Shaxtali pechlar


Shaxtali (minorali) eritish pechlari


Download 0.5 Mb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1055675
1   2   3   4   5
Bog'liq
yuqori

Shaxtali (minorali) eritish pechlari metallurgiyada yirik ruda, aglomerat va briketlarni eritishda keng foydalaniladi. Xususan shaxtali pech-lar qo‘rg‘oshin, nikel metallurgiyalarida qo‘llanilib kelinmoqda. Shaxtali pechlar vertikal holda joylashtirilgan bo‘lib, uning yuqori qismidan xomashyo yuklanadi. Pastki qismidan esa yoqilg‘i yon-dirilib beriladi. Bunda eriyotgan material bilan qizigan havo bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadi. Shaxtali pechlarning bunday ishlashi uni doimiy shixta bilan yuklanib metall olishni ta’min-laydi. Bu o‘z navbatida issiqlikni tejalishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayon quyidagi sxemada ko‘rsatilgan (2- rasm).


Yallig‘qaytarish pechi


1-fundament; 2-lished; 3-devori; 4-svod (pechning shifti)
2. - rasm. Shaxtali pechning ishlash sxemasi.
Shaxtali pechlarning afzallik tomoni quyidagilardan iborat: yuqori ishlab chiqarish unumdorligi (30-120 t/m2/sutka), desul-furizatsiya darajasining yuqoriligi (30-80%), pechda issiqlik energiyasidan foydalanish koeffitsientining yuqoriligi 40-60%, yoqilg‘i sarfining kamligi, eritilayotgan massaga nisbatan 3-30% ni tashkil etadi.
Shaxtali pechlar quyidagi qismlardan tashkil topgan: fundament, lished, ichki gorn, koloshnik ustidagi qurilma, havo va suv sistemasi shixta yuklash va mahsulot ajratish qurilmalaridan iborat.
2.Avtogen jarayonida ishlaydigan pechlar
Keyingi yillarda rangli metallurgiyada energiya tejamkor bo‘lgan avtogen sharoitida ishlaydigan pechlar qo‘llanila boshlandi. Avtogen sharoitida ishlaydigan pechlarni isitish xomashyo tarkibidagi oltingugurt (S) va sulfidli minerallarning (MeS) yonishi natijasida ajralgan issiqlik hisobiga amalga oshiriladi.
Bunday pechlarga kislorod mash’al, suyuq vannada eritish pechlari (Vanyukov jarayoni), konverterlar va h.k. kiradi.
Kislorod - mash’al pechda (KMP) eritish. KMP jarayoni dunyoda ikkita zavodda qo‘llaniladi: Kanadaning «Kopper-Klif» va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida. Jarayon «avtogen» nomini olgan bo‘lib, tashqaridan yoqilg‘i va elektr energiya sarflanmaydi. Kerak bo‘lgan issiqlik miqdori qayta ishlanayotgan shixta tarkibidagi sulfidlarni yonishidagi ekzotermik reaksiyalar natijasida hosil qilinadi.
Olmaliq mis zavodida KMP jarayoni 1968 - yildan beri qo‘llaniladi. Pechning hajmi 580 m3, foydali maydoni 120 m2, solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi - 12 t/m sutkasiga. Bir sutkada pech 2000 t shixtani qayta ishlashga imkoni bor.
KMP jarayonida oqib o‘tadigan moddalarning fizik-kimyoviy o‘zgarishlar natijasida shteyn va shlak paydo bo‘ladi. Asosiy o‘zaro bog‘lanishlar mash’al hajmida oqib o‘tadi.
KMP jarayonini amalga oshirishning qat’iyan sharti - shixtani o‘ta quritishdir. Quritilgandan so‘ng, shixtaning namligi 0,5% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak, chunki bundan namroq shixta yirikroq bo‘lib, KMP talabiga javob bermaydi.
Shixta komponentlari pech ichida bir necha soniya davomida uchar holatida bo‘lishi shart. Ana shu uchish holatida zarrachani butun sirti bo‘yicha oksidlanish reaktsiyasi o‘tib, KMP jarayoni amalga oshiriladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling