Shaxsiy konstitutsiya
Download 206.13 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaxsiy konstitutsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy qoidalar ro’yxati nimalarga asoslangan bo’lishi zarur
- Shaxsiy qoidalar royxatini tuzish algoritmi
- Shaxsiy konstitutsiya
Shaxsiy konstitutsiya Hayotiy qoidalaringizni bitta ro’yxat sifatida yozib olish muhim ahamiyatga ega. Qoidalar ro’yxatini umr bo’yi, davomiy ravishda to’ldirib borish kerak. Qoidalarni qadriyatlaringiz va maqsadlaringizdan kelib chiqib tuzasiz. Ushbu ro’yxatingizga qoidalardan tashqari turli faktlar va g’oyalarni kiritishingiz ham mumkin. Shaxsiy qoidalar ro’yxati nimalarga asoslangan bo’lishi zarur? 1. Qonunlarga mos – Bu degani sizning har bir qoidangiz tabiat qonunlari, davlatingiz konstitutsiyasida keltirilgan qonunlar, insoniylik qonunlari, axloqiy qonunlar, diningizdagi qonunlar va umumjahon qabul qilingan qonunlarga mos tushishi zarur. Aks holda sizning qonunlaringiz va sizga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkaza oladigan qonunlar o’rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishi, buning oqibatida har ikki tomon (ayniqsa siz) zarar ko’rishingiz mumkin. Misol: Baribir bir kun o’lasan. Bu hodisa bugun sodir bo’lishi ham mumkin. Unutma! 2. Qadriyatlaringizga mos – Ya’ni sizning shaxs sifatida shakllanishingizga ta’sir qilgan qadriyatlarga mos bo’lishi kerak. Bu bo’lishi mumkin sizning oilaviy qadriyatlaringiz, qarindoshlar o’rtasidagi munosabatdagi qadriyatlar, tarbiyaviy qadriyatlar va hokazo. Misol: Ota-onangga baland ovozda gapirma! 3. Foyda keltiradigan – Sizning shaxsiy qonunlaringiz sizga foyda olib kelmasa demak u noto’g’ri qo’yilgan qonun bo’ladi. Ya’ni siz har bir prinsipingiz orqali ma’nan yoki moddiy jihatdan foyda olishingiz kerak. Siz bu qoidalarga amal qilish orqali shaxs sifatida va moliyaviy jihatdan ko’tarilishga erisha olishingiz zarur. Misol: Doimiy ravishda kitob o’qi! 4. Obyektiv faktlar bilan bog’langan – Bu degani sizning qoidalaringiz tabiat qonunlariga, asosli faktlarga to’g’ri kelishi kerak. Agar sizning qonunlaringiz orasida “uchish” haqida qoida bo’lsa, bu ahmoqlikning o’zginasi. Avvalo o’z imkoniyatlaringiz chegarasini yaxshilab o’rganib chiqing va so’ngra shunga asoslangan holda o’z qonunlaringizni tuzing. Misol: Samolyotdan parashyutsiz sakrama! Shaxsiy qoidalar ro'yxatini tuzish algoritmi: 1. Qoidalarni yozib olishga manba toping – Siz bunda kundalikdan foydalangan holda qo’lda yozishingiz mumkin, yoki telefoningizga yozib yursangiz ham bo’ladi. Telefonda foydalanish uchun ikkita qulay dastur ham mavjud. Bular Notion va Obsidian. Dasturlar orqali shaxsiy konstitutsiyangizni tuzishingiz bilan birga Zettelkasten usulidan foydalanish uchun ham qo’llashingiz mumkin. 2. Xayolingizga birinchi kelgan qoidalarni yozib oling – Birinchi marta shaxsiy konstitutsiyangizni tuzganingizda avvaliga ko’pgina qoidalar kiritasiz. Keyinchalik esa ularni amaliyotda qo’llab, foyda bermaganlarini olib tashlash va yana yangi qoidalarni hayot davomida qo’shib borish orqali sayqallaysiz. Vaqt o’tgan sari bu qoidalar ro’yxati sizning shaxsiyatingizni ochib beradigan kitobga aylanadi. 3. Qoidalarni har kuni takrorlang – Har kuni o’z qoidalar ro’yxatingizni ko’zdan kechirish orqali ularni amaliyotda qo’llashingiz va yanada mukammallashtirishingiz osonlashadi. Shu tariqa ularni avtomatik tarzda ishlatishni boshlaysiz. Shaxsiy konstitutsiya 1. __________________________________________________________ 2. __________________________________________________________ 3. __________________________________________________________ 4. __________________________________________________________ 5. __________________________________________________________ 6. __________________________________________________________ 7. __________________________________________________________ 8. __________________________________________________________ 9. __________________________________________________________ 10. _________________________________________________________ 11. _________________________________________________________ 12. _________________________________________________________ 13. _________________________________________________________ 14. _________________________________________________________ 15. _________________________________________________________ 16. _________________________________________________________ 17. _________________________________________________________ 18. _________________________________________________________ 19. _________________________________________________________ 20. _________________________________________________________ 21. _________________________________________________________ 22. _________________________________________________________ 23. _________________________________________________________ 24. _________________________________________________________ 25. _________________________________________________________ Download 206.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling