Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash muammolari
Download 7.14 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHaxs bilan bog’liq tahdidlar ichida ijtimoiy tahdidlar ham mavjud
- SHaxsning xavfsizligi hozirgi davrda quyidagilar bilan tavsiflanadi
SHAXSNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA`MINLASH MUAMMOLARIReja SHaxsning erkinliklari va iqtisodiy mustaqilligi SHaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash yo`llari va vositalari Inson o`zining hayot faoliyatini tabiat va jamiyat bilan dialektik bog’liqlikda olib boradigan, tabiat qonunlari va ijtimoiy munosabatlarning ob`ekti va sub`ekti bo`lgan tabiiy-biologik mavjudot va ijtimoiy voqelikdir Insonda tabiiy-moddiy, ijtimoiy, madaniy va ma`naviy xususiyatlar mavjud bo`ladi. Bozor munosabatlari sharoitida insonning imkoniyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: -shaxsiy mol-mulki, boyligining miqdori. Bu esa shaxsning ko`chmas va harakatdagi mulki, shaxsiy kapitalining jamisidan iborat bo`ladi; -shaxs boshqaradigan kapital miqdori. Bu kapital kimniki va qanday shaklda bo`lishi ahamiyatsizdir; -shaxsga ma`muriy, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda bo`ysunuvchi yoki unga qaram jismoniy shaxslar soni. Bularga kishilarning ongi va kayfiyatiga ta`sir ko`rsata oladigan hamda bilim, tarbiya, axborot olish, diniy ishlarda ma`lum ijtimoiy vazifani o`taydigan shaxslar ham kiradi. Ushbu shaxs imkoniyatini belgilovchi parametrlar, asosan, jamiyatda ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarning amal qilishiga va o`zgarishiga ta`sir ko`rsatadi. SHuni aytish joizki, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa tizimlari inson uchun yashash muhiti hisoblanadi. SHu boisdan ularning amal qilish samaradorligini faqat inson manfaatlariga qay darajada mosligi nuqtai nazaridan baholash mumkin bo`ladi. Inson va uning manfaatlari uchun oila muhim ahamiyat kasb etadi. Oila qarindoshlik aloqalari va maishiy hayot umumiyligi asosida ongli ravishda tashkil etilgan kishilarning kichik guruhidan iborat. Oilaning hayot faoliyati shaxsning, u a`zo bo`lgan oila va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy ehtiyojlarini ro`yobga chiqarish maqsadida amalga oshiriladi hamda o`zining uy xo`jaligini mustaqil ravishda yuritadi. Insonning hayot kechirishi va faoliyat yuritish makoni jamiyatda demokratik yo`l bilan konstitutsion normalar doirasida kengaytirib borilishi kerak. Bu makonni revolyutsion yo`l bilan, o`rnatilgan konstitutsion normalarga zid yo`llar bilan o`zgartirishga urinishlar jamiyatda vayronagarchilik, zo`ravonliklarning vujudga kelishiga olib keladi. Inson hayoti va faoliyati ushbu makonda mustaqillik, erkinlik hamda jamiyat, davlat oldida o`z majburiyatlariga ega bo`ladi. Ushbu makonda inson hayotiy muhim manfaatlariga ega bo`lib, ularga nisbatan tahdidlarning vujudga kelishi shaxs xavfsizligiga putur etkazadi. Insonning ehtiyojlari, manfaatlariga salbiy ta`sir ko`rsatadigan, ularni ro`yobga chiqarishga to`sqinlik qiladigan omillardanhimoyalanganligi shaxs xavfsizligi deb ataladi. SHaxs xavfsizligi o`z ichiga uning hayoti, salomatligi, erkinligi va shaxsiy daxlsizligiga, qadr-qimmati, sha`ni va obro`siga, mol-mulkiga qilingan tajovuzlardan himoyalanishni oladi. SHaxs manfaatlari va xavfsizligiga tahdidlar ko`pqirrali bo`lib, ular quyidagi guruhlarga bo`linadi: -shaxsning o`z oldiga noto`g’ri maqsadlarni qo`yishi; -boshqa, tashqi ijtimoiy tizimlar tahdidi; -ichki ijtimoiy tizimda vujudga keladigan tahdidlar; -tabiiy tahdidlar. SHaxs bilan bog’liq tahdidlar ichida ijtimoiy tahdidlar ham mavjudUlarga quyidagilar kiradi: ishsizlik; kambag’al bo`lib qolish; jamiyatda aholining ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishi, daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi, kambag’al aholi qatlamlarining ko`payishi, aholi turmush darajasining pasayishi; SHaxsning xavfsizligi hozirgi davrda quyidagilar bilan tavsiflanadi:SHaxsning xavfsizligini ta`minlashda davlatning ijtimoiy siyosati muhim rol’ o`ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligi va tadbirkorligini o`stirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida o`tish davrida O`zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagilarga qaratilgan: -ta`lim, ijtimoiy sug’urta, sog’liqni saqlash tizimlarini isloh qilish yo`li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo`lgan zarur kafolatni ta`minlash -aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda kam ta`minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash; -mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratish; -fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb turlari hamda sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta`minlash; SHuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va mulkka egalik darajasi bo`yicha keskin tabaqalashuvining oldini olish hamda aholining to`lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning o`sishini ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Har bir shaxs, fuqaro xavfsizligini ta`minlashda fuqaroning o`zi, u ishlaydigan mehnat jamoasi, davlat, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorlikdagi faoliyati talab etiladi. Каково ваше сообщение? E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT. Download 7.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling