Shaxsning bilish jarayonlari psixilogiyasini tahlil qilish, ularning nerv-fiziologik asosini qiyosiy o’rganish


Idrokning nerv-fiziologik asoslari


Download 0.55 Mb.
bet5/5
Sana20.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1788998
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxsning bilish jarayonlari psixilogiyasini tahlil qilish (1)

Idrokning nerv-fiziologik asoslari

Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. I.P.Pavlov bo‘yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobiqida hosil bo‘ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog‘lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo‘zg‘atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo‘linmalar o‘zagida ana shu kompleks qo‘zg‘atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi.

DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA

Diqqat haqida tushuncha

Diqqat deb- ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi.

E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir.

K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi

Diqqatning nerv-fiziologik asosi

Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to‘satdan birorta yangi narsaning ta'siri yoki haddan tashqari kuchli ta'sirot orqali hosil bo‘ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po‘stida kuchli qo‘zg‘alish jarayonidan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta'siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog‘da nisbatan kuchli (ya'ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po‘stida paydo bo‘ladigan kuchli qo‘zg‘alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Ana shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi", deb ta'kidlagan.

Diqqatning turlari

Diqqatning xususiyatlari


Diqqatning kuchi va
barqarorligi
Diqqatning bo’linishi
Diqqatning
ko’chuvchanligi
Diqqatning buzilishi
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling