Shaxsning bilish jara yonlari
Download 379 Kb.
|
Shaxsning bilish jarayonlari
Adaptatsiya yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining qo'zg'atuvchi ta'siri ostida o'zgarishi demakdir.
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko'rsatish mumkin: - qo'zg'atuvchining uzoq muddat davomida ta'sir etishi jara-yonida sezgining tamomila yo'qolib qolishiga o'xshaydi. Doimiy qo'zg'atuvchilar ta'sir qilgan taqdirda, sezgi yo'qolib qolish xu-susiyatiga ega. Masalan, terming ustiga qo'yilgan yengilgina yuk tez-dayoq sezilmaydigan bo'lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko'p o'tmay batamom yo'qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir; -adaptatsiya kuchli qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgining zaiflashib qolishidir. Masalan: sovuq qo'zg'atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo'lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong'i xonadan yaxshi yoritilgan joyga chiqqanimizda, oldiniga ko'zlarimiz qamashadi va tevarak atrofdagi biron-bir narsaning farqi-ga yeta olmaydigan bo'lib qolamiz, bir muncha vaqt o'tgandan keyin esa ko'rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin susayib, biz odatdagidek ko'ra boshlaymiz; -kuchsiz qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgirlikning ortishi ham adaptatsiya deb ataladi. Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a'zolarining qo'z-g'alishi ta'siri ostida o'zgarishi sezgilarning o'zaro munosabati deb ataladi. Sezgilarning o'zaro munosabati xuddi adaptatsiya kabi ikkita bir-biriga qarama-qarshi jarayonda: sezuvchanlikning ortishi va pasayishida namoyon bo'ladi. Bu o'rinda umumiy qonuniyat shundan iboratki, analizatorning o'zaro munosabatlarida kuchsizlari analizator-larning sezuvchanligini oshiradi, kuchlilari esa susaytiradi. Analizatorlar o'zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuvchanlikning ortishi sensihilizatsiya deb ataladi. Sezgi a'zolari sezuvchanligining o'zgarish qonuniyatlarini bilgan holda maxsus tanlangan qo'shimcha qo'zg'atuvchilarni qo'llanish yo'li bilan u yoki bu retseptorni sensibiilashtirish, ya'ni uning sezuvchanligini oshirish mumkin. Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin. Sezgilarning o'zaro munosabati sinesteziya deb atalmish yana bir hodisada namoyon bo'ladi. Sinesteziya bir analizatorning qo'zg'alishi ta'siri ostida boshqa analizatorga xos sezgining hosil bo'lishidir. Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi. Idrok va uning xmusiyatlarl Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo'lib hisoblanganligi sababli, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko'nikmalar bir davrning o'zida namoyon bo'ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Narsalar yoki hodisalarning sezgi a 'zolariga bevosita ta 'sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishi idrok deb ataladi. Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsalar va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi. Qo'zg'atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o'laroq, idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig'indisi-dan iborat tarzda emas, balki emotsional bilishning o'ziga xos belgi-lari bilan sifat jihatidan yuqori bosqich sifatida tasawur qilinadi. Sezgilardan farqli o'laroq, idrokda narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etadi. Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar: predmetlilik; yaxlitlilik; strukturalilik; barqarorlik; anglanilganlik. Idrokning predmetliligi obyektivlashtirish hodisasi deb ataladigan hodisa bo'lib, tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga mansubligmi ifoda etadi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti harakatni boshqarishda alohida o'rin tutadi. Odatda, biz narsalarni ularning ko'rinishiga qarab emas, balki ularni amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab baholaymiz. ' Download 379 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling