Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Download 118.89 Kb.
bet8/25
Sana10.11.2021
Hajmi118.89 Kb.
#172872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
TAT 2-amaliy mashg'ulot

DOSning ayrim buyruklari

MS DOSning buyruklari (kamondalari) ichki va tashki komandalarga bulinadi. Ichki komandalar command.com faylida mujassamlashgan b’lsa, tashki buyruklar alohida-alohida fayl k’rinishida b’lib odatda DOS yoki WINDOWS katalogining COMMAND ichki katalogida joylashgan b’ladi. Shu komandalarni bir nechasini k’rib utamiz.

3. Xotirani boshqarishning umumiy prinsiplari?

Shuning uchun ham protsessorlar va xotiralarning ishlash tezliklari orasidagi farq

yana ham kattalashmoqda. Tezliklarning bunday farqlari tufayli, protsessor xotiraga unga kerakli soʻzni oʻqib olish uchun murojaat qilganida, bir nechta mashina sikllarini bekor oʻtkazib yuborishiga toʻgri kelayapti. Xotira protsessorga nisbatan qanchalik sekin ishlasa, shunchalik koʻproq sikllar davomida protsessor uni kutib turishi kerak boʻlayapti. Bu muammoni hal qilishning bir nechta yoʻllari mavjud ekan. Shulardan biri, uncha katta boʻlmagan xajmga ega, ammo nisbatan ancha tez ishlaydigan, protsessor bilan asosiy xotira orasida joylashgan xotiradan foydalanish ekan. Bunday xotira kesh-xotira deb ataladi (“cacher” - fransuz tilida “yashirish” degan soʻzni anglatadi).Kesh-xotira. Kesh-xotirada dastur tomonidan koʻp ishlatiladigan soʻzlar yoki asosiy xotiraning maʼlum bir qismi saqlanadi.

Asosiy xotiraning bu qismi, oʻsha paytda ishlayotgan dastur tomonidan koʻproq foydalanilishi mumkin boʻlgan qismi boʻladi. Bu lokallik tamoili deb ataladi Buyruqlar va maʼlumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh-xotiraning ikki xili mavjud. Buyruqlar ham, maʼlumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira birlashtirilgan yoki umumiy kesh- xotira deb ataladi Buyruqlar alohida, maʼlumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa alohida ajratilgan yoki taqsim langan kesh-xotira deb ataladi. Xozirgi kompyuterlarda koʻprok alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda.

Kesh xotirani q’lashning bir, ikki va uch sathli varintlari bor:

  • Birinchi sath kesh-xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan boʻlib, u buyruqlar uchun (L1-I) va maʼlumotlar uchun (L1-D) moʻljallangan odatda 16 dan 64Kbayt gacha xajmga ega boʻlgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir.


  • Protsessor yonida, u bilan bitta blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt gacha xajmga ega boʻlishi mumkin boʻlgan,buyruqlar ham, maʼlumotlar ham birgalikda saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat boʻladi.


  • Uchinchi sath kesh-xotirasi (L3) protsessor joylashgan plataga oʻrnatilgan boʻlib, u bir necha megabayt xajmga ega boʻlgan statik tezkor xotira qurilmasidan (TXQ) iborat boʻladi.



Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi.Qoida boʻyicha birinchi sath kesh-xotirasidagi barcha maʼlumotlar, ikkinchi sath kesh-xotirasida, ikkinchi sath kesh-xotirasining barcha maʼlumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham yozilgan boʻladi.


Asosiy xotira

(dinamik TXQ)

Mikrosxema






Birlashtirilgan uchinchi sath kesh-xotirasi

Birinchi sath kesh-xotirasi buyruqlar uchun

Birlashtirilgan ikkinchi sath kesh-hotirasi



Birinchi sath kesh-xotirasi ma’lumotlar uchun



Klaviyaturaning kontrolleri

Grafik kontroller

Diskning kontrolleri

Prosessor platasidagi Kesh-xotira



(statik TXQ)

Prosessor platasi

Alohida ajratilgan birinchi sath Kesh-xotira

Prosessorning korpusi





Download 118.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling