Oppoxonov Rasulxon Mavzu: Idrok, tafakkur, nutq, hayol turlari Idrok tushunchasi lotin tilida


Download 52.68 Kb.
Sana14.08.2020
Hajmi52.68 Kb.
#126249
Bog'liq
Oppoxonov Rasulxon


640-17 Oppoxonov Rasulxon

Mavzu: Idrok, tafakkur, nutq, hayol turlari

Idrok tushunchasi lotin tilida «regserIo» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish) deyiladi

Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’yektivreallikdagi voqea-xodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to’laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va xodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-xodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo’ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.

Idrok jarayonida narsalar obrazini to’la aks attrishining sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo’zg’aluvchilar ta’siri tufayli juda ko’p muvaqqat bog’lanishlarvujudga kelgan bo’ladi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo’lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi. Psixologlarning fikricha, inson nimaniqi idrok kilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, ajratish, ko’rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok, yumshokrok narsa bo’lib aniq ob’yektni ajratishga yordam beradi.

Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u borlikdagi kuplab xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob’yektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettishimizni taminlaydi. Ya’ni idrokning asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan fark qiladi

Idrok quyidagi turlarga bo’linadi;


Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab; ko’rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat idroklariga;


Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga;


Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo’linadi.




Idrok sezgi bilan o’zaro bog’liq bo’lib analizatorlarning joylashuviga ko’ra ko’rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.

Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad kuyilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam uz oldiga muayyan maqsad, vazifa kuygan bo’ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab kuradi. Ixtiyoriy idrok kup xollarda Biron faoliyatning tarkibiga kirgan bo’ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri xisoblanadi. Kuzatish maqsadga qaratilgan, uyushgan, ozmi-kupmi kupirok vaqt davom etadigan idrokdir. Kuzatishda, odatda, kishi uz oldiga maqsad kuyadi: Biron-bir ob’yekt, xodisa yuz beruvchi uzgarishlarni kuzatadi. Tevarak olamdagi narsalarni idrok qilish bilan birga, biz ularning fazoviy xususiyatlarini – shakli, katta-kichikligi, o’zaro bir-biridan va bizdan kanchalik uzoq-yaqinligini xam idrok qilamiz. Xodisalarni idrok qilarmiz, biz ularning vaqt xarakteristikalirini –odamning tugma xususiyati xisoblanmaydi. Agar yosh gudakning, shuningdek, onadan kur bo’lib tugilib, keyinchalik operatsiya qilish orqali Kuzi ochilgan kishilarning xatti-xaraktini kuzatsak, bunga ishonch xosil qilish qiyin eas. Yosh go’dak tepaga osib qo’yilgan o’yinchoqqa tomon qo’l cho’zish va uni ushlashni ko’p marta mashq qilish natijasida o’rganib oladi. Avvaliga esa, o’yinchoq o’zining rangdorligi bilan bolaning e’tiborini jalb qilib, bolada biror-bir oriyentirovka reaksiyasini vujudga keltirsa-da, bola xatto o’yinchoqka ko’proq qarab turishning xam uddasidan chiqmaydi. Operatsiyadan so’ng ko’zi ochilgan kishilar dastlabki paytda sharni ko’pincha doira sifatida idrok qiladilar, yaqin masofadagi mayda narsalar ularning kuziga katta bo’lib, uzoqroq masofadagi narsalar esa kichik bo’lib, ya’ni kuzning tur pardasiga aks ettirilgan obrazning katta-kichikligi muvofik ravishda kuringan. Narsaning konturi buyicha kuz yurgurtirish natijasida narsaning shakli idrok kilinadi. Sechenov kuzni narsaning konturini paypaslovchi uziga xos changallardir deb atagan edi. Ammo kuzning bu xususyaiti faqat yassi shakllarnigina idrok qilish imkonini beradi.

Xajmli shaklni idrok qilishda binokulyaar ko’rish ishga tushadi, ikki kuz bilan kuriladi. Ikki kuz bir-biridan ma’lum oraliqda bo’lgani uchun narsaning ung va chap kuz tur pardalariga tushgan surati bir-biriga aynan uxshash bo’lmaydi. Xar bir kuz narsaning unga qaragan tomonini ko’proq kuradi. Ikki kuzdan xar biri orqali olingan va bir-biridan bir oz farklanuvchi suratlar birga kushilishi natijasida yagona, lekin xamma obraz yuzaga keladi. Xajmi idrok qilishda yorug va soyaning joylashuvini xisobga olish katta axamiyatga ega. Narsaning burtib chikkan kismi odatda yaxshi yoritilgan bo’ladi. Vaqtni idrok qilish deyilganda, xodisalar ketma-ketligi va davomiyligini miyada aks etishi tushuniladi. Xodisalarning vaqt jixatidan yondosh ta’sir kursatishlari sababli shartli refleks bog’lanishlarining vujudga kelishi bilan natijada xodisalar miyada izchil aks etadi. Chakmok chakishi bilan momakaldirok va bulut bilan yomgir o’zaro sabab natija alokalariga kura xam, shuning bilan birga, o’zaro muayyan tartibda va faqat vaqt jixatdan bog’lanishiga kura xam aks etishi mumkin.

Ijtimoiy hayot jarayonida insoniyat vaqt ulchovlari sistemasini – sekund, minut, soat, kun, xafta, oy, yil, asr va xokazolarni ishlab chikkan bo’lib, bularni bilishga urgatish kishilarning savodini oshirishda goyat muxim vazifadir. Narsalar fazoda uz joyini uzgaritirb turadi. Bu xolning miyamizda aks etishi psixologiyada harakatni idrok qilish deb ataladi. Agar narsa fazoda harakatda bo’lsa, biz uning harakatini idrok qilamiz, harakatdagi narsa yaxshiroq ko’rish (eshitish) doirasidan chetga chikaverishi sababli xam biz uni e’tibordan qochirmaslik uchun, unga tomon qaraymiz xamda boshimizni buramiz.

Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga ko’z bilan aks ettirishning negizi bo’lmish ko’z harakatlari kiradi. Ularo’zlariningtuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, sur’ati kabi belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratiladi.

1. Konvergensiya (lotincha yaqinlashish, qo’shilish demakdir) ikkala ko’zning ko’rish o’qlarining yaqinlashuvi natijasida to’r pardasida jismning ikqilanishiga yo’l qo’ymaslikda o’z ifodasini topadi.

2. Divergensiya (lotincha uzoqlashish) ko’zning vergent harakatlarining bir turi bo’lib, bir-biridan muayyan masofada to’rgan nuqtalarini qayd qilishda ko’rish o’qlarining uzoqlashuvidan iborat harakat.

3. Gorizontal harakat, ya’ni ko’zning bir xil tekislikdagi ikki nuqga oraliq bo’yicha narsalarning qayd qilishidir.

4. Vertikal harakat har xil fazoviy joylashuviga ega bo’lgan nuqtalar o’rtasida aloqani tiklashdan iborat ko’z harakati yordami bilan idrok qilinishidir.

5. Siklofuzion (yunoncha doira, aylana) harakat, harakatlanuvchi jismlarni ko’z qorachig’i yordamida aniqtasvirini aks ettirishidir.

6. Torsion (fransuzcha aylantirish) harakat ko’z o’qi atrofida jismlarni aylanib to’rgan holda qayd qilishdir.

7. Version (lotincha harakatlanaman, aylanaman demakdir) harakat ko’zning makro harakatlari doirasiga kirib, ko’rish burchagini kuzatish, tezlikni o’zgartirmasdan kuzatiluvchi ob’yektni idrok qilishda ishtirok etishidir.

8. Vergen (lotincha og’ish, qiyshayish) harakat ko’zning makro harakatlari tarkibiga kirib, o’ng va chap ko’zlarining ko’rish o’qlari burchagi o’zgarishiga olib keladi va hokazo.

Idrok fazo, vaqt va harakat idroklariga bo’linadi.

Fazoni (idrok) teri sezgilari va muskul harakat vositasi bilan idrok etganda ko’z bilan qarab ham, ko’z bilan qaramasdan ham ilrok qilish mumkin. Fazoviy munosabatlarni farqlashning muhim mohiyatlaridan biri. Narsalarning boshqa narsalarga yoki kuzatuvchiga nisbatan yo’nalishlarini idrok qilishdan iboratdir.

Harakatni idrok qilish narsalarning fazodagi holatining o’zgarganligini aks ettirishdan iboratdir. Vaqt fazo kabi materiya mavjudligining asosiy imkonlaridan biridir. Vaqtni ilrok qilish vahiylikdagi hodisalarning davomiyligini, tezligini va izchilligi aks ettirishdan iborat. Fazo munosabatlarini, narsalarning formasini, hajmi katta kichikligini ko’z bilan idrok qilamiz.

Fazoni bir ko’zimiz bilan ham monokulyar ikki ko’zimiz bilan binokulyar idrok qilish. Ko’z gavharining ko’zning ravshan ko’rish uchun uyg’unlashuvining akkomodatsiya deb ataladi.

Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va bir muncha shartli tasnifi tarqalgandir:

1. Ko`rgazmali - harakat; 2. Ko`rgazmali -obrazli; 3. Mavhum. 4.Nazariy; 5. Amaliy tafakkur.

Ko`rgazmali - harakat tafakkur - tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazardan echganlar, keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. Amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bog`langandir. Sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o`zi birlamchidir. YAna faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayonini ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir. Guyo bu amaliy faoliyat ichida avval bola tafakkuri rivojlanadi. Bog`chadagi yosh (3 yoshgacha) asosan ko`rgazmali - harakat tafakkuri bo`ladi. Bola bilayotgan obrazli tafakkurni o`z qo`llari bilan amaliy ravishda va guyo tabiiy ravishda ajratadi. Masalan, o`yinchoqlarni buzib ko`rish va boshqalar. Ko`rgazmali - obrazli tafakkur. Ko`rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko`pincha bog`cha yoshida bolalarda, ya`ni 4 - 7 yoshgacha bo`lgan bolalarda paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi avvalgidek to`g`ri va bevosita bo`lmaydi. Bola bo`layotgan obrazli tafakkurni aniq idrok qilishi va tasavvur qilishi shartdir. Bog`cha yoshidagi bolalar faqat ko`rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo`lmaydilar. Bog`cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo`qligi shveytsariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo`ladi: 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil hajmi jihatdan teng 2 ta soqqa ko`rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko`z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko`p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko`rgazmali - obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to`la bo`ysunadigan bo`ladi. Ularning ko`rgazmali - obrazli shaklida o`tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi hamir ko`proq, degan xulosaga olib keladi.

MAVXUM TAFAKKUR (ABSTRAKT). Bolalarning amaliy va ko`rgazmali hissiy tajribalari asosida ularning maktab yoshidagi davrlarda avval sodda shakldagi mavxum tafakkur, ya`ni mavxum tushunchalarga asoslangan tafakkur rivojlanadi. Maktab o`quvchilarining matematika, fizika, tarix va boshqa fan asoslarini o`zlashtirish davomida tushunchalarni egallashlari ularning aqliy taraqqiyotlari uchun katta ahamiyatga egadir. eng mavhum tafakkurlarning ham hissiy bilish chegarasidan ancha chiqib ketishga qaramay, hech qachon sezgi, idrok va tasavvurlardan to`la - to`kis ajralib ketmaydi. O`quvchilarda tushunchalarning taraqqiy etishi jarayonida ko`rgazmalilik ikki tomonlama rol’ o`ynaydi. Bir tomondan, ko`rgazmalilik, tushunchalarning taraqqiy etishi ni engillashtiradi. Ikkinchi tomondan, har qanday ko`rgazmalilik sharoitida maktab o`quvchilarida mavxum tafakkurning tarkib topishiga qulay sharoit yarata bermaydi. Juda ko`p ko`rgazmalilik o`quvchilar diqqatini chalg`itib yuboradi.

Nutqning turlari va vazifalari

1. Ishtirokchilar soni bo'yicha

Suhbatdagi ishtirokchilar soniga (bir yoki undan ko'p) qarab, nutq monolog va dialogiy bo'lishi mumkin. Suhbat "boshlang'ich - asosiy qism - oxir" sxemasiga asosan quriladi. Ishtirokchilarning nusxalari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-biridan chiqishadi. Bunday nutq o'z-o'zidan paydo bo'ladi, chunki suhbatdoshning reaktsiyasi aniq ma'lum emas. Monologdan keladigan asosiy farq. Dialog kundalik muloqot, biznes suhbati va boshqalar uchun xizmat qilishi mumkin.

Monolog ham o'z-o'zidan bo'lishi mumkin va ehtimol hatto tayyorlangan bo'lishi mumkin. Jamoatga yuborilgan monolog izchil, tuzilgan bo'lishi kerak. Buning uchun yuqorida keltirilgan ma'noni ta'kidlaydigan va tinglovchining e'tiborini tortadigan (intonatsiya, imo-ishoralar, pauzalar) qo'shimcha tilni qo'llamaslik kerak. Nutqning turlari (monologik) uning maqsadiga qarab farqlanadi: rag'batlantiruvchi, ma'lumot beruvchi yoki ishonchli.

2. yo'nalish bo'yicha

Nutq turlari ichki va tashqi jihatdan ajralib turadi. Tashqi qismda allaqachon yuqorida aytib o'tilgan turlarni (suhbat va monolog, jumladan, yozma) o'z ichiga oladi. Ichki nutq - bu faoliyat uchun tayyorgarlik, u qisman va tashqaridagi dialogiy nutqqa o'xshash, vaziyatga tayyor emas. Uning o'ziga xos tomoni shundaki, suhbatdosh tomonidan noto'g'ri tushunishning imkoni yo'q va bu so'zlarni mustahkamlash uchun qo'shimcha vositalardan foydalanishning hojati yo'q.

Shuningdek, oraliq nuqtai nazar - egozentrik nutq, ya'ni u etarlicha rivojlangan, o'ziga qaratilgan va boshqalarning reaktsiyasi uchun hisoblanmaydi. Agar vaziyatni diqqat bilan ko'rib chiqishni talab qilsa, u ko'pincha bolalar va hatto katta yoshdagilarda kuzatilishi mumkin.

3. Shaklga muvofiq

Bu og'zaki va yozma. Agar oratorik nutq haqida gapiradigan bo'lsak, biz, albatta, og'zaki shaklga qiziqishdamiz.



Ochiq nutqning xususiyatlari va turlari

Nutq tinglovchilarga ta'sir qilish uchun mo'ljallangan monolog shaklidagi tashqi nutqdir. Nutqning maqsadiga erishish uchun ishonchli axborot manbalariga asoslangan holda yaxshi tayyorlanish kerak; Barkamol qilib yaratilgan, mantiqqa emas, balki tinglovchilarning his-tuyg'ulariga ham e'tibor qaratadigan jiddiy dalillar mavjud. Nutqning mazmuni vaziyat bilan bog'liq bo'lishi kerak. Yuqorida aytib o'tilgan tilga xos bo'lmagan vositalar alohida ahamiyatga ega: bu nutqlarda pauzalardan to'g'ri foydalanish, muhim qismlarni intonal tarzda taqsimlash, og'zaki bo'lmagan signallar: imo-ishora, duruş.

Nutqda nutq turlari uning funktsiyalari, nutqning maqsadlari bilan bog'liq. Shunday qilib, ommaviy axborot vositalari:

1. Ijtimoiy-siyosiy

Bu tashviqot nutqi, parlamentdagi nutqlar, mitinglarda. Ularning ikkalasi ham loyiha, ham tushunarli bo'lishi mumkin, ular haqiqatga tayanadi va, odatda, noaniq. Ularda iqtisodiy va siyosiy so'zlar mavjud. Agar biz mitingda nutq so'zlayotgan bo'lsak, unda u hissiy rangga bo'yaladi, gaplashadi.



2. Akademik

Ular konferentsiyada ma'ruzalar, ma'ruzalar va nutqlardir. Odatda ular ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan, lekin ko'proq ta'sirga erishish uchun hissiy rangli so'zlar ham paydo bo'lishi mumkin. Hisobotlar va ma'ruzalar yaxshi tuzilgan bo'lishi kerak va ma'ruzalar mavzuga rioya qilishlari va e'tibor qaratishlari kerak.



3. Sud

Bu ayblov va mudofaa nutqi. Ular tergov ma'lumotlari, guvohlarning ko'rsatmalari bo'lishi kerak va ularning maqsadi ayblanuvchining aybini isbotlashdir (emas).



4. Ijtimoiy va ma`naviy

Ular tantanali, tabrik va marosim nutqlari bo'lib, unda "bayramni targ'ib qiluvchi" ning ijobiy sifati tasvirlangan.



5. Ma'naviy

Bu ruhiy yig'ilishlarda va'z va nutqlardir.



Bu nutqdagi nutqning asosiy turlari. Garchand har bir ma'ruzachi rassomlik va / yoki maxsus tayyorgarlik sovg'asiga ega bo'lmasa ham, bo'lmasa ham ishlash muvaffaqiyatli bo'lishi uchun nutqning qaysi talablariga mos kelishini bilib olish va uni tomoshabinning sababi va tarkibi asosida qurish kerak.

Xayol turlari tasniflanishining bir necha xillari mavjud, ularning har biri asosida xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga egadir. Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga bo‘linadi.

Faol xayol doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq amaliy faoliyatni bajarish bilan bog‘liq. Faol xayol kelajakka qaratilgan bo‘lib, vaqtdan ma’lum daraja sifatida foydalanadi. U masala tomonidan uyg‘otiladi va yo‘naltiriladi, irodaviy sharoitlar bilan aniqlanadi va iroda nazoratiga bo‘ysunadi. Faol xayol o‘zida artistlik, ijodkorlik, tanqidiy, yaratuvchilik va antitsipiruyuщee xayol turlarini mujassamlashtiradi.

Obrazlarning mustaqilligi va haqiqiyligiga bog‘liq ravishda xayol yaratuvchi va ijodkor bo‘ladi.



Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. Xuddi shunday, yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo‘yicha bajarishga yordam beradi.

Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga xos mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib hisoblanadi.

Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson  «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi.

Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.

Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladiBu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular  – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar  – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular  – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga  boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.

Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladiSHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. Bu  eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq.

Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladiMurakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy tajriba  Galileyga jismlarning vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab chiqish imkonini berdi. Fan «qora tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlarga ega emas, lekin faraziy tajriba bu erda ham ularning dinamikasini tushuntirib beruvchi modelini yaratishga yordam berdi.












9.1. Rasm. Xayol turlari.

 

       Xayol jarayonlari  -  Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi.



           Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari  va boshqalar.

           Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.

           Tizimlashtirish – o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Kahhor hikoyalari («O’g’ri», «Bemor») A.Qodiriy («O’tgan kunlar») romani kabilar.

           Aksentlashtirish (urg’u berish) – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda  ko’p qo’llaniladi.

            Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.

           Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.

Ø Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.

Ø Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.

Ø Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.

Xulosa


Inson tirik mavjudotlar orasida ongliligi, nutq zaboni borligi bilan ajralib turadi. Nutq, til va tafakkur o„zaro aloqada ekan, insonlarni ma‟naviy olamini uning so„zi va nutqi orqali aniq bilib olishimiz mumkin. Chin inson doimo komillikka intilib boradi. Komilikning asosiy belgilaridan biri madaniy nutqdir. Shuning uchun ham qadimdan butun mashriqu mag„ribda yoshlar nutqini rivojlantirishga, madaniy nutqni shakllantirishga alohida ahamiyat berganlar.

Adabiyotlar ro`yxati



1. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent, 2008. 2. Mo`minov S., Nurmonova D., Karimova O. Nutq madaniyati, Toshkent, 2005. 3. Nutq madaniyatiga oid masalalar. Fan, 1973. 4. Begmatov. O`zbek tilining nutq madaniyati. 5. Siddiq M. Muloqot me`zoni. Toshkent, 2004.
Download 52.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling