Shaxsning ijtimoiylashuvi


Ijtimoiylashuv — bu bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu


Download 24.1 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi24.1 Kb.
#1510107
1   2   3
Bog'liq
Sotsiogenezda shaxs

Ijtimoiylashuv — bu bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu
jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni o ‘zlashtirishimizdan
iborat bo'lgan jarayondir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat holda
kechadi:
Individ ijtimoiy tajribani
qabul qilishi, singdirishi;
— o‘z hayoti, faoliyati, munosabati jarayonida qo‘llashi;
— o‘zgalarga uzatishi, o‘z ta’sirini o‘tkaza olish jarayonidii'.
Ijtimoiylashuvni quyidagi sxema orqali tushunish osonroq kechadi:
Ijtimoiylashuv ikki tomonlama jarayondir, bir tomondan individning
jamiyatga kirib borib, undagi malakalarni o‘zlashtirish
jarayoni boisa, ikkinchi tomondan, inson faolligi hamda jamiyatdagi
faol ishtiroki orqali ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishdir. Ijtimoiylashuv
g‘oyasini psixologiya sohasiga kiritgan hamda bu
muammoni ijtimoiy psixologik bilimlarni rivojlantirish uchun
muammo sifatida olib kirgan olimlar ijtimoiylashuvning aynan
shu ikki tomoniga katta e’tibor qaratishgan.
Ijtimoiylashuv jarayonining birinchi tomoni — ijtimoiy
malakalarni o‘zlashtirish — bu jamiyatni insonga ta’sir etuvchi
tavsifsi, ikkinchi tomoni esa — inson faolligi — insonning jamiyatga
o‘zining faoliyati orqali ta’sir etishidir. Bunda inson faolligi
pozitsiyasi — ijtimoiy aloqalarga har qanday ta ’sir ma’lum
bir qaror qabul qilish va keyinchalik shu qarorni bajarish uchun
ma’lum bir faoliyat strategiyasini ishlab chiqish orqali tushuntiriladi.
Ijtimoiylashuv jarayoni shu keltirilgan tushuntirishlar orqali
shaxs shakllanish jarayoniga qarshi chiqmaydi, lekin, bu muammoga
turli tomondan yondashishni talab qiladi. G.M.Andreyevaning
fikriga ko‘ra, ≪Yosh psixologiyasi uchun bu muammo
≪shaxs≫ mavzusiga taalluqli bo‘lsa, ijtimoiy psixologiya uchun
≪shaxsning jamiyatga ta’siri≫ tomondan qiziqroq hisoblanadi≫.
Shu o‘rinda ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni
ko‘rsatib o‘tishni lozim topdik. Bular: Biologik kontekst va Madaniy
kontekst

Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling