Shaxta va shaxta maydoni. Tik stvollar bilan ochish. Qiya stvollar bilan ochish


Download 20.26 Kb.
bet2/3
Sana22.09.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1684266
1   2   3
Bog'liq
buriyev R 4

Tik stvollar bilan ochish.
Tik stvollar bilan ochish Foydali qazilma tanasi (qatlami) tikka yaqin joylashgan konlami tik stvollar bilan ochishda, bosh stvol va shaxta maydonining chegaralarida joylashgan yordamchi stvollar kon jinslarining siljish 23 ehtimoli boigan zona tashqarisiga joylashtiriladi (2.2-rasm). Bosh stvolning har bir gorizontidan ochilayotgan kondagi ruda yotqizig'iga qadar kvershlaglar o‘tiladi, ruda tanasi bo‘ylab esa yordamchi stvollarga qadar shtreklar o‘tiladi. Rudali konni bunday ochish usuli konchilik sanoatida keng tarqalgandir. 0 ‘zbekiston Respublikasidagi ko‘pchilik rangli va nodir metall konlari MDH davlatlaridagi konlarga o‘xshash, ruda tanasini yotgan yoniga joylashtirilgan tik va ko‘r stvollar bilan ochilgan. Osilgan yonlardan ochuvchi tik stvollar o‘tish usuli ham qoilaniladi, chunki bu usulda kvershlaglarining umumiy uzunligi yotgan yonlardagiga nisbatan odatda ancha uzun boiadi. Bu usul ayrim holatlarda qoilaniladi, rudani yotgan yon tomonida suv juda ko‘p boiib, ular turg‘un bo‘lxnagan holatda, yoki stvol yotgan yon tomoniga joylashtirish yer rel’efi, yer yuzasi transporti qatnashi, yer yuzasi maydonida qurilish ishlarini amalga oshirishga xalaqit bergan hollarda qoilaniladi. 2.2-rasm. Vertikal stvollar bilan ochish sxemasi: 1 -yuqori qavat tashish shtreki; 2 — pastki qavat tashish shtreki; 3 — tashuvchi kvershlag; 4 — vertikal stvolni konning osma tarafidagi holati; 5 - bosh stvol; 6 —yordamchi stvol. Ba’zan shaxta maydoni qanotlaridan birida joylashgan tik stvol bilan ochiladi (2.2-rasm). Bu holatda u yordamchi stvol vazifasini bajaradi. Konni qanot qismidan ochish usi lining afzalligi bitta yordamchi stvol o‘tish bilan kifoyalanish imkoni mavjudligidur. Bu ochish usulining kamchiligi, ochish masofasi uzayadi yer osti transportming narxi yuqori boiadi, tayyorlanish ishlari, konni shamollatishni murakkablashtiradi. Agar shaxta maydonida tugallangan qurilish mavjud boisa va boshqa sabablarga ko‘ra konni qanot qismidan 24 ochishdagi kamchilikdan ko‘ra uning afzalligi yuqori boigan holatda bu usul qo‘llaniladi. Gorizontal va salgina qiya joylashgan gorizontal yo‘nalishidagi o‘lchamlari katta bo‘lgan konlarni tik stvollar bilan ochish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin (2.3-rasm). Birinchi holatda tik stvol ruda tanasini kesib o‘tadi. Ikkinchi holatda esa stvol siljish zonasi tashqarisiga joylashtiriladi, bunda o‘lchamlari uzun bo‘lgan kvershlaglar o‘tishga to‘g‘ri keladi. t 2.3-rasm. Konni kesib о ‘tuvchi tik stvollar bilan ochish sxemasi. Ruda tanasining cho‘ziqligi bo‘yicha o‘lchamlari katta, gorizontal va salgina qiya joylashgan konlarni ochishda ruda tanasini kesib o‘tuvchi tik stvollar bilan ochish usuli keng ko‘lamda qo'llaniladi. Bunda chuqur bo‘lmagan konlarda ochuvchi lahimlar va qoldiriladigan muhofazalovchi saqlovchi butunliklar o‘lchami katta bo‘lmaydi.

Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling