Shaxsning bilish jarayonlari psixilogiyasini tahlil qilish, ularning nerv-fiziologik asosini qiyosiy o’rganish


Download 0.55 Mb.
bet4/5
Sana20.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1788998
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxsning bilish jarayonlari psixilogiyasini tahlil qilish (1)

Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir - budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a'zosiga narsalarning tegishini sezish

IDROK HAQIDA MA’LUMOT

IDROK HAQIDA MA’LUMOT

Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to‘laroq aks ettirish jarayoni bo‘lib, sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya'ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Masalan, olmani ko‘rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta'mi, hidi va navi bilan birgalikda bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz qatnashadi.

Shuning uchun ham idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks ettirish jarayonidir.

Kuzatish va kuzatuvchanlik

Idrokning o‘ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir. Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan har doim uzviy bog‘liq. Chunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning esida saqlanib qola bermaydi.

Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo‘yiladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog‘liq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi.

Idrokda fon va obyekt

Odamga juda ko‘p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular shunday ko‘p xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o‘zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam ko‘p sonli qo‘zg‘ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani o‘rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob'yekt hisoblanib, ob'ektning atrofdagilari esa fon deyiladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling