Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti
Download 118.89 Kb.
|
TAT 2-amaliy mashg'ulot
Utilitlar va drayverlar
Utilita-dasturlar bu operatsion tizimni imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan har xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, malumotlar xajmini uzgaruvchi dasturlar, viruslarni aniqlovchi dasturlar va xokazo. Masalan, kattik disk (vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. Vinchesterni b’laklarga b’lish, uning ma‘lum b’laklarini parol bilan ximoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi. Diskning xolatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dastursi ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi. Diskdagi ma‘lumotlarni optimizatsiya qilish, ya‘ni bir tartib bilan joylashtirib chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dastursi mavjuddir. Uning yordamida diskdagi ma‘lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma‘lumotlarga murojaat qilishni yengillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi. Yuqorida sanab ‘tilgan dasturlarni ishlatish qulay b’lib, dialog darchasida ҳosil b’ladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir. Utilitlar guruxlarga birlashtirilib, ularning eng k’p ishlatiladiganlari Norton Utilities, PC Tools Deluxe, Mace Utilities lar b’lib xisoblanadi. Utilitlarni quyidagi tartibda guruxlarga b’lib chiqish mumkin: • Siqadigan dasturlar maxsus usullarni q’llagan xolda ma‘lumotlarni siqilgan xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil qilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol b’la oladi. • Disklardagi ma‘lumotlarning rezerv nusxalarini xosil qiladigan dasturlar qattiq u1076 diskka yozilgan ma‘lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus. • Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish uchun xizmat qiladilar • Kommuniktsion dasturlar kompyuterlararo ma‘lumotlarni almashinish uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon kanallari orqali muloqot qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma‘lumotlarini faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar. • Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari q’llanilishi mumkin. • Disk uchun m’ljallanilgan dastur-kesh diskdan ma‘lumot ‘qishni ancha tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu xolda operativ xotirada diskning tez-tez ishlatilib turadigavn b’laklarini ‘z ichiga olgan kesh-bufer xosil qilinadi. Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC Kwik. • Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma‘lumotlar xajmini ancha oshirishga va ma‘lumotlarni tezroq topishga yordam beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari. • Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi mumkin b’lgan informatsiya xajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan, Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari. • Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni boshqa ishlar bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe dasturi. • Xotirani boshqarish uchun m’ljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari xotiraga bir qancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan ‘tishga yordam beradi. Boshqa k’p tarqalgan tizimli dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-koplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion tizimga tashki va ichki kurilmalar bilan ishlashda qulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu kurilmalar chiqaruvchi firmalarda yaratiladi va kurilmalar bilan birga tarkalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari, СD-ROM lar drayverlari va xokazo. Dastur koplamalar bu operatsion tizimning imkoniyatlardan chiroliy va qulay holda foydalanishni taminlovchi dasturlar. Shulardan eng taniqliysi bu NORTON COMMANDER dasturi, bu dastur bilan biz 4-bobda tanishamiz. 2.Tizimli dasturiy ta‘minot va uning vazifalari Hozircha MS DOS operatsion tizim bilan tanishi utamiz. MS DOS OS si quyidagi qismlardan tashkil topagan: BIOS (Basic Input-Output System), (Kiritish-chiqarishning asosiy tizimsi). Bu kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi axborotlarni kiritish va chiqarish bilan boglik b’lgan eng sodda va universal xizmatlarni bajarishdan iborat. Operatsion tizimning y’qlovchisi. Bu tizim juda kiska dastur b’lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSning kolgan ikki modulini ukishdan iborat. io.sys va msdos.sys tizimli fayllar. Ularni operatsion tizim y’qlovchisi xotiraga kuchiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi. io.sys (INPUT-OUTPUT) BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. msdos.sys DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi. MS DOSning buyruk protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni kayta ishlaydi. Buyruk protsessori OS y’qlanayotgan disketaning command.com faylida joylashadi. MS DOSning tashki komandalari - OS bilan birgalikda y’qlanadigan alohida fayllardagi dasturlardir. Bu dasturlar xizmatchi vazifasini bajaradi, masalan, disketalarni formatlash, disketalarni tekshirish va xokazo. Kurilmalar drayverlari MS DOSning kiritish-chiqarish tizimsini tuldiradi, yangi kurilmalarning ishini ta‘minlaydi , mavjud b’lgan kurilmalarning nostandart ishlatilishini ta‘minlaydi. Drayver nomi config.sys faylida k’rsatiladi. Download 118.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling