Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Reja
Sеzgilarning psiхоlоgiyasi
Download 41.88 Kb.
|
9. Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idrok haqida tishuncha.
Sеzgilarning psiхоlоgiyasi. Sеzgilarni o`rganish insоn har qanday faоliyatining muvaffaqiyatli bo`lishini ta’minlaydi.
Sezgilardagi qonuniyatlar. Xid bilish markazi – miya ensa bo`lagining pastki qismida joylashgan. Ta’m bilish sezgisi – achchiq, shirin, nordon, sho`rni sezish. Organi tilning ustki qismi va tanglay. Ta’m bilishning fizik sababi – suvda va so`lakda eriydigan moddalar. Ta’m bilishning markazi – hid bilish markaziga yaqindir. Teri tuyush sezgisi – temperatura, taktil sezgilari. Temperaturani sezish - issiq va sovuqni teri orqali bevosita sezish bilan bog`liq, fizik sababi teriga boshqa moddalarning tegishi. Terida 250 mingta sovuq hamda 30 mingta issiqni qabul qiluvchi nuqta mavjud. Taktil sezgi – tegish va bosimni sezish organi alohida tuyush tanachalari bo`lib, ular tana bo`ylab notekst joylashgan. Barmoqlar til, lab, lablarda uchta nuqta mavjud. Idrok haqida tishuncha. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo`lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko`nikmalar bir davrning o`zida namoyon bo`ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok tushunchasi lotin tilida qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appertseptsiya» deyiladi. Appertseptsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribala-qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o`zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o`zining bilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o`simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko`rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan (qarindosh-urug`chilik shaklida ko`z o`ngiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda idrokning aniqlik, to`liqlik, ravshanlilik, predmetlilik, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma’nosi o`rnida qo`llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko`ra appertseptsiya xodisasi barqaror va vaqtincha deb yurituvchi ikki ko`rinishga ajratiladi. Barqaror appertseptsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, ideali, pozitsiyasi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog`liq bo`lib, u o`ta murakab tuzilishga egadir. Muvaqqat appertseptsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko`rinishdagi xis-tuyg`ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o`z ifodasini topadi. Download 41.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling