Shaxsning sotsial meʼyori va sotsial nazorati


Download 26.32 Kb.
bet2/8
Sana05.05.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1430451
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sotsiologiya 2-topshiriq Tezis Siddiqova M

«Shaxs» – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi.
Sotsiologiya tarixida o‘zining metodologik qurilmasi jihatidan farq qiluvchi shaxs to‘g‘risidagi nazariyalarishlab chiqilgan.
Karl Marks va F. Engel’s tomonidan asos solingan shaxs ijtimoiy faoliyat va munosabat sub’yekti va ob’yekti to‘g‘risidagi nazariyasi, Ch.Kuli, R.Darendorf, R.Milton, R.Mertonlarning shaxs roli nazariyasi va boshqa shu kabilar.
1. Shaxs ijtimoiy faoliyat, munosabat sub’yekti va ‘yekti to‘g‘risidagi marksistik nazariyada asosiy e’tibor shaxs va jamiyatning o‘zaro munosabatiga qaratilgan. Marksistik sotsiologiyada shaxsning moddiy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi va ongining muayyan xususiyatlarini aks ettiruvchi sub’yektiv jihatlari ko‘proq tadqiq qilingan.
2. Amerika sotsiologlari: T.Znanetskiy va Ch.Tomaslar asos solgan shaxs ijtimoiy xulqini o‘z-o‘zini boshqarishining dispozitsion nazariyasida shaxs hayotidagi dunyoqarashlik va qadriyatli - normativ omillarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, shaxs ongi uning hayotiy o‘rnini belgilaydi. Shaxs dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyati, g‘oyaviy va ma’naviy normalar uning faoliyatini belgilovchi asosiy omillardir. Ko‘rinib turibdiki, shaxs to‘g‘risidagi bu nazariyada shaxsning sotsiologik va ijtimoiy psixologik xususiyatlari bir qilib olingan.
3. Sotsiologiyada Amerikalik D.J.Mid va G.R.Mintonlar tomonidan asos solingan shaxsning roli nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Keyinchalik bu nazariya G.Merton va T.Parsons, G‘arbiy Germaniya sotsiologi G.Darendorflar tomonidan yanada rivojlantirilgan. Bu nazariya ikki asosiy tushunchalar: shaxsning ijtimoiy mavqeyi va ijtimoiy roli orqali tushuntiriladi. Unga ko‘ra, har bir inson muayyan ijtimoiy tizimda bir necha o‘rinni egallashi mumkin. Har bir egallangan o‘rin ijtimoiy mavqe deb ataladi. Shaxs o‘z hayoti davomida bir necha ijtimoiy mavqega ega bo‘lishi mumkin. Binobarin, bu o‘rinlardan qaysi biridir uning asosiy ijtimoiy mavqeyini belgilaydi. Bosh mavqe shaxsning egallab turgan mansabi (masalan, direktor, rais, professor kabi) bilan belgilanadi. Shaxs ijtimoiy mavqeyi uning tashqi xulqida, tashqi qiyofasida, yurish-turishida va hatto muomalasida ham o‘z ifodasini topadi.
Shaxsning ijtimoiy rol nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o‘zaro farqlanadi. Belgilangan mavqe – bu shaxs xizmati va xatti-harakatidan qat’iy nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo‘yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug‘ilgan joyi, oilasi, jinsi va boshqalar shular jumlasidandir.

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling