Shaxtali pechlar


Download 0.5 Mb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1055675
1   2   3   4   5
Bog'liq
yuqori

Pechning tuzilishi. Pechni fundamenti monolit temir-betondan tayyorlangan. Fundamentning ustiga qalinligi 50 mm bo‘lgan cho‘yan plitalar joylashtirilgan. Plitalarga betondan tayyorlangan qatlam qo‘yilgan (4- rasm).


Mis boyitmasini eritishga mo‘ljallangan kislorod mash’al pechi.
1- kislorodli gorelkalar o‘rnatiladigan joy; 2-gaz chiqish joyi; 3- pech; 4-apteyk
Pechning ishchi tagi (leshed) uch qator olovbardosh g‘ishtdan yasalgan: eng pasti-eni 230 mm bo‘lgan shamot, o‘rta qismi – 230 mm magnezitoxromit va ichki ishchi qatlami 460 mm bo‘lgan magnezitoxromit g‘ishtdan tayyorlangan. Pechning yon tomoni magnezitoxromit g‘ishtdan yasalib, eni 810 mm, bosh va oyoq tomonlarining qalinligi 920 mm. Pechni ustki qismi (shipi) 460 mm qalinlikdagi magnezitoxromit g‘ishtdan tayyorlangan.
Pechni mustahkamlash uchun eni 15 mm bo‘lgan po‘lat kojux, 55 nomerli qo‘shtavr va 55 mm li po‘lat tyagalar ishlatiladi.
Shlak pechdan 2 ta suv bilan sovitiladigan misdan yasalgan leyka orqali shlakovozlarga chiqariladi. Shteyn shpur va sifonlar orqali kovshga quyiladi, kovshlardagi shteyn mostovoy kran bilan konvertorga quyiladi.
3.Elektr energiyasida ishlaydigan pechlar
Elektr eritish pechlari – rangli metallurgiyada qotishmalar, metallarni olishda va xomashyoni eritishda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda rudalarni elektr eritishda rangli metallurgiyada quyidagi turkumdagi pechlar qo‘llanilmoqda:
- jarayonda boradigan kimyoviy jarayonlarga asosan oksid-lovchi va tiklanuvchi elektro-eritish;
- xomashyoni eritish jarayoniga tayyorlash bo‘yicha: ruda va boyitmalar uchun kuydirilgan materiallarni maydalangan material-larni aglomerat va briketlarni;
- oxirgi mahsulot bo‘yicha: shteynga xomaki metall olishga;
Barcha elektr eritish pechlari 3 yoki 6 ta elektroddan tashkil topgan bo‘lib, pechning geometrik ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak va silindr shaklida bo‘lishi mumkin. Bunday pechlarni ruda - termik pechlar deb ham nomlanadi.
Bu pechlarning asosiy texnik ko‘rsatkichi issiqlikning foydalanish koeffitsientini 60-80% gacha, vanna ichidagi haroratni 1500-1700°C gacha ko‘tarishi mumkin.
Pechlar devorining qalinligi 900-1200 mm gacha bo‘lib, u o‘z navbatida 3-4 qator magnezitli, xrommagnezitli va shamotli o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan. Pechlarning asosi metall ustunlar bilan mahkamlangan bo‘lib, texnika xavfsizligini ta’minlash uchun zarur.

Ruda-termik pechining ko‘rinishi
Pechlarning elektrodlari grafitdan, yoki tozalangan ko‘mirdan tayyorlangan bo‘lib, ularning uzunligi 800-1400 mm gacha boradi. Elektrodlar maxsus uskunalarga o‘rnatilgan bo‘lib ular gidro-ko‘targichlar yordamida pechning ishchi hajmiga avtomatlashgan va mexanizatsiyalangan boshqaruv orqali tushiriladi.
Rangli metallurgiyada ko‘p hollarda silindr shaklidagi ruda-termik pechlar qo‘llaniladi. Uning o‘ziga yarasha bir qator qulaylik tomonlari mavjud. Ulardan biri elektr pech kichkina yuzani egal-laydi, uni boshqarish har tomonlama qulaydir.

Hozirgi kunda qora metallurgiyada yoyli po‘lat eritish pechlari keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bu pechlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda ularni boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan. Quyidagi rasmda yoyli po‘lat eritish pechining umumiy ko‘rinishi berilgan.



DSP 200 markali yoyli po‘lat eritish pechi.
1-elektrodlarni mahkamlash sistemasi; 2-vertikal ustun; 3-elektrodlarni harakatga keltiruvchi mexanizm; 4-pech shipini ko‘taruvchi mexanizm; 5-nasos; 6-aylanuvchi tumba; 7-pechni harakatlantiruvchi mexanizm; 8-lulka; 9-aylashtirish mexanizmi; 10-11 ishchi ko‘zgu; 12- pechning asosi; 13-shipning karkasi; 14-portal; 15-elektronlar; 16-egiluvchan kabel.
Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: pech ikkita mustahkam balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, u butun konstruktsiyani ko‘tarib turadi. Pechning ustki qismiga harakatlanuvchi shiftidan iborat bo‘lib, uni harakatga kelitirish uchun maxsus mexanizm bilan ta’minlangan.
Undan tashqari pech yonboshiga 45-60° burilish imkoniyatiga ega. Bu esa jarayonda olingan mahsulotni kovshlarga quyish imkonini beradi. Pechning ichki qismi 500-800 mm gacha o‘tga chidamli materiallar bilan qoplangan. Pechga elektrodlar o‘rnash-tirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bu elektrodlar jarayon davomida vertikal – yuqoridan pastga va aksinchi harakatlanadi.
Rangli va qora metallurgiyada xomashyoni eritish va xomaki metallarni tozalashda zavonaviy hisoblangan induksion pechlar qo‘llaniladi. Bu pechlar asosan alyuminiy metallurgiyasida, mis va qo‘rg‘oshin metallurgiyasida, po‘lat ishlab chiqarishda samarali hisoblanadi.

Xomaki misni tozalash uchun mo‘ljallangan ILK-6 markali induksion pechning ko‘rinishi

Shaxtali pechning ishchi bo‘shlig‘i to‘g‘ri burchakli, dumaloq, chuziq doira shaklidagi kesimga ega bo‘lgan shaxtadan iborat. Temir rudasidan cho‘yan erituvchi vagrankalar va boshqalar shaxtali pechlar turkumiga kiradi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling