Shaxtali pechlar
Isitish (issiqlikni hosil qilish) bo‘yicha shaxtali pechlar quyidagi turlarga bo'linadi
Download 0.5 Mb.
|
yuqori
Isitish (issiqlikni hosil qilish) bo‘yicha shaxtali pechlar quyidagi turlarga bo'linadi:
1).ag‘darma pechlar; 2) tashqi o‘txonali pechlar. Domna pechi agdarma pechlarga yorqin misoli bola oladi. Agdarma pechlarda yoqilgi sifatida koks (domna pechlari) yoki antratsit-boshqa shaxtali pechlarda ishlatiladi. Xom-ashyo va yoqilgi qatlam korinishida navbatma-navbat yuklanadi. Pechning kesimi boyicha yoqilgi va xom-ashyoning bir tekisda taqsimlangan bolishi juda muhimdir. Material va yoqilgini pechga yuklash uchun yagona mexanizmdan foydalaniladi.Agdarma turdagi pechlarning ishchi boshligida materialni isitish bilan birga yoqilgini gazlashtirish jarayoni ham yuz beradi. Oksidlardan birlamchi moddalarni tiklash ishlari amalga oshiriladigan pechlarda (masalan, rudadan temir tiklanadigan domna pechlarida) bu jarayon zarurdir.Domna gazi changlardan tozalangandan song, qozon va pechlar uchun yoqilgi sifatida foydalaniladi. Choyan eritish vagrankalari va boshqa agdarma pechlarining gazlari juda past yonish issiqligiga ega bulib, ulardan foydalanish ancha murakkabdir. Odatda boglovchi va otga chidamli materiallarni toblash (pishirish) uchun qollaniladigan pechlar tashqi otxonalar bilan jihozlanadi; bunday otxonalarda uchuvchan moddalarni kop miqdorda hosil qiluvchi yoqilgilar (torf, qongir komir va boshqalar) yoqiladi.2.2-rasmda dolomitni toblash (pishirish) uchun ishlatiladigan shaxtali pech korsatilgan. U agdarma turdagi pech bolib, unda koks bilan antratsitning aralashmasi yoqiladi. Shaxta qalin temir qobigiga ega, u ichki tomondan otga chidamli shamot va magnezit gishtlari bilan futerovka qilingan.Material bilan yoqilgi maxsus yuk kotarish mexanizmi yordamida yuklash apparatiga va undan keyin pechning ishchi boshligiga uzatiladi. Gazlar shaxtadan atmosferaga chiqariladi.Bolakli xom dolomite va yoqilgi bir tekis qatlamlar holida yuklanadi, bunda uch hajm xomashyo va bir hajm yoqilgi sarflanadi Dolomitni toblash (pishirish) harorati 1600-17000Cga va chiqib ketuvchi gazlarning harorati 250-3000Cga teng. Yoqilgining yonishi uch un zarur bolgan havo ventilyator yordamida pechning pastki qismida joylashgan panjara ostiga beriladi, bu erda u soviyotgan materialning issiqligi hisobiga 350-4000С gacha isiydi va undan keyin yuqori haroratli bo‘limiga o‘tadi. Yuqoriga yo‘nalgan tutun gazlari pastga tushayotgan materialga uzining fizik issiqligini beradi. Pechning kamchiligi yoqilg‘ining qisman gazga aylanishi (gazifikatsiya) natijasida hosil bo‘ladigan va yonib ulgurmaydigan gazlar (asosan, karbon oksidi) bilan issiqlikning yo‘qotilishidan iborat. Xulosa Metallurgiyada qo‘llaniladigan eritish pechlarining turlari ko‘p bo‘lib ularni tan-ash va qo‘llash qayta ishlanayotgan mahsulotning moddiy tarkibi-ga va texnologik talablarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda zamonaviy metallurgiya zavodlarida eritish pechlarining bir necha turlari qo‘llanilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda amaliyotda ko‘p yillardan buyon foydalanilayotgan samaradorligi yuqori bo‘lgan pechlar ham metallurgik korxonalarda mavjuddir. Ularga yallig‘ qaytaruvchi pechlar, shaxtali pechlar, marten pechlari misol bo‘lib, ular zamonaviy kislorod alangali eritish pechlari, ruda-termik pechlar, elektr po‘lat eritish pechlari bilan birgalikda ishlatilib kelinmoqda. Yallig‘ qaytaruvchi pech - ishchi qismida yongan alanganing issiqligini pechning linza shaklidagi shipidan qaytarilib, eritilayotgan shixtaga uzatilishi hisobiga shunday nomlangan. Shaxtali (minorali) eritish pechlari metallurgiyada yirik ruda, aglomerat va briketlarni eritishda keng foydalaniladi. Xususan shaxtali pech-lar qo‘rg‘oshin, nikel metallurgiyalarida qo‘llanilib kelinmoqda. Avtogen sharoitida ishlaydigan pechlarni isitish xomashyo tarkibidagi oltingugurt (S) va sulfidli minerallarning (MeS) yonishi natijasida ajralgan issiqlik hisobiga amalga oshiriladi. Bunday pechlarga kislorod mash’al, suyuq vannada eritish pechlari (Vanyukov jarayoni), konverterlar va h.k. kiradi. Elektr eritish pechlari – rangli metallurgiyada qotishmalar, metallarni olishda va xomashyoni eritishda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda rudalarni elektr eritishda rangli metallurgiyada quyidagi turkumdagi pechlar qo‘llanilmoqda: Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling