Pedagogika fakulteti Texnologiya ta`lim yo`nalishi 221-guruh sirtqi tolibi Kadirova Mohiraning TAGDIMOTI Shaxsning malaka va odatlari - Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlami egallaydi. Malakalar bir necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. Malaka - deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo’iishi mumkin.
- Malakalar sodda va murakkab bo’iishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalami mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo’ladi. Odat kishi qalbiga o’mashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi
- Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlaming nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya’ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi.
- Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalaming kuchayishi kuzatiladi. Masalan, chet tillaridan birortasini o’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa malakalar interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o’tsa qiynaladi.
- Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzaliladi. Bu malakalaming diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalaming hosil bo’lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tiiga 4-5 yoshda tez o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalaming mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin hosil bo’ladi.
- Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzaliladi. Bu malakalaming diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalaming hosil bo’lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tiiga 4-5 yoshda tez o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalaming mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin hosil bo’ladi.
- Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shaxsni individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi fikrlami keltirib o ’tish joiz. Atoqli psixolog K.K. Platonov shaxsni "konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir", L.I.Bojovich esa "odam o’zini anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" deb ta'kidlaydilar. A.N.Leontevning "Faoliyat, Ong, Shaxs" degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar mavjud.
- "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida qoladi". Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy munosabatlaming sub'ekti, o ’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli mavjudot sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi.
- Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlaming yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlaming namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.
- Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning xilma xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |