Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Download 118.89 Kb.
bet1/25
Sana10.11.2021
Hajmi118.89 Kb.
#172872
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
TAT 2-amaliy mashg'ulot


2-Mavzu topshriqlariga javoblar

1.Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador b’lishi unda qanday dasturiy ta‘minoti mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturiy ta‘minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur b’lishi uning qaysi soxada faoliyat k’rsatishi bilan aniqlanadi.

Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti xususiy EҲM-larni q’llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning meҳnat sarfini kamaytirishi uchun m’ljallangan dasturlar sistemasidan iborat.

Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining t’plami quyidagi guruxlarga ajraladi:

1. Tizimli dasturlar

2. Amaliy dasturlar

3. Dasturlashtirish muhiti

Kompyuterda har xil turdagi ma‘lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter uzi hech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruklarimizni va k’rsatmalarimizni bajaradi. Buyruklar va k’rsatmalar ketmaketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yuqoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bulinadi:

1) Tizimli (tizim) dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.

Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (kayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, xajmini ‘zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashki kurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar.

       2) Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.

       Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma‘lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.

       Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga k’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni k’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muharrirlari, musika va video k’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.

       3) Dasturlashtirish muhiti (yoki instrumental dasturlar). Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar tizimlari.

Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar tizimlari kiradi. Ular dasturlash tiliga k’ra farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshqalar. Bu dasturlar tizimlar ‘ziga bir nechta dasturni jamlagan b’lib bular: dasturlash tili muharriri, translyator, komplyator va boshqa yordamchi dasturlar.

Bundan tashkari hamma dasturlar pulli, bepul va qisman pulli b’lishi mumkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki qisman pulli b’ladi, mashxur bulmagan firmalar dasturlari ham bepul yoki qisman pulli b’ladi, taniqli firmaning maxsuloti esa pulli. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari kiskartirilgan holda b’ladi.

Oxirga paytlar “‘g’rilangan” nusxa dasturlar ham juda k’p tarqalgan. Shuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish ham mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda juda arzon b’ladi, leykin bu dasturlarga xech qanday kafolat berilmaydi. Shuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari fakat original dasturlardan foydalanadi.

       Har bitta dastur uzining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan rakamlar bilan quyiladi va oxirgi paytlarda, dastur chikkan yili b’yicha quyiladi. Masalan Windows 95 yoki Windows 98 yoki Windows 2000. Har bitta yangi versiyali dastur, oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari k’p b’lgani bilan yoki kompyuterga talablari ‘zgargani bilan farqlanadi.


Download 118.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling