Shaxsiy topshiriq


Download 73.61 Kb.
bet4/6
Sana01.11.2023
Hajmi73.61 Kb.
#1736885
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Talim psixalogiyasi 1 Topshiriq

Afzalliklari

kamchiliklari

Siz o’qish bilan bir qatorda ish bilan ham shug’ullanishingiz mumkin. Aslida masofaviy o’qishni tanlagan abituryentlarning asosiy qismi bu o’z ishidan voz kechishni istamaydigan, ammo bilim olishni xohlaydiganlardir. Onlayn ta’limda siz dam olish kunlarida, ishdan qaytganingizda hatto yarim kechada o’qishingiz mumkin;
 Mablag’ingiz tejaladi. Har qanday dastur uchun masofaviy ta’lim darajasi (Internetda yoki boshqa usulda), o’quv markazlaridagi oddiy to’lovdan ko’ra ancha arzonroq bo’lishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan maqbul variantlarni qidirayotgan o’quvchilar uchun onlayn ta’lim-eng to’g’ri yo’l;
 Vaqtingizni tejang! O’quv markazlariga borish va qaytish vaqtida transport kutish uchun ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Onlayn ta’limda siz istagan yeringizda ma’lumot olasiz;
Agar siz o’zingizni intiluvchan hisoblasangiz, masofaviy ta'limning eng katta foydasi shundaki, ayrim darslar guruh bo’lib o’tiladi. Guruhda ba’zi o’quvchilar tezroq ayrimlari esa sekin tushunadilar. Bu jihatdan masofaviy ta’lim olish usuli samaraliroq;



Onlayn taʼlim qator fzalliklar bilan birga, ayrim kamchiliklarga ham egaligini ko‘rsatdi.
 Masofaviy taʼlim uchun o‘ta zarur bo‘lgan nnternet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha muammo mavjud. YUNISEF maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yil davomida butun dunyo bo‘ylab 463 million o‘quvchining masofaviy taʼlim modullariga kirish uchun imkoniyati bo‘lmagan. Bu, asosan, internet muammosi tufayli yuz bergan.
O‘zbekistonda ham pandemiya sharoitida internet bilan bog‘liq muammolar kuzatildi. Buning taʼlim sifatiga salbiy taʼsiri bo‘lgani shubhasiz. 2021 yilda respublikamiz internet tezligi bo‘yicha 124 o‘rinni egallagan. Bu kabi tezlik bilan yuqori darajadagi masofaviy taʼlimni joriy qilish qiyin.
Ikkinchidan, masofaviy taʼlimda anʼanaviy taʼlimga nisbatan nazorat sustligi ko‘rinib qoldi. Masalan, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 2020 yil o‘quvchilar atigi 2.5 soat vaqtini dars qilishga sarflagan, qolgan vaqtda ular ijtimoiy tarmoqlarda videoo‘yinlar o‘ynashgan.





Download 73.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling