- 1. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi. 2. «Iroda» tushunchasi va uning jarayonlari. 3. Shaxsning irodaviy fazilatlari va ularning shakllanishi.
. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi - Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insondagi keng emotsional sohasining rang-barangligi, ko‘p qirraligi haqida emotsional ton (yunoncha tonos – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere – qo‘zg‘atish, hayajonlanish demakdir), affektlar (lotincha affectus – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha stress – zo‘riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar orqali muayyan tasavvur berish imkoniya- tiga ega.
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo‘lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi. - Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo‘lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi.
Hissiyot nima? - «Hissiyot» tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar kabi tushunchalardan foydalaniladi. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda, «hissiyot», odatda, tirik mavjudotlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
His-tuyg‘ularning ichki kechinmalarda ifodalanishidan iborat psixik ja- rayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. - His-tuyg‘ularning ichki kechinmalarda ifodalanishidan iborat psixik ja- rayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir.
vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqi- bat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanadi - vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqi- bat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanadi
Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki rivojlangan jonli mavjudot- larga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatdir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. - Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki rivojlangan jonli mavjudot- larga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatdir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi.
- Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |