Shaxsning individual-psixologik sifati


Shaxs «ma’naviy jamgarmasi»


Download 71.5 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1590571
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshqaruv psixologiya asoslari

Shaxs «ma’naviy jamgarmasi» - tub axloqiy qadriyatlarga tayanuvchi ilmiy dunyoqarash. Bular shaxs ongining «ma’naviy о‘zagi» hisoblanadi. О‘zligini namoyon etish qay darajadaligi, dunyoqarashning ruhiy qadriyati shaxsiy e’tiqodning yetukligi va barqarorligiga kо‘ra belgilanadi. Chin e’tiqod shaxsning ijtimoiy hulqini eng yaxshi tartibga soluvchisi, mehnat va ijtimoiy faoliyatda asosiy tо‘g‘ri mо‘ljaldir.
Shaxs individual-ruhiy va ijtimoiy-ruhiy sifatini bilish rahbarning kadrlar muammosini hal etishida, xodimlar kasbiy muvofiqligini belgilashida qо‘l keladi.


3. Mehnatni rag‘batlantirishning psixologik asoslari


Mehnatni rag‘batlantirish, avvalo, psixologik muammodir.
Boshqaruv faoliyatining muvaffaqiyati kо‘p jihatdan rahbar xodimlarni mehnatga manfaatdorona munosabatini - xodimda о‘z kasbiy faoliyati natijasidan faxrlanishni uyg‘otadigan bо‘lishi lozim. Faqat ixtiyoriy faoliyatgina insonni yaxshi natijalarga yetkazadi.
Mehnatni rag‘batlantirish tartibi - bu mujassama ijtimoiy-iqtisodiy, etik, pedagogik-psixologik shartlar kishilar ongida mehnatga halol munosabatda bо‘lish, yuqori natijalarga erishishga intilishni shakllantirish maqsadida uyg‘otishga yо‘naltirilgan shakl va usullar.
Demak, birinchi о‘rinda kishilar ongiga ta’sir, ya’ni mehnatga qiziqgirishning psixologik usullari turadi. Quyidagilar shunday usullar hisoblanadi:
- asosiy ehtiyoj va manfaatlarni qondirish usuli;
- rag‘bat va asoslar birgalikda ta’sir etishi usuli.
Ehtiyojlar va manfaatlar kishilarni harakatga undaydi, xatti-harakatini asoslaydi va muayyan yо‘nalish bag‘ishlaydi. Lekin faoliyatga tayyorgarlik aniq kо‘rinishga ega bо‘lishi uchun rag‘bat va asoslar birgalikda harakatlanish usuli amalga oshishi kerak. Inson faoliyatsiz qolishi, manfaatga erishishda irodasizlik qilishi mumkin.
Quyidagilar mehnat faoliyatida eng barqaror asoslar bо‘lishi mumkin: pul topish ishtiyoqi, shaxsning о‘zini kо‘rsatishi (о‘z qadrini baland tutishi), Vatanni yuksakka kо‘tarish (al’truizm), huquqiy yoki axloqiy jihatdan qoralanishdan qо‘rqish.
Insonning mehnatga ongli munosabatda bо‘lishining psixologik asosi - shaxsiy manfaatdorlik bо‘lib, ehtiyoj va manfaatlarga taalluqli maqsadlarni amalga oshirishdir. Shaxsiy manfaatdorlikni uch burchak tarzida tasavvur qilish mumkin (2.01- rasm), uning bir tomoni - iqgisodiy manfaat (mehnatga haq tо‘lash), ikkinchisi - ijtimoiy manfaat (dorilomon muomala), uchinchisi - ma’naviy manfaatlar. har bir tomon qanchalik uzun bо‘lsa uch burchak egallagan maydon shuncha katta, demak, inson shaxsiy manfaatdorligi ham:
- moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish birligini ta’minlash lozim;
- rag‘batlantirish va jazolash kishilarni moddiy va ma’naviy mohiyatlashning aniq chorasi bо‘lishi lozim.


I




jtimoiy manfaat (dorilomon muomala) Ma’naviy manfaatlar


Moddiy manfaat (mehnatga haq tо‘lash




Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling