Shaxsiy kompyutеrning tashkiliy qismlari. Kompyutеrning dasturiy ta’minoti. Kompyutеrning apparatli ta’minoti


Download 79.19 Kb.
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi79.19 Kb.
#1817814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza

Microsoft Office Word 2003. Butun dunyoda birinchi deb tan olingan matn muharriri. Asosan matn, jadval va tasvir ko’rinishdagi materiallarni o’zida jamlagan xujjatlarni yaratish, o’zgartirish, saqlash, tahrirlash, bezash va chop etish kabi ko’plab amallarni bajarishga xizmat qiluvchi dastur. Microsoft Offise Word 2003 dasturi yordamida sodda xat yoki faks matnini tayyorlashdan boshlab, murakkab xisobot va ilmiy asarlarni ham tayyorlash imkoniyati mavjud. Microsoft Office Word 2003 da tayyorlangan maxsulat xujjat deb yuritiladi.

  • Microsoft Office Excel 2003. Oddiy jadval yaratishdan tortib, murakkab xisob kitob ishlarini amalga oshirish, muhandislik masalari yechimini topish, statistik ma’lumotlarni taxlil etish, turli matematik funksiyalarni xisoblash va turli ko’rinishdagi diagrammalarni xosil qilish imkoniyatini foydalanuvchiga taqdim etuvchi dastur. Microsoft Office Excel 2003 da tayyorlanayotgan maxsulot ishchi kitob deb yuritiladi va uning asosiy elementi yacheyka (katak) xisoblanadi. Xar bir ishchi kitob bir nechta saxifalardan iborat va o’z o’rnida xar bir saxifa lotin bosh xarflari birikmasi bilan nomlangan 256 ta ustun va sonlar bilan tartiblangan 65536 ta satrdan iborat. Bitta saxifada jami 16 777 216 ta yacheyka bor.

    Shuningdek Microsoft Office 2003 paketiga electron pochta bilan ishlovchi Microsoft Office Outlook 2003, harxil turdagi formali xujjatlar, blankalar bilan ishlovchi Microsoft Office InfoPath 2003 va qog’ozlarni bezash uchun ishlatiladigan Microsoft Office Publisher 2003 dasturlari ham kiritilgan.
    Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari. Dasturlash tillari.
    Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib hizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
    Hozirgi paytda dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo’nalish tеz sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case – tеxnologiyalar kiradi.

    Download 79.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling