zlashtirishga oson ko’p vazifali grafik muhitda ishga tushurish imkonini beradi. Windowsda bu tizimlarning imkoniyatlari takomillashtirilgan va kengaytirilgan, shaxsiy kompyuterda ishlashga yangicha soddalashtirilgan yondoshuv ta‘minlangan. Bundan tashqari Windows ga zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning quvvatini maksimal darajada ishlatish imkonini beradigan bir qator eng yangi texnik yechimlar mujassamlashtirilgan. Windows foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: Foydalanuvchining to’liq qayta ishlangan interfeysi. Yangi interfeys sharofati bilan Windows da dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish va saqlash, disklar va arxivlar bilan ishlash ancha oson va engil. 10.Windows OT versiyalarini sanab bering? Microsoft dunyodagi kompyuterlarga o'rnatilgan Windows OT ning asoschi va ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. Microsoft ga 1975-yil 4-aprelda Bill Gates Paul Allen tomonidan asos solingan. Endi operatsion tizim tushunchasiga ta'rif berska, operatsion tizim bu apparat (qurilmalar) va dasturiy ta'minotni bir biriga bog'lagan holda foydalanuvchi bilan kompyuterni muloqotlashuviga sharoit yaratib beruvchi interfeys (bog'lovchi) hisoblanadi. Windows OT imini ishlab chiqqunga qadar 2 ta OT ishlab chiqilgan. Bular: OS/2 va MS-DOS (Microsoft — Disk Operating System) bo'lgan. MS-DOS operatsion tizimi OS/2 operatsion tizimi Bizda endi Windows tushunchasi nima ekanligi haqida savol tug'iladi? xo'sh u nima? qanday tizim? Bunga biz quyidagicha javob beramiz. Windows so'zi inglizcha so'z bo'lib, «oynalar» degan ma'noni beradi. Ya'ni Windows OT imida ishlaganimizda biz faqat oynalar bilan ishlayotgan bo'lamiz, biron hujjat ochsak ham, papka ochsak ham, xattoki o'yin o'ynaganda ham oynada ochilgan o'yinni o'ynayotgan bo'lamiz. Windows OT imi versiyalari haqida gaplashadigan bo'lsak, Windowsning quyidagi versiyalari mavjud: Windows1-3.1 — ya'ni Windows 1 (1985), Windows 2 (1987), Windows 3 (1990) va Windows 3.1 (1992). Bu OT lar deyarli bir xil bo'lib faqat ba'zi yangilanishlar bilan yangilangan. Masalan bu kabi OT larda, birinchi grafikali operatsion tizim, birinchi marta operatsionda sichqoncha qo'llanilgan, birinchi o'yinni o'z ichiga olgan, birinchi marta oynalarni kichiklashtirish va kattalashtirish, Windows ning Word va Excel dasturlari birinchi marta shu operatsion tizimda qo'llanilgan. Windows 1 Windows 2 Windows 3 Windows 3.1 Windows 95 — 1995 — yilning avgust oyida ishlab chiqilgan. Uning afzalliklari shundan iborat ediki, u birinchi «pusk» (start) tugmali OT im, «plug and play» yangilanish qo'shilgan («plug and play» — bu biror qurilmani kompyuterga ulaganingizda u qurilmaning driverini OT imning o'zi o'z bazasidan izlab topib OT ga o'rnatadi) va bizga ma'lum va mashhur Windows ning internet brauzer ya'ni «Internet Explorer» ham birinchi ko'rinishi shu OT dan joy olgan. Windows 95 Windows 98 — 1998 — yilning iyun oyida taqdim etilgan. U o'zida birinchi Windows Media Player 6.2 ni o'z ichiga olgan. Yana bir afzalligi Windosw Explorer ya'ni papkalar bilan ishlovchi oynada orqaga va oldinga tugmalar bilan boyitilgan va bir necha oldingi OT dagi kamchiliklar yangilangan. Windows ME Windows XP — o'z davrida eng mashhur va tezkor OT bo'lgan bu OT ni haligacha ham eslashadi va hali hanuz ham ishlatib kelinmoqda. Bu OT ning tezkorligi, qulayligi, yengilligi, qulay interfeysga va chiroyli dizaynga ega ekanligi uning nomdor bo'lishiga olib kelgan. Bu OT 2001-yilning oktyabr oyida taqdim etilgan bo'lishiga qaramay, 2014- yilning aprel oyigacha Microsoft tomonidan dasturiy ta'minoti qo'llab quvvatlab kelingan. Bu Microsoft tarixidagi eng uzoq muddatli qo'llab quvvatlashga erishgan OT hisoblanadi. Bu OT da asosan oldingi versiyalardagi kamchiliklar va dasturlar yangilangan. Buning yagona kamchiligi mavjud bo'lib, u ham xavfsizlik masalada edi. Ya'ni biz firewall (himoyalovchi «olovli devor» ma'nosini beradi) sozlasak, u o'z-o'zidan ma'lum vaqtdan so'ng o'zining oldingi holatiga qaytadi. Windows XP Agar siz o'z noutbukingizda (bu usul faqat noutbuklar uchun sababi PC (shaxsiy kompyuterlarda) bu usul har doim ham ish bermasligi mumkin). Siz o'z klaviaturangizda quyida biz berib boradigan logotiplardan birini ko'rib turib o'z noutbukingiz qanday operatsion tizim uchun mo'ljallanganligini bilib olishingiz mumkin. Bu degani siz faqat shu turdagi operatdion tizim o'rnatishingiz kerak degani emas. BU sizga shu turdagi OT o'rnatish maslahat beradi. WIndows XP logotipi Windows Vista — 2007-yil yanvar oyida taqdim etilgan bu OT Windows OT da o'yin o'ynovchi o'yinchlar uchun eng yaxshi versiya bo'lgan desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Sababi yuqori grafikaga ega bu OT turli o'yinlar uchun yuqori harakteristika (RAM, ROM, Video karta, HDD) talab qilgan. Lekin uning yuqori talabchanligi uni tez orada so'nishiga olib kelgan. Windows Vista Windows Vista logotipi Windwos 7 — 2009 — yil oktyabr oyida taqdim etilgan OT. Bu operatsion tizim tezkorlik, stabillik, foydalanish uchun qulayligi tufayli ko'pchilikning e'tiboriga tushgan. Bu OT hozirga kelib ham ancha keng ko'lamda qo'llanilib kelmoqda. Windows 7 Windows Vista OT imining kamchilik va kritikalarini yopgan OT dir. Windows 7 Windows 7 logotipi Windows 8 / 8.1 — Windows 8 (2012, oktyabr) va Windows 8.1 (2013, oktyabr) bu OT lar juda Windows oilasi uchun katta yangilanish olib kirdi desak xato qilmagan bo'lamiz. OT da yangicha uslub plitkalardan foydalanish qo'llanilgan. Bu OT qo'lda boshqarish imkoniyati juda yuqori va mosligi tufayli o'z foydalanuvchilarni hayratga solgan. Windows 8.1 nega bunchalik tez ishlab chiqarilganligining sababi shuki Windows 8 da dasturlar bilan moslashuv juda pastligi va qiyinligi Windows 8.1 bartaraf etilgan. Uning ishlash muhiti tezligi va harakteristikalardan unumli va to'g'ri taqsimlay olish uni ommalashuviga sabab bo'lmoqda. Bu versiyalarda interfeys ko'rinishi va dizaynida deyarli farq sezilmaydi. Ha aytgancah Windows 8 / 8.1 versiyalari «pusk» tugmasining vazifasi o'zgarganligini ko'rish mumkin. Windows 8 Windows 8.1 Windows 8 / 8.1 logotipi Windwos 10 — 2014 — yil sentyabr oyida taqdim etilgan OT boshida test rejimida aqilli o'ylovchi insolar uchun ishlab chiqarilgan edi. Lekin keyinchalik bu versiya yangilanishlar bilan boyitilib borildi va ommavi tarzda ishlab chiqarila boshlandi. Bu versiyada Windows 8 / 8.1 da «pusk» tugmasidan voz kechilganligi qayta joyiga qaytarilgan. Windows 10 logotipi ESLATMA, Windows XP va Windows Vista logotiplari o'xshash, Windows 8 / 8.1 va Windows 10 logotiplari o'xshashdir. 11.Mobil qurilma OTlari va ularning afzalliklari? Mobil qurilmalar – planshet, smartfonlar uchun maxsus ishlab chiqilgan operatsion tizimlar ham mavjud. Xuddi kompyuterlar o’tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (O.T.) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro’yxatidan Apple iOS, Windows Phone 7 va Google Android misol bo’ladi. Ular turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Har bir O.T ba’zi foydalanuvchilarga mos keluvchi va ba’zilarini yuzini burishtiruvchi o’z xususiyatlariga ega. Android tizimining eng o’ziga xos xususiyatlaridan biri – unda o’zlashtirish (customization) imkoniyatlari miqdoridir. Bu qulaylik telefonning butun telefonning barcha qismi, o’rnatilgan fon, vidjetlar va ikonkalarni o’z ichiga oladi. Android Google Play yoki nashr qiluvchining o’zidan bevosita yuklab olinadigan, bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega. Android telefonlar o‘zgartirishga sezilarli darajada ochiq hisoblanadi. Misol uchun, Google Play ilova do’konidagi eng ommabop dasturlardan SwiftKey bo'lib, u Android smartfoni klaviaturasini o‘zgartirib, Google va Facebook akkauntlari bilan hamohang holda keyingi yozadigan so‘zingizni tahmin qiladi. Android ekotizimining imkoniyatlari deyarli cheksizdir. Apple’ning iOS, iPhone’da 2007 – yilda ishga tushirilgan bo’lib, mavjud eng birinchi mobil operatsion tizimlaridan biridir. Ushbu tizimdan foydalanish ortidagi asosiy g’oya – boshqa barcha Apple mobil mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo’ladi. Ma’lumki, Apple mavjud eng zo’r telefonlarni ishlab 33 chiqadi, shu bilan o’z operatsion tizimini ahamiyatini ham oshiradi. Bundan tashqari iOS uchun mobil ilovalar soni ulkandir, hayolingizga kelishi mumkin bo’lgan barcha dastur va xizmatlar muhayyo. iOS va Android ijobiy/salbiy jihatlari iOS Ulkan miqdordagi dasturlar: planshetlar uchun alohida afzalligi, chunki smartfonlardagi ommabop dasturlar ko‘pincha ikkala platformada ham mavjud bo’ladi; Facebook hamda Twitter bilan chuqurroq birlashuv: yangiliklarni kiritish va ijtimoiy sahifalarda bo‘lishish iOSda Androiddan ko‘ra osonroq; Faqatgina iOS’da uchrovchi dasturlar masalan Passbook, FaceTime, Square kabi mobil to‘lovlar dasturi (iOS 3GS, 4, 4S, 5 va yuqori versiyalarda mavjud, Androidlarda esa chegaralangan miqdordagi telefonlarda); Interfeys qulflangan: Uy ekrani uchun chegaralangan moslashtirish variantlari; dasturlarni faqatgina qatorlashgan ko‘rinishi. Faqatgina App Storedan dastur yuklay olish imkoniyati; Dastur yangilanishi: Apple barcha "jismonan ko'tara oladigan" divayslari uchun yangilangan ilova versiyasini chiqaradi (software upgrades). Bu degani divays 2 yo 3 yilcha joriy "soft"da ishlay oladi; Nisbatan yaxshiroq shaxsiyat muxofazasi: iOS foydalanuvchining kontakt va joylashuvini talab etuvchi dasturlar ustida yaxshiroq nazorat o‘rnatgan. Android Ulkan miqdordagi divayslar: Ko‘plab Android gadjetlarini istalgan afzalliklar, ekran kattaligi, xususiyatlari va narxlari bilan topish mumkin; Yuqori moslashuvchan UX: Uy ekrani nafaqat dastur tugmasi bilan balki foydalanuvchini doimo ogohlantirib va habardor etib turuvchi – turli vidjetlar 34 bilan ham boshqariladi. Yana misol qilib SwiftKey’ni olamiz, u Android smartingiz klaviaturasini o'zgartirib beradi. Google o‘z do‘konida joylashtirish uchun dasturlar ustidan Apple’ga qaraganda yengilroq talablar qo‘ygan. Undan tashqari, istasangiz Google Playdan boshqa joydan ilova o‘rnatish mumkin. Qolgan ikkita ulkan platformalar – Windows Phone va BlackBerry – o‘z alohida afzalliklariga ega bo‘lsada, Android va iPhonedagi ilovalar ko‘lamiga yetib olishlari vaqt talab qiladi. Kompyuterlar orasida Windows eng hurmatga sazovor operatsion tizim bo’lishiga qaramay, ijro bobida Windows Phone o’z raqiblari iOS va Androidga yaqin darajadagi ko’rsatkichga erishdi, biroq uning ilovalari miqdori sezilarli darajada kamchilikni tashkil etadi. Hozirda dasturlarni o’yin va diqqatni tortuvchi vosita bo’lib borishidan ko’p kishi noliydi. Quyida e’tiboringizga ba’zi bir dasturlar havola etiladi, ular yordamida vaqtingizdan unumli foydalanishingiz mumkin: Mobil divayslar uchun Microsoft Office Microsoft Word, Excel va PowerPointni kompyuterda ishlatishni yoqtiruvchilar o’z xujjatlarida va slayd’larida telefon yoki planshetdan 35 foydalanishni istashsa kerak. Faqatgina bitta salbiy tarafi shundaki, ushbu dasturning to’liq versiyasi oyiga 10.66 AQSH dollarini tashkil etadi. Dial My Calls Bir nechta telefon raqamiga bir necha soniyalarda ovozli yoki sms jo’natish uchun DialMyCalls dasturiga murojaat qilishga to’g’ri keladi bajarib beradi, oqibatda qimmatli vaqtingiz tejaladi. Prezi 36 Ishlayotgan vaqtingizda prezentatsiyalar tuzish haqida gapirar ekanmiz, Prezi nomli dasturi Planshet, Telefon va boshqa qurilmalar orasida sinxronlashtirish, ma’lumot almashib, ishingizni osonlashtiradi. Pocket Informant Ushbu iOS yoki Android dasturi barcha kalendar, esdalik yozuvlar va kontakt ma’lumotlarni bir joyga to’plash uchun va yanada unumdor ishlash uchun ma’qul hisoblanadi. 12.Windows amaliyot tizimi. Uning asosiy imkoniyatlari? MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega: – o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay; – u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi; – foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; – sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega. Download 118.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling