Shaxsning gumanistik nazariyasi


Maslou fikriga ko‘ra, motivatsiyaning besh darajasi mavjud


Download 114 Kb.
bet2/10
Sana08.05.2023
Hajmi114 Kb.
#1444996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shaxsning gumanistik nazariyasi

Maslou fikriga ko‘ra, motivatsiyaning besh darajasi mavjud:

  1. fiziologik (oziqlanish, uxlash ehtiyjlari);

  2. himoyalanganlik ehtiyoji (uy-joyga ega bo‘lish, ish joyiga ehtiyoj);

  3. bir insonning boshqa bir insonga nisbatan ehtiyojini ifodalovchi mansublik ehtiyoji, masalan, oila qurishga;

  4. o‘zini-o‘zi baholash ehtiyoji (o‘zini hurmat qilish, o‘z g‘ururini saqlash);

  5. avtoaktualizatsiya ehtiyoji (ijod qilish, go‘zallikka intilish, to‘kis bo‘lish kabi metaehtiyojlar).

Ro‘yxat boshidagi ikki ehtiyoj defitsitar, uchinchisi – oraliq ehtiyoj, to‘rtinchi va beshinchi ehtiyojlar o‘sishni ta’minlaydigan ehtiyojlar sirasiga kiritilgan.
Maslou motivatsiyaning mantiqiy ketma-ketlikda rivojlanish qonunini ifoda etgan. Unga ko‘ra odam motivatsiyasi quyidan yuqoriga qarab rivojlanadi, agarki quyi darajadagi ehtiyojlar qondirilmas ekan shaxsning yuqori darajadagi ehtiyojlarining shakllanishi amri mahol bo‘ladi. Boshqachasiga aytadigan bo‘lsak, odamning bosh suqadigan uy-joyi bo‘lmas, qorni to‘ymas ekan u oila qurish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, oilasi yo‘q ekan o‘zini-o‘zi hurmat qilolmaydi yoki ijod bilan shug‘ullanishiga monelik qiladigan omillar ko‘payadi.
Inson uchun eng muhim ehtiyojlar sirasiga avtoaktualizatsiya taalluqlidir. Avtoaktualizatsiya – odam kamolotining pirovard holati emas. Hech bir inson barcha motivlarni inkor etish darajasida avtoaktuallashgan bo‘la olmaydi. Har bir odamda hamisha taraqqiyotni davom ettirish imkoniyatini beradigan qobiliyatlari va iqtidori bo‘ladi. Beshinchi darajaga yetgan odam “psixologik jihatdan sog‘lom” sanaladi (Maslou A., 1999).
Mazkur yondashuv vakillari inson taraqqiyotida hal etuvchi yosh davrlari mavjud emas, shaxs butun hayoti davomida shakllanadi va taraqqiy etadi. Biroq hayotning ilk davri (bolalik, o‘mirlik, o‘spirinlik) shaxs taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. Shaxsda ratsional jarayonlar ustivorlik qiladi, ongsizlik vaqti-vaqti avtoaktualizatsiya jarayoniga to‘sqinlik qilib u yoki bu sabablarga ko‘ra vujudga kelib turadi. Gumanistlar shaxs iroda erkinligiga to‘liq egadir deb hisoblaydilar. Inson o‘zini, o‘z xatti-harakatlarini anglaydi, rejalar tuzadi, hayot mazmunini qidiradi. Inson – o‘z shaxsi va o‘z baxtini ni o‘zi yaratuvchisidir.
Insonning ichki olami, uning o‘y-fikrlari, tuyg‘ulari va emotsiyalari voqelikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etishi emas. Har bir odam reallikni o‘zining subyektiv idrokiga muvofiq talqin etadi. Botiniy olam uning o‘zigagina to‘liq kashf bo‘lishi mumkin. Odam hatti-harakatlari negizini subyektiv idrok va subyektiv kechinmalar tashkil etadi. Faqatgina subyektiv tajriba konkret shaxs xulq-atvorini tushunish imkoniyatini beradi.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling