Shaxta maydoni chegaralari va foydali qazilma zaxiralari
Download 247.64 Kb.
|
shaxta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmatni hisoblash muddati .
- SHaxta maydonini qismlarga bo‘lish usullarini tanlash va ularni ishlatish tartibi.
- Tayyorlashning qavatli usuli.
At – qazish joyidagi oylik yuklama, t/oy:
, bunda, - bir oydagi ishchi kunlar soni (25kun); - bir vaqtda qaziladigan qatlamlarning o‘rtacha qalinligi, m; - lava uzunligi, =150 m; - kombaynning qamrab olish kengligi, ; - bir sutkada olinadigan qirindilar soni, ; - ko‘mir (ruda) zichligi t/m3; - qazish joyida ko‘mirni qazib olish koeffitsienti ; t /oyida; - qatlamlar qazish chuqurligi va yotiqlik burchagi ta’sirini hisobga olish koeffitsienti. , bunda, - shaxta maydonining yuqori chegara chuqurligi ( =100 m); α – qatlamlar yotiqligi burchagi. Olingan qiymatni shaxta ishlab chiqarish quvvatining o‘lchamli qatoriga muvofiq ravishda ko‘chirish zarur.
YAqin katta (namunali) qiymatni qabul qilamiz, ishlab chiqarish quvvati quyidagiga teng bo‘lganda ili . Xizmatni hisoblash muddati. bunda, - shaxtaning so‘nish davri (2-3 yil); - shaxtani o‘zlashtirish davri ( uchun uchun ) ; Asosiy (bosh) stvolning joylashish o‘rnini tanlash. SHaxtani loyihalashtirishda shaxta maydonida stvollarning joylashish o‘rnini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega, chunki asosiy lahimlarning jamlanma uzunligi, binobarin, ularni o‘tkazishdagi va saqlab turishdagi, yuklarni tashishdagi sarf-xarajatlar, stvol oldi seliklaridagi (ishlatilmagan massivlardagi) foydali qazilmalarning talafoti shunga bog‘liq. Tik qiyali va tik qatlamlarning svitasini (tog‘ jinslari tizmasini) ochishda asosiy stvolni svitaning ustki (osilma) yoniga (I) chetki qatlamlar orasining biror eriga (II) va nihoyat svitaning ostki yoniga (III) joylashtirish mumkin. B u variantlardan birinchisi bo‘lmaydi, chunki 1-qavat zaxiralarini ishlashda ham va katta o‘lchamli tayanch seliklarini qoldirganda ham stvollar qazish ishlari zonasiga tushib qolishi mumkin, bunda ular xavfli deformatsiya (tebranish) oladi. Svita ichida stvollar zona chegarasida (hududida) joylashishi mumkin. Bunda kvershlaglarning jamlangan uzunligi va transportning ish hajmi ular bo‘yicha eng kam bo‘ladi. Biroq, bu holatda ham stvol deformatsiyasining oldini olish uchun seliklarni qoldirish zarur. Ostki yonda stvollar joylashuvida yanada uzun qavatli kvershlaglar zarur bo‘ladi, buning natijasida ularni o‘tkazishga va ko‘mirni (rudani, foydali qazilmalarni) tashishga ketadigan sarf-xarajatlar svita ichida stvollar joylashuviga qaraganda ular bo‘yicha ko‘proq bo‘ladi. Ammo stvollarning bunday joylashuvida saqlovchi seliklarda foydali qazilmalar talafoti bo‘lmaydi, stvollar o‘zi esa deformatsiyaga uchramaydi. SHuning uchun ochishda stvollarni svitaning ostki yoniga joylash tavsiya etiladi. SHaxta maydonini qismlarga bo‘lish usullarini tanlash va ularni ishlatish tartibi. SHM zaxiralarining oqilona va iqtisodiy samarali ishlatilishini ta’minlash uchun ular, egallab turgan maydonidan qat’iy nazar, kichik qismlarga bo‘linadi. Tayyorlash usuli shaxtaning sifatli tavsifi sanaladi, undan kon ishlarini rejalashtirishda foydalaniladi va uning ishidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bunga jiddiy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Tayyorlashning qavatli usuli. Agar SHM hududida yoki gorizontda qatlam yotiqligi bo‘yicha cho‘ziqligi bo‘ylab cho‘zilgan uchastkalarga bo‘linsa, unda bu uchastkalar qavatli deyiladi, SHM tayyorlash usuli esa qavatli usul deyiladi. Download 247.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling