1-Mavzu: Ijtimoiy psixologiyaga kirish. Ijtimoiy psixologiyaning shakllanish tarixi (2 soat) reja
Download 69.5 Kb.
|
1-Mavzu Ijtimoiy psixologiyaga kirish. Ijtimoiy psixologiyaning-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti va vazifalari
1-Mavzu: Ijtimoiy psixologiyaga kirish. Ijtimoiy psixologiyaning shakllanish tarixi (2 soat) reja 1-Mavzu: Ijtimoiy psixologiyaga kirish. Ijtimoiy psixologiyaning shakllanish tarixi (2 SOAT) REJA: Ijtimoiy va tadbiqiy psixologiya metodini tushunish umumiy psixologiya va ijtimoiy va tadbiqiy psixologiya predmetini tushunishiga bog‘liqligi. Ijtimoiy va tadbiqiy psixologiya predmetiga nisbatan mavjud uch nuqtai nazar. Ilmiy bilim rivojlanishining zamonaviy bosqichida metodologik muammolar ahamiyatini o‘sishi. Ilmiy tadqiqot metadologiyasi tushunchasi. Ijtimoiy va tadbiqiy psixologiyada talablar. Sotsial-psixologik tadqiqotning ikkita asosiy tipi. Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti va vazifalari Ijtimoiy psixologiya juda kadimiy va shuning bilan birga u o‘ta navkiron fandir. Uning kadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining kadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib Karaganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan e’tirof etilsa, ijtimoiy psixologiya o‘z uslubiyati, predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rnining yangiligi insoniyat tarakkiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darxakikat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida suz borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V.Makdugall o‘zining “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa “Ijtimoiy psixologiya” deb nomlangak kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta aloxida fan - ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta’rif berildi. Ikkala muallif xam - biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bulishiga karamay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy tarakkiyot xamda psixik tarakkiyot konuniyatlarini uyg‘unlikda o‘rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan. Tug‘ri, mazkur mualliflarning xar xil fan soxasining vakili ekanligi, ularning ijtimoiy-psixologik xodisalar tabiatini yoritishga nisbatan uziga xos karashlarining mavjudligi va bunday yondashuv to xozirgacha davom etayotganligiga asos buldi. Rus olimasi G.M.Andreyeva ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya soxasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologimi, faylasufmi yoki sotsiologimi, uning ushbu fan predmetiga yondashuvida uz aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo‘lsa, ijtimoiy konuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an’analar va umumiy koidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog - konkret olingan shaxs psixologiyasining konuniyatlarini umumjamiyat xonun-xoidalariga tatbiq etishga xarakat xiladi. Nima bo‘lganda xam, shuni asosli tarzda e’tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning aloxida fan bo‘lib ajralib chixishiga sabab bo‘lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuklari va xar kaysisining doirasida ma’lum muammolarning yechilishi uchun yana qushimcha aloxida fanning bulishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun xam uzok yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya soxasida tadxikotlar olib borayotgan olim yoki izlanuvchining kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv - psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Demak, bu fanning tugilishi, o‘z predmeti soxasini anixlab olishiga sabab bo‘lgan sotsiologiya va psixologiya fanlari, G.M. Andreva ta’riflagandek, aslida uning “ota - onalaridir”. Umumiy xolda, xozirgi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda xosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tikodlar, g‘oyalar, xss-tuyg‘ular, kechinmalar, turli xulq- atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fan, shaxs va jamiyat uzaro boglitsligida sodir buladigan psixologik xodisalarnы tahlil etuvchi ilmiy yunalishdir. Demak, xar bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya kilgan xolda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida xosil bo‘ladigan xodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib beri ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Shu kabi umumiy ta’riflardan yana biri - ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy vaziyatlarda ruy beradigan ijtimoiy mulokotning murakkab shakl va mexanizmlarini urganuvchi fandir. Shuni mamnuniyat bilan e’tirof etish joizki, Uzbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublikamiz Prezidenta Islom Karimov oliy ta’limni islox kilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida aloxida o‘rni borligiga jamoatchilik dikxatini qaratdi. Darxaxixat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafakat o‘z iktidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, ijtimoiy faoliyatni boshkarishning, odamlar bilan turli jamoalarda ishlash, xodimlar faoliyatini muvofiklashtirishga oid ilmiy konuniyatlar va koidalarni mukammal egallamohi zarur. Boshkaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya soxalarida, ayniksa inson omili va uni boshkarishning psixologik tizimini bilishi - jamiyatda soglom insoniy munosabatlarni shakllantirish orkali uni kamol toptirish yulidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtboshimiz ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat bilan shugullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruxiy va insoniy munosabatlar moxiyatini tahlil kilish, ularni boshkarishning eng samarali usullarini xayotga tatbix etishdir. Bu o‘rinda, ayniksa, ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyokarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. Chunki mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov mustakillikka erishish busag‘asidayok, “respublikada vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial- psixologik vaziyat bizni juda tashvishlantirmoqda” deb, bu vaziyatni barkarorlashtirish uchun ijtimoiy psixologik omillar- ni o‘rganish, taxlil kilish va amaliy choralar ko‘rishga jamoatchilikning dikkatini tortgan edilar. Lekin ming afsuski, u paytda ijtimoiy psixologiya fan sifatida xali yurtimizda rivojlanmagan, bu soxada fundamental va amaliy ilmiy tadkikotlar o‘tkazuvchi markazlar mavjud emas edi. Fakat mustakillikka erishganimizdan keyingina mamlakatimizda ilm- fan tarakkiyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar bu fan xam shakllanish pallasiga o‘tdi. Ijtimoiy psixologiya aloxida fan sifatida nafakat bo‘lgusi psixologlar xamda pedagoglarga, balki xalk xo‘jaligining turli tarmokdari uchun malakali, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi oliy ukuv yurtlarida xam o‘kitilmokda. Xush, bugungi kunda ijtimoiy psixologiya fan sifatida o‘z baxs mavzusini va predmetini kaysi ob’ektlarga karatmoqda? Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling